Talab va taklif elastikligi
Reja:
Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari.
Narx bo‘yicha talab elastikligi.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi.
Taklifning elastikligi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISHHar bir korxona o`z foydasini oshirishni ko`zlaydi albatta va buning uchun esa o`sha korxona o`z xarajatlarini maksimal darajada qisqartirib daromadini esa maksimal darajagacha olib chiqa olsa erishadi. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun esa korxona qancha miqdorda mahsulotni ishlab chiqarishi ya`ni talabni o`rganib chiqishi talab etiladi.
Ayniqsa, bugungi kunda hukm surayotgan raqobatlashuv sharoitida iste’molchilar talabining o`zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog`liq talab va taklif elastikligining mazmun mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, ya’ni tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o`rnatish ham va hattoki uning oqibatlari bilan bog`liq tushunchalar, qarashlarni sababiy bog`liqlikda tizimli tahlil etishda elastiklik alohida o`rin tutadi. Ko`plab mashhur iqtisodchi olimlar shuni ta`kidlab o`tishadiki, tovarning elastikligi prujinaga o`xshaydi va tovaring elastikliligini to`g`ri baholash va uni tahlil qilish yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda va yuqori tavakkalchilik muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz shuni bilamizki tovarlarga bo`lgan talab faqat uning narxiga bog`liq bo`lmay balki yana biz iste`molchilar daromadiga va boshqa tovarlarning narxiga bog`liq. Ammo taklif esa har ikkalasiga bog`liq ya`ni narxga ham ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgarishiga bog`liq ravishda o`zgarib turadi. Ko`pgina hollarda biz qancha miqdordatovar xarid qilishni bilmay qolamiz va bunday hollarda faraz qilaylik narx 10% ga oshgan bo`lsin shunda unga talab qanday o`zgaradi yoki bo`lmasa daromadimiz 5% ga oshganda u qanchaga o`zggarishinihisoblashimizda biz elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Ammo bunga faqat iste`molchilar daromadi emas, yana boshqa tovarlarning narxi ham ta`sir qilmasdan qolmaydi. Bunday holatlarda o`rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini o`rnini to`ldiruvhi tovarlar ham elastiklikning qanday o`zgarishiga ta`sir qiladi.
Bugungi kunda ko`plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o`rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so`zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o`zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko`rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Talab va taklif o`rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga chiqqanligi, iste’mol tovarlariga bo`lgan talabning pasayishi oqibatida hosilaviy bozorlar (mehnat bozori, qimmatli qog`ozlar bozori)ga ham jiddiy ta’sir ko`rsatayotganligi, aynan mikroiqtisodiy tushunchalardan elastiklik haqida nazariy-amaliy o`rganish va tadqiq etish lozimligini ko`rsatmoqda.
Bizning bu kurs ishida elastiklik tushunchasi, elastiklik koeffitsientini hisoblash talabni narxga ko`ra elastikligi, talab va taklif funksiyasi uchun elastiklik koeffitsientini hisoblash, yoysimon elastiklik va uni hisoblash, elastik va elastik bo`lmagan talab, absolyut elastik va absolyut elastik bo`lmagan talab, talab elastikligiga ta’sir qiluvchi omillar, talabning iste’molchi daromadiga ko`ra elastikligi, kesishgan talab elastikligi koeffitsientini hisoblash, normal tovarlar, past kategoriyali, oliy kategoriyali va birlamchi ehtiyoj tovarlar, taklif elastikligi, Engel chiziqlari, elastiklik nazariyasining amalda qo`llanilishi, sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko`ra tahlil qilish, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosatining mazmun-mohiyati, soliq yukini elastiklik nazariyasiga ko`ra taqsimlanishini taqlil qilish, bozor sharoiti o`zgarishi oqibatlarini prognoz qilish va baholash kabi nazariy tushunchalarni to`liqligicha tahlil qilamiz.. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari
O‘tgan mavzulardagi talab va taklifning tahlili narxga bog‘liq va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida vujudga keladigan talab va taklifning umumiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqarishga turtki bo‘ldi. Bular orqali talab va taklifning asosiy bazaviy qonuniyatlari shakllantirildi.
Biroq, tadqiqotchi uchun bularning hammasi ham yetarli emas, u doimiy ravishda yanada aniqroq tahlillarga ehtiyoj sezadi.
Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi. Elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda fundamental konsepsiyaga aylandi. Elastiklikning umumiy tushunchasi iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi.
“Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885 yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi.
Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda keng qo‘llaniladi;
boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki, olingan natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida, bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |