Bajaraladigan fikr(mushohada, da’vo, hulosa)lar. BBda bajaraladigan fikrlar asosini qoida va protseduralar tashkil etadi. Bundan tashqari formula, funksiya, harakat va boshqa turdagi amallar ham mavjud. RV ETdagi qoidalar ananaviy ko’rinishga ega: chap qismi (antetsedent) va o`ng qismi (konsekvent). If-qoidadan (if – then, agar –u holda) tashqari yana to`rtda turli qoidalar qo`llaniladi: initially (eng avval, oldindan), unconditionally (albatta, so`zsiz), when (qachon, holbuki) va whenever (har gal qachon). Mahsuliy qoidalar keng epchilliklarga ega bo`lishi bilan qat’iy ketma-ketli harakatlarni bajarish kerak bo`lgan holatlarda, masalan, murakkab qurilmalarni ishga tushirish yoki to`xtatishda, protsedurali usullardan (zamonaviy dasturlash tillar yordamida ifodalanadigan protsedurali bilimlarga asoslangan) foydalanishda samaraliroq bo`ladi.
Mantiqiy fikrlar va xulosa chiqarish tizimosti (xulosa chiqarish mashinasi). Statik ETning “Qat’iy hisoblashlar” texnologiyalariga asoslangan to`g`ri va teskari xulosa chiqarish mexanizmlarining asosiy kamchiligi, ularning bajarilishi uchun sarflanadigan vaqtni oldindan bilib olish mumkin emasligidir. Shuning uchun RV ETning mantiqiy mushohadalar va xulosa chiqarish tizimosti (xulosa chiqarish mashinasi)da “Qat’iy” va “Egiluvchan” xulosa chiqarish mexanizmlari mavjud. Ular BBda alohida modulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bu tizimostida mavjud bo`lgan qoidalarni saralashni kamaytirish, kutilmagan voqealarga operativ ravishda ta’sir ko`rsaish va boshqa turdagi vositalar ham mavjud. RV ET xulosa chiqarish mashinasida joriy holatlarni baholash va tegishli kerakli qoidalarni faollashtirish, ya’ni ushbu holatlarning qiymatiga muvofiq ta’sirlanishni shakllantirish uchun quyidagi usullar ko`zda tutilgan:
Qoidaning antetsedent qismidagi ma’lumotlar o`zgargan holda to`g`ri xulosa chiqarish mexanizmi (forward chaining) faollashadi.
Qoidaning konsekvent qiymati boshqa qoidaning antetsedent sifatida kerak bo`lganda teskari xulosa chiqarish mexanizmi (backward chaining) faollashadi.
Har bir qoidaning parametrlarining joriy qiymatlarini har n sekund (mazkur qoidaga ajratilgan) davomida kuzatish (skanerlash).
Ushbu qoidani fokuslash va faollashtirish harakatlari yordamida boshqa qoida tomonidan ochiq yoki yashirin ravishda faollashtirish.
Qoidaning antetsedent qismidagi o`zgaruvchiga, uning o`zgarish-o`zgarmasligiga qaramasdan, yangi qiymatini berish.
Aniq obyektning joyini ekrandagi foydalanuvchi yoki boshqa qoida yordamida o`zgartirish.
Obyektlar o`rtasidagi aniq munosabatlarni o`rnatish yoki yo`q qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |