Hijriy yil hisobi – xalifa Umar ibn Xattob tomonidan joriy qilingan musulmonlar yil hisobi. Muhammad s.a.v. va safdoshlarining Makkadan Madinaga ko’chishi bilan bog’liq. Qamariy (hijriy-qamariy yil) va shamsiy (hijriy-shamsiy yil)ga bo’linadi. Qamariya bo’yicha Hijriy yil hisobi 622-yilning 16-iyulidan boshlanib, sinodik oy (29,530588 kun)ga asoslangan. O’n ikki oydan iborat bir qamariy yil 354, 3671 kundan iborat bo’ladi. Qamariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11 oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabbiul avval, rabbiul oxir, jumodil oxir, rajab, shabon, ramazon, shavvol, zulqada, zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan (hozirgi grigoriy taqvimidan) 10-12 kun qisqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |