Qur’oni Karim ilohiy kitob bo’lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqqadas kitob yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash halifa Abu Bakr davrida boshlanib halifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to’rt nusxada ko’chirilgan. Ana shu ko’chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog’liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bo’lishi Ollohning bizning yurtimizga bo’lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Qur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o’tmishda bir orzu edi, xolos.
ISLOM TA’LIMOTI
Islomdagi yirik yo’nalishlarning paydo bo’lishi haqida shuni aytish, lozimki, islom ham o’z tarixiy taraqqiyoti davomida bo’linishdan chetda qolmagan.
Jahondagi barcha yirik dinlar o’z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yo’nalish va oqimlarga bo’lingan. CHunki mazkur din tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir.
Islom ham o’z tarixiy taraqqiyotida bunday bo’linishlarni o’z boshidan kechirdi. VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval. xorijiylar (Al-xavorij, xaraja-dindan chiqmoq mazmunida) yo’nalishi shakllangan, so’ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va shialikka ajralgan.
Sunniylik - bu islomda izchil, sobitqadam yo’nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko’pchilik qismi - 92 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7 foizi shialikka e’tiqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an’ana, hatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan so’z arabcha «Sunna» - «muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to’g’risidagi rivoyatlar va uning hadislari to’plami degan tushunchadan olingan. YAna sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo’lgan ko’rsatmalar, amallardir.
Sunniylikdan keyinchalik hanafiy, hanbaliy, molikiy va shofiy
mazhablari shakllandi.
SHialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni beradigan arabcha «shia» so’zidan kelib chiqqan. SHialik o’z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko’ra islomdagi ikkinchi yo’nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to’rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko’p sektalarga bo’linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdoriga ega bo’lib, hozir ham islom drirasida, katta rol o’ynamoqda.
SHialar Arabistonda paydo bo’lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan.
SHia yo’nalishi islomiy ibodiy, zaydiy, druz, ja’fariy mazhablarini o’z ichiga oladi.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amho’rlik farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo’l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo’lish, mehr-shafqatlilik, to’g’rilik, rostguylik, sofdil bo’lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g’oyalari ilgari surilgan.
Munofiqlik belgisi uchtadir: YOlg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilishdir;
3-MAVZU. GLOSSARIY
Chop etish uchun versiya
Do'stlaringiz bilan baham: |