Chulg’amlar. Chulg’amlarning konstruktsiyasi, ularning izolyatsiyasi, seterjelarda mahkamlach usullari transformatorning quvvati va kuchlanichiga bog’liq.
Chulg’amlar mexanik mustahkamligi yetarli darajada katta, yelektr izolyatsiyasi yaxshi bo’lishi, yaxshi sovitilgan bo’lishi lozim; ular oddiy va qulay tayyorlangan hamda arzon, yenergiya isroflari kam bo’lishi kerak.
Transformatorlarning chulg’amlarini tayyorlash uchun doiraviy yoki to’g’ri to’rtburchak kesimli mis simlar ishlatilib, ular ustida oddiy ipdan to’qima yoki kabel qog’ozi bilan izolyadiyalangan bo’ladi.
Har bir transformatorlarda yuqori kuchlanishli chulg’am bilan past kuchlanishli chulg’am bo’ladi. Chulg’amlarni bunday ajratishning amaliy axamiyati shundaki, ancha yuqori kuchlanish chulg’amning, uning kirish qismlarining yelektr izolyatsiyasi ancha ishonchli bo’lishini talab yetadi.
Shuning uchun magnit o’tkazgichdan keyin YUK chulg’ami joylashtiriladi. Bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab konsentrik chulg’amlar va navbatlashib keladigan diskli chulg’amlar bo’ladi, ulardan konsentrik chulg’amlar ko’p tarqalgan (3-rasm).
Konsentrik chulg’amlar silindr shaklida bo’ladi. Konstruktsiyasi jihatdan ular bir qatlamli, to’g’ri tortburchakli kesimli simdan qilingan ikki qatlamli, doiraviy kesimli simdan qilingan ko’p qatlamli, g’altakli ko’p qatlamli va b. bo’ladi. Transformatorning quvvati katta bo’lmaganda va past kuchlanishlarda silindrsimon chulg’amlar bevosita magnit o’tkazgich sterjeniga kiydiriladi (sterjenni siqib turuvchi yog’och pona va plankalar bir vaqtning o’zida izolyadiya bazifasini ham bajaradi ). Boshqa hollarda yelektrokartondan yoki bakelit loki shimdirilgan o’rov qog’ozidan tayyorlangan silindrga joylashtiriladi
Navbatlashib keladigan diskli chulg’amlar disklar shaklida tayyorlanadi (o’ramlar bitta tekislikda o’ralgan). Magnit o’tkazgich sterjenida aloxida yuqori kuchlanishli g’altaklar (disklar) past kuchlanishli g’altaklar bilan navbatlashib keladi.
Transformatorlarni sovutilishi. Transformatorlar asosan ikki usulda: havo bilan (quruq) va moy bilan sovutiladi. Quruq transformatorlar chulg’amlari ochiq havoda bo’lib havo orqali issiqlik atrof muhitga uzatiladi. Moy bilan sovutiladigan transformatorlarda chulg’amlar germetik bak ichiga o’rnatilib moy quyiladi. Moy magnit o’tkazgich bilan chulg’amlardan issiqlikni oladi, uni bak devorlariga uzatadi, bak devorlaridan yesa isssiqlik tevarak atrofdagi havoga tarqaladi. Issiqlik manbaiga tegib turgan moy qatlamlari boshqalaridan ko’ra ko’proq issiydi, shu sababli bakda moy harakatga keladi, bu yesa magnit o’tkazgich va chulg’amlarning yaxshi sovishiga imkon beradi.
Silliq devorli bak quvvati 20 – 30 kVA gacha transformatorlarda yetarli darajada sovitiladi, transformatorniong quvvati bundan yuqori bo’lganda yesa trubali, radiatorli baklar ishlatishga to’g’ri keladi. Yanada quvvatli transformatorlarda majburiy tsirkulyatsiya amalga oshirilganidan va moy sovitiladigan bo’ladi.
Moy isiganda kengayadi, shu sababdan qo’shimcha xajm nazarda tutiladi. Quvvati 50 V∙A dan katta va kuchlanish 6 kV dan yuqori bo’lganda transformatorlarga kengaytirgich o’rnatiladi; u bak qopqog’iga o’rnatilgan va bak hamda atmosfera bilan tutashgan tsilindr shaklidagi idishdan iborat.
Kam quvvatli transformatorlarda kengaygich bo’lmaydi, lekin moy qopqog’iga qadar quyilmaydi. Transformatorning nagruzkasi ancha ortib ketganda yoki chulg’amlarda qisqa tutashuv bo’lganda moyning temperaturasi ruxsat yetilgan chegaradan ko’tarilib ketadi va moy parchalanib, gazlar ajralib chiqadi. Bunda bak shikastlanishini oldini olish maqsadida quvvati 1000 kV∙A bo’lgan transformatorlarida tortish trubasi (mo’ri) o’rnatiladi, uning tashqaridagi uchi shisha membrana bilan berkitilgan bo’ladi. Bakda bosim xafli darajada ko’payib ketganda gazlar membranani bosim bilan itarib, otib yuboradi va bakdan chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |