Reja: Davlat byujeti taqchilligi



Download 19,2 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi19,2 Kb.
#32828
Bog'liq
Asror 09

Mavzu: Taqchillkning iqtisodiy tabiai va uni bartaraf etish yo’llar.
Reja:
1. Davlat byujeti taqchilligi,
2.Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omilar va uni qoplash manbaalari,
3.Byujet taqchilligi to’grisdagi zamonaviy kansepsiyalar,ularning mazmuni, xususiyatlari va ahamiyati.

Mustaqillik yillarida davlat byujet siyosatining eng muhum vazifasi iqisodiyotni barqarorlashtirish doirasida byujet taqchilligining ortib borayotgan sur’atni jilovlashdan iborat bo’ldi. Bu vazifaning ha etilishi natijasida o’ta muhum ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan joriy xarajatlargagina mablag’larni ajratish yo’llaridan boradi va taqchilikning eng maqbul darajasi ta’mnlandi.

Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi.
Aksincha, ba’zi hollar-da esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko’p bo’lishiga byudjet defitsiti deyiladi.
Taqchillikning hajmi:
 milliy valyutada absolyut summada;
 mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan;
 milliy daromad hajmiga nisbatan;
 byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
 iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
 favqulodda hodisalarning mavjudligi;
 iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning emirilishi;
 moliya-kredit aloqalarining etarli darajada samarali emasligi;
 hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan etarli darajada nazorat qila olmaslik;
 ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada sa-maradorligi;
 tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi;
 byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi);
 mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga intilish;
 yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyo-tining mavjudligi;
 harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
 ichki real imkoniyatni etarli darajada inobatga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;
 davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan byudjet mexanizmining mavjudligi va boshqa sabablar.
Byudjet defitsiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi:
 byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni “davolash” o’rniga uning kasalligi kuchayadi;
 byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi.

Byudjet defitsiti bo’lishi mumkin;


 byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak;
 byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak;
 byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
 byudjet xarajatlarining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish;
 xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
 davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
 harbiy xarajatlarni qisqartirish;
 eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish;
 qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo’yish;
 xorijiy sarmoyalarni jalb etish va boshqalar.
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar,xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qi-linadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxs-lar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag’larning barcha asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo’ljallangan byudjet to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta
tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
 mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
 mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqa-rish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
 davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
 davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlarning xa-rajatlardan o’sgan qismi summasi;
 byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
 mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqa-rish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
 xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firma-lar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat
qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukuma-tining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat
qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
 qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashki-lotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
 mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
 mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;
 o’tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar va boshqalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (biryilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (beshyildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda
(zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
 hukumat davlat qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;
 hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;
 mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
 xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyat-lar hajmi;
 xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.
Davlat byudjetining defitsitini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy
tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatdiki, byudjet defitsiti jahon amaliyoti uchun nisbatan yangi hisoblangan voqelik sanaladi. Xususan, XIX asrning o’rtalariga qadar rivojlangan ilg’or mamlakatlarning davlat byudjetlari uchun daromadlarning
xarajatlardan ortiq bo’lishi odatiy hol hisoblanar edi. Shuning uchun ham mazkur davlatlarda urush holatlarida yoki kuchli tabiiy ofat yuz berganda paydo bo’ladigan byudjet defitsiti favqulotda holat hisoblanadi. XX asrning 50-yillaridan boshlab
byudjet defitsiti favqulotda holat xarakteriga ega bo’lmay qoldi. Ya’ni, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rnidan, geografik, geopolitik mavqeidan qat’iy nazar bdyujet defitsitini yuzaga kelishi tabiiy hol bo’lib qoldi. Ushbu holat hozirga qadar davom etib kelmoqda. Byudjet defitsitini dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat moliyalarining ajralmas tarkibiy qismiga aylanganligi uning yuzaga kelish sabablarini, mo’tadil
darajasini, makroiqtisodiy tartibga solish davlat tizimidagi o’rnini ilmiy asosda o’rganish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Davlat byudjeti defitsitini yuzaga kelish sabablarini chuqur tadqiq qilgan iqtisodchi olimlardan biri J.M.Keyns hisoblanadi. J.Keyns o’zining ilmiy izlanishlarida jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlarida davlat xarajatlarining davlat daromadlariga nisbatan ortiqcha bo’lishi mumkinligini va bu holat ob’ektiv iqtisodiy asosga ega ekanligini asoslab berdi. Keynsning byudjet-soliq siyosati xususidagi nazariy qarashlarida byudjet defitsiti iqtisodiyotni bir muvozanat holatidan ikkinchi bir muvozanat holatiga o’tkazish imkonini beruvchi instrument
sifatida e’tirof etiladi. Agar biz J.Keynsni davlatning iqtisodiyotni samarali tarzda tartibga solish imkoniyatiga ega, degan nazariy xulosalariga tayanadigan bo’lsak, u
holda Keynsni davlat byudjeti defitsitining darajasini davlat tomonidan to’liq nazorat qilish mumkinligiga ishonganligiga shubha qilmasa bo’ladi.
Nemis moliya fanining klassik namoyondasi A.Vagner o’zining «Moliyato’g’risidagi fan» nomli asarida davlat faolligining o’sib borishi qonunini shakllantirdi. Ushbu qonunga ko’ra, davlat faolligini kuchaytirishning zaruriy shartlaridan biri davlat xarajatlarini oshib borishi hisoblanadi. A.Vagner o’zining
empirik izlanishlariga tayangan holda shunday xulosaga keldi: “ilmiy-texnika inqilobiga asoslangan tsivilizatsiyani taraqqiy etishi, ishlab chiqarish va muomala hajmlarining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni oshishi bilan davlatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga aralashuvi kuchayadi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy faolligi o’sadi. Bu esa, o’z navbatida, davlat xarajatlarini shunga muvofiq tarzda o’sib borishiga olib keladi”.
Professor V.M.Rodionovaning fikriga ko’ra, davlat byudjeti defitsitini yuzaga kelishining uch asosiy sababi mavjud:
1.Byudjet defitsiti davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida yirik miqdordagi qo’yilmalarni amalga oshirishi natijasida yuzaga keladi.
2. Byudjet defitsiti favqulotda holatlar (urush, tabiiy ofatlar va h.k.) natijasida yuzaga keladi.
3. Byudjet defitsiti iqtisodiyotda inqiroz holatlarining yuzaga kelishi,hukumatni mamlakatdagi moliyaviy holatni nazorat ostida ushlab turish qobiliyatini yo’qotishi natijasida yuzaga keladi. Demak, davlat byudjeti defitsitini yuzaga kelishining ikki asosiy sababi taniqli iqtisodchi-olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Bularning birinchisi,davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bilan bog’liq xarajatlarining ko’payishi bo’lsa,ikkinchisi, davlatning noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari hajmining keskin
oshib ketishi hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, byudjet defitsitining yuzaga kelishini mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz holatlari bilan bog’lash maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, iqtisodiy inqiroz paytida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish darajasi pasayadi va h.k. Bu holatlar, pirovard natijada, davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab bo’ladi. Natijada, byudjet defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat uchun bank tizimining kreditlaridan foydalanishdan ko’ra qulayroq va osonroq yo’l qolmaydi. Shuning uchun, fikrimizcha, iqtisodiy inqiroz holatlarining yuzaga kelishini alohida sabab sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Shunisi xususiyatliki, rivojlangan ilg’or mamlakatlar amaliyotida tarkibiy defitsit tushunchasi ham qo’llaniladi.
Tarkibiy defitsit deganda aholining to’liq bandligi sharoitida davlat byudjetining salbiy qoldig’i tushuniladi.
Download 19,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish