Modernizm, ya’ni islom dinini ijtimoiy taraqqiyot, fan va texnika yutuqlari bilan uyg‘unlashtirishga urinish muayyan darajada mafkuraviy yo‘nalish yoki ta’limot mavqeiga ega. Islom modernizmi asosan XIX asrlarda paydo bo‘lgan. U islom dunyosining ilg‘or fikrli ziyolilari tomonidan yaratildi. Ular G‘arbda bozor munosabatlarining rivojlanishi ijobiy samara berganligi va fan-texnikaning rivojlanishiga olib kelganligiga asoslanib, Sharq jamiyatlarini ham isloh qilishni, shariat normalari o‘rniga xalqaro huquqda tan olingan umumiijtimoiy normalarini joriy qilishni taklif etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |