1.2 Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.
1.3 Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.
Demak, “jamiyat” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “jamlangan,birlashgan” degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63- moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir” deyilgan.
Davlat va jamiyat tushunchalarining tarixiga yuzlanadigan bo‘lsak, davlat to‘g‘risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil.av. taxminan 4-3 ming yillikda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo bo‘lgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Keyinchalik davlat to‘g‘risidagi dunyoviy qarashlar, g‘oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, Lokk, Kant va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta’minlovchi,jamiyatni idora qiluvchi hokimiyat sifatida qaragan. “Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning birlashmasidir” [ Kant.] “Davlat ichki va tashqi siyosatda mustaqildir” deb suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrlarni ilgari surgan. [ J.Boden.]
Do'stlaringiz bilan baham: |