Xoch – krest, chormix.
E’tiqod – insonnig o’z fikr va qarashlarida dunyo hodisalarining muayyan turiga (masalan: ilmiy, siyosiy, ahloqiy, diniy) mahkam, sobitqadamlik bilan ishonishi va unga qat’iy amal qilishni anglatuvchi falsafiy tushuncha.
YAngi Ahd – Bibliya qismlaridan biri. To’rt Injil, Havoriylar faoliyati kitobi, 21 ta havoriyning nomalari va YUhannoning “Vahiynomasi” ni o’z ichiga olgan, 27 kitobdan iborat.
YAsna – Avestodan bizgacha yetib kelgan to’rt kitobning ikkinchisi.
YAsrib – Madina shahrining hijratdan avvalgi nomi.
YAhve – yahudiylik ta’limotiga ko’ra, dunyolarni yaratuvchi yagona qudratli Xudo.
YAhudo – YA’qub payg’ambarning farzandlaridan biri. Uning avlodlari «yahudiylar» deb ataladi.
3-Ma'ruza mavzu. Islom dini. Islom ta’limoti
Reja:
1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dinining vujudga kelishi
2. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.
3. Hadislar – Qur’ondan keyingi mo’’tabar manba.
4.Islomdagi oqimlar
5.Kalom falsafasi. Islomda huquq falsafasi
2. Tasavvuf ta’limoti: tushunchasi, mohiyati, ma’naviyati va poeziyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |