Elektron hukumat boshqaruv tizimi. Davlat interaktiv xizmatlari.
Reja:
“Elektron hukumat” tushunchasi va maqsadi
Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda "Elektron hukumat" tizimining faoliyati .
3”Elektron hukumat” tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish.
1.Elektron hukumat tushunchasi va maqsadi.
Elektron hukumat - barcha ham “ichki”, ham “tashqi” aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish Aloqa (lotincha communicatio – umumlashtiraman, bogʻlayman) kibernetikada – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyalar mavjud.
Kibernetika (yun. kybernetile - boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan.
Bugungi kunda "elektron hukumat“ tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu – raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat” tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va boshqalar) shugʻullandilar.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat tizimi ham).
1)G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga;
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.
Endi mazkur yo’nalishlarni batafsil tahlil qilsak:
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar bo’yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi.
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi.
Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. Intranet (inglizcha intranet – ichki tarmoq) – internet texnologiyasi, dastur taʼminoti va qaydnomalari asosida tashkil etilgan maʼlumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa boʻlib ishlashga imkon beruvchi korxona va tashkilot miqyosidagi kompyuter tarmogʻi Elektron hukumat” joriy etilgach, davlat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolarga taqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga va davlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |