Reja: Ekish muddatlari



Download 21 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi21 Kb.
#398632
Bog'liq
Mavzu Jut yetishtirish


Mavzu: Jut yetishtirish texnologiyasi.

Reja:


1. Ekish muddatlari.

2. O'g'itlash.

3. Ekish usullari.

Jut qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘zbekistonda o‘tloqi va o‘tloqi-botqoqlangan tuproqlarda yaxshi natijalar olingan. Jut ekiladigan dala tekislanadi, so‘ngra yer haydaladi.

Ekish muddati. Tuproq 20 sm chuqurlikda harorati 13-14 °C bolganda maqbul deb hisoblanadi. O'zbekistonda jut may oyining birinchi o‘n kunligida ekiladi va 25 maygacha ekish mumkin.Urug‘ olish uchun jut ertaroq ekiladi, aksincha u yetilmay qoladi. Ekishdan oldin urug‘ 7-10 kun quyoshda qizdiriladi va ildiz chirishiga qarshi fungitsidlar bilan ishlov beriladi.Jut qo‘sh qatorlab ekiladi. Qo‘sh qatorlaming orasi 48 sm, qatorlaming orasi 12 sm boMdadi. Unumdor tuproqlarda qo‘sh uch qatorli qilib ekiladi, qo‘sh qatorlaming orasi 50 sm va qatorlaming orasi 10 sm. Toshkent viloyatida qo‘sh qatorlab ekilganda poya balandligi 199 sm, poya hosili 109,1 s/ga, qo‘sh uch qatorlab ekilganda, tegishlicha 187 sm va 167,3 s/ga. Urug‘ olish uchun jut bir qatorlab, qator orasi 50-60 sm qilib ekiladi. Ekish me’yori qo‘sh qatorlab ekilganda 6-8, uch qatorlab ekilganda 8-10 va bir qatorlab ekilganda 5-6 kg/ga. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Amal davrida qator orasiga ishlov beriladi, begona o‘tlar yo‘qotiladi, sug‘oriladi, qo‘shimcha oziqlantiriladi, qatqaloqqa qarshi choralar ko‘riladi. Amal davrida ekinzor toza, namli, yumshoq holatda saqlanadi. Amal davrida 4-5 marotaba kultivatsiya, 2-3 chopiq o‘tkaziladi.Maysalanish davridan boshlab qator oralariga ishlov beriladi. Poya balandligi 30-40 sm ga yetganda, yagana qilinadi, o‘simlik orasi 2-3 sm boMadi. Uruglik uchun yagana qilinganda, o‘simliklarning orasi 8-10 sm boladi.Toshkent viloyatida amal davrida 6-8 marotaba sug‘oriladi, me’yori 800-1000 m3/ga. Birinchi sug‘orish maysalashdan 12-15 kun o‘tganda amal qilinadi, keyingi sug‘orishlar har 15 kunda o‘tkaziladi, iyul-avgust oylarida har 8-10 kunda sug‘oriladi. Tola hosilini yig'ishga 5-7 kun qolganda oxirgi suv beriladi, uruglik uchun-ko‘saklar tola shakllanganda to'xtatiladi.Poyaning pastki ko‘saklari 75% o‘simlikda yetilganda poyalar o‘riladi, qalinligi 15-20 sm bog'lamlarga o‘rilgan poyalar bog‘lanadi va vertikal ravishda saqlab quritiladi. Urug‘ MK-1,5, MK-6 rusumli texnikada yanchiladi.Tola olish uchun jut birinchi pastki ko‘sak shakllanganda yigiladi. Poya po‘stlog‘idan tolani ajratib olish uchun o'rilgan poyalar maxsus mashinadan o'tkaziladi. Bu mashinalarda poyalar eziladi, tola po‘stlogMdan ajraladi, soMigra tola quritiladi va zavodlarga topshiriladi. Zavodga topshirilgan jutning quruq poyalari sovuq suvda saqlanadi. Ivitilgan poyalar maxsus texnikadan o‘tkaziladi, bunda tola po‘stlog‘idan ajratiladi.Hindistonda jut asosiy texnik ekin bo‘lib shimoliy-sharqiy shtatlarida keng tarqalgan, o‘rtacha 13,0 s/ga hosil olinadi. Ekin maydonning 75% ertapishar C. Capsularis L. turining navlari egallaydi. Ertapishar navlaming tola sifati yuqori boladi. Jut allyuvial tuproqlarda ekiladi. Jutning ayrim navlari kam sho'rlangan tuproqlarda ham yetishtiriladi. Hindistonda jut sholi, bug'doy, tamaki, аrpа va sabzavotlardan bo‘shagan maydonlarga ekiladi. Ekish me’yori 10-11 kg/ga. Maysa 4-7 kunda yer yuzida ko‘rinadi. Yaganada o'simliklaming orasi 20x10 sm qilib qoldiriladi.

O'g'itlash.Jut yetishtirishda organik va mineral o‘g‘itlar qollanadi. Oziqa elementlar bilan yaxshi ta’minlansa bir yerda jut 2-3-yil ekiladi. Azotli va kaliyli o‘g‘itlar tola va urug‘ hosilini oshiradi. Go'ngni me’yori 20-30 t/ga. Azot, fosfor va kaliy 90 kg dan sof modda hisobida qoMlanilganda tola hosili 5-6 s/ga oshgan.Maysa ko‘ringandan 30 kun o‘tganda birinchi oziqlantirish o‘tkaziladi. Bunda 40-60 kg azot va 30-45 kg fosfor bir gektarga qollangan. Ikkinchi oziqlantirish birinchisidan 30-35 kun o‘tganda o‘tkaziladi, 6 kunda faqat azot 40-60 kg/ga qollanadi.Fosforli o‘g‘itlaming 50% yer shudgorlashda tuproqqa solinadi; 25% ekish bilan bir vaqtda va 25% qo‘shimcha oziqlantirishda. Kaliyli o‘g‘itlaming 50% shudgorlashda va 50%qo‘shimcha oziqlantirishda. Azotli o‘g‘itlar faqt amal davrida qo‘llanadi.Go‘ng kuzda fosfor va kaliyli o‘g‘itlar bilan birgalikda qollaniladi (tuproqqa solinadi).



Ekish usuli. Sepib yoki qatorlab ekiladi, ekish me'yori 17-18 kg/ga. Yaganalash ikkita haqiqiy barg rivojlanganda o‘simliklaming orasi 13-15 sm qilib o‘tkaziladi. Bunday qalinlikda poya shoxlanmaydi, poya baland tekis boladi. Texnik pishishi ekilgandan 4 oy o‘tganda kuzatiladi. O‘simlik gullash davrida boladi. Poya balandligi 3-3,5 m ga yetadi.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish