Reja Ehtiyojlar faollikning manbai sifatida



Download 173,5 Kb.
bet3/6
Sana06.06.2022
Hajmi173,5 Kb.
#640913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Motiv 10-mavzu

Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyati faolligi o’z shaxsiy hayotini himoya qilish, o’z avlodi hayotini saqlash, uni qo’llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga yuritilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanishi, tashnalikni qondirishi, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo havoga intilish tana a'zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga mahkum bo’ladi, o’z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi.
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan bog’liqligini ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar to’g’risida mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy bog’lanib ketishini ta'kidlab o’tish lozim.
Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi. Chunki ular bir-birining negizidan kelib chiqadi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob'ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan boqlanish vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish yo’llari kiradi. Odatda jamiyatda ta'lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an'analari, marosimlari, bayramlari, odatlari rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonida rangbarang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha ma'no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga etaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, uning kamolotini sekinlashtiradi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o’z predmetining xususiyatiga ko’ra moddiy va ma'naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekanligi e'tirof etiladi.
Insonning ovqatlanishi, kiyinishi, uy-joyga ega bo’lishi, maishiy turmush ashyolariga intilishi, komfort hissini qondirish bilan bog’liq madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi.
Ma'naviy madaniyatni yaratish va o’zlashtirish shaxsning o’z fikr mulohazalari va his-tuyg’ulari bo’yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi hamda axborot almashtirishi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishishi, mahalliy matbuotni o’qish, kino va teatr ko’rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya'ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma'naviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi.
Ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lib vujudga kelgan ma'naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi kitob, yozuv qog’ozi va boshqalar.
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirilganda yana shu narsaga e'tibor berish kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o’z predmetiga ko’ra moddiy guruhga xuddi shu mezonlar bo’yicha bir davrning o’zida madaniy ehtiyojning moddiy yoki ma'naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti, xususiyati bo’yicha ikki mezonga asoslanib, muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va ehtiyojlarning ob'ektiga bergan munosabatiga binoan har xil tasniflanadi va xuddi shu mezonlarga ko’ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, barqarorligi, davomiyligi, ko’lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, individualligi kabi xususiyatlari bilan o’zaro bir-biridan farqlanadi. Ehtiyojlar faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan teng alohada bo’ladi.
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi:
1. Individual - yakka shaxsga yo’naltirilgan.
2. Guruhiy - real guruhlarga moddiy va ma'naviy intilish.
3. Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi.
4. Xududiy - etnik guruhning muayyan o’ziga xos talablari qondirilishi.
5. Etnik - ma'lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta'minlash.
6. Umumbashariy - er yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks etishi.
Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasini keltirib o’tish zarur.





Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish