W
WWW.STUDENT.BIZ.UZ
INDOWS OPERATSION SISTEMASINING IMKONIYATLARI.
Reja:
-
Dasturlar, fayl va papka oynalari. Ishlash usullari va ta’rifi.
-
“Mening kompyuterim” obyektidan foydalanish.
-
Papka va fayllar bilan ishlashning asosiy usullari.
-
PAINT grafik muxarriri.
-
WORDPAD matn muxarriri.
1. Dasturlar, fayl va papka oynalari. Ishlash usullari va ta’rifi
1. Kompyuterda dastur ishga tushgach, ekranda fayllar ro‘yxati va ular xaqidagi axborotlar yozilgan ko‘sh chiziq bilan chegaralangan oynalar paydo bo‘ladi. (Aslida WINDOWS so‘zi xam “oynalar” degan ma’noni bildiradi). Oynalar to‘gri to‘rtburchak shaklda bo‘ladi. Obyektni (fayl, papka yoki dastur) ochish obyektning belgisida yoki obyektning kontekst menyusidan ochish buyrugida “sichqoncha”ning chap tugmasini 2 marta tez bosish bilan amalga oshiriladi.
2. Oyna elementlari-ochiq obyektning nomini saqlovchi sarlavxa o‘lchovini o‘zgartiruvchi va oynalarni biriktiruvchi tugmalarni boshqarish tugmalaridan iborat. Bunda tugmalarning yigishtirish, o‘lchov o‘zgartirish va oyna berkitish faoliyatini ko‘rsatib tasvirlab berish lozim. Oynani yigishtirish operastiyasi bilan oynalarni yopish operastiyasi farqlarini ta’kidlab o‘ting (Birinchi xolatda obyekt faolligicha qoladi, ikkinchisi bilan ish xam to‘xtatiladi).Masalalar paneli yordamida yoki ALT+TAB tugmasini bosish bilan yigishtirilgan oynalarni tiklash xam mumkin.
3. Oyna o‘lchovlarini o‘zgartirish, oyna o‘lchovi o‘zgartirish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi 2 yo‘nalishli strelkalar paydo bo‘lguncha, “sichqoncha” kursorini oyna chegarasiga olib berishi kerak. “Sichqoncha”ning chap tugmasini bosish va uni bosib turgan xolda kursorni ko‘chirib, shu vaqtda oyna o‘lchovini o‘zgartirish kerak.
4. Oynani “sichqoncha” yordamida boshqa joyga ko‘chirish yo‘li bilan xarakatlantiriladi. Buning uchun kursorni oyna sarlavxasi o‘rtasiga olib boriladi, “sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi, uni bosgan xolda oyna ish stolida ko‘chiriladi.
5. Bir vaqt ichida bir necha obyektni, ularning xar biri aloxida oynada joylashganligi, ochish imkoniyatlari xaqida gapirish o‘rinli. Shuni ta’kidlash lozimki, faqat ulardan biri faol bo‘lishi mumkin, vaqtning xar damida faqat bir oyna bilan ish amalga oshirilishi mumkin. Bunda faol oyna sarlavxasi to‘q ranglar bilan ajratilgan bo‘ladi.
Oynalar orasida ko‘chish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) “Sichqoncha” tugmalarini faoliyatsiz oyna yuqori qismida bosiladi;
b) “sichqoncha” tugmalarini masalalar panelida faoliyatsiz oyna tugmasida bosamiz;
v) ALT+TAB tugmalar kombinastiyasi yord
2.“Mening kompyuterim” obyektidan foydalanish
“Mening kompyuterim” obyekti tarkibining ta’rifi: “Mening kompyuterim” obyektini ochish uchun-“sichqoncha” chap tugmasini obyekt belgisida 2 marta bosish yoki obyektning kontekstli menyusini chaqirib, “Ochish” bo‘yrugini tanlash kerak. “Mening kompyuterim” obyektida quyidagi asosiy obyektlar joylashgan:
-
3,5 va 5,25li egiluvchan disklarning diskyurituvchi belgilari (Kompyuterda o‘rnatilgan);
-
bir yoki bir kancha qattiq disklar belgilari;
-
lazer disklarini o‘chish uchun qurilmalar belgisi (agar bu qurilma o‘rnatilgan bo‘lsa);
-
boshqaruv panelining belgisi;
-
printerlar belgisi.
Obyektni ochish uchun bu obyekt belgilanib, “sichqoncha”ning chap tugmachasi 2 marta bosish bilan (o‘xshash operastiyani obyektning kontekstli menyusini chaqirib xam bajarish mumkin), qattiq disk (Disk S:) yoki egiluvchan disklar (Disk A: yoki Disk V:) diskyurituvchi obyektlarning ochilishi bu obyektlarning ildiz papkasini ochadi.
Nusxalashning ikki usuli mavjud:
-
“Mening kompyuterim” obyektidan foydalanib;
-
Obyektning ko‘chirishdan foydalanib.
a) “Mening kompyuterim” obyektini ochish, nusxalash yoki ko‘chirish kerakli fayl yoki papka obyektini ochish.
b) Papka-manbada nusxalanayotgan obyektni ajratib, keyin bevosita papka-manba sarlavxasi ostida turgan menyuda “nusxalash” buyrugi (obyektni nusxalash uchun) yoki “Kesish” obyektini ko‘chirish uchun) buyrugi tanlanadi.
Agar diskdan diskka nusxalash talab qilinsa, unda nusxalayotgan obyektning kontekstli menyusida “yuborish” buyrugi tanlanadi, keyin obyekt nusxasidan yuborilayotgan disk nomi tanlanadi. Nusxalashning 2 usulini amalga oshirish uchun ish stolida manba-papka va qabul qiluvchi papkalar ochiq bo‘lishi kerak (buning uchun “Mening kompyuterim” obyektidan foydalansa bo‘ladi).Manba-papkasida “sichqoncha”ning chap tugmasi bilan nusxalanadigan yoki ko‘chiriladigan obyekt ajratiladi va “sichqoncha”ning chap tugmasini bosib turib obyekt belgisi-qabul qiluvchi-papkaga ko‘chiramiz.
Obyektni yo‘q qilish va qayta nomlash.
Operastiya boshida yo‘k qilinadigan obyekt joylashgan papkani ochib (“Mening kompyuterim obyektidan foydalanib) quyidagi uch variantdan birini tanlash mumkin.
-obyektning kontekstli menyusini chaqirib, yo‘qotish-buyrugini tanlash, amalga oshirish;
-“sichqoncha” chap tugmasi bilan papkada obyektni ajratish, yo‘q kilinadigan obyekt joylashgan fayl papkasi menyusidan “yo‘q qilish” buyrugini chaqirish;
-“sichqoncha”ning chap tugmasi bilan papkada obyektni uskunalar paneli papkasidan mos tugmani tanlash.
Qayta nomlash:
Operastiya boshlanishida “Mening kompyuterim” obyektidan foydalanib kerakli obyekt joylashgan papkani ochish va:
-
obyektning kontekstli menyusini chaqirish, “qayta nomlash” buyruqlarini bajarish;
-
ushbu papkada, “sichqoncha”ning chap tugmasi bilan obyektni ajratish, qayta nomlanadigan obyekt joylashgan fayl papkasi menyusidan “qayta nomlash” buyruqlarini chaqirish.
3. Papka va fayllar bilan ishlashning asosiy usullari. “Boshlovchi” dasturi
1. Sizning kompyuteringizda chizilgan obyektlar daraxtining yaqqol rasmi “Boshlovchi” dasturi bo‘ladi. Boshlovchi dasturi fayl va papkalar bilan ishlashni engillashtirish uchun xizmat qiladi.
2. “Boshlovchi” dasturning ishchi oynalari elementlar quyidagilar:
-
oynani boshqarish tugmalari bilan oyna sarlavxasi;
-
bevosita sarlavxa ostidagi menyu satri (albatta shuni ta’kidlash kerakki, menyu va uning tarkibi papka menyusining tarkibiga o‘xshash xamda obyekt panellarining ajratilgan biriga bogliqdir);
-
asboblar paneli, menyu satri ostida joylashgan (asboblar paneli fayl yoki papkalar kidirishga tushirish tugmasini qo‘shish papkaga o‘xshash).
Ikkita ishchi panel (chapdagisi “xamma papkalar” deyiladi, o‘ngdagisi “tarkibi...”). O‘ng panelda ish stolidan boshlab, kompyuter obyektlarining daraxti ko‘rsatilgan. O‘ng panelda chap panelda ajratilgan papka yoki obyekt tarkibi chaqiriladi.
-Oynaning pastki qismida xolat satri joylashgan;
-papkada qancha obyekt bor ekanligi “Boshlovchi” dasturning o‘ng panelida ko‘rsatilgan tarkiblarda xamda ular disk yoki disketada qancha xajmni (bayt yoki Kbaytlarda) egallashini ko‘rsatadi. qabul qilingan belgi agar oynaning o‘ng qismida obyekt belgisi qarshisida belgi turgan bo‘lsa, demak obyekt yangi, boshqa obyektlarni saqlaydi. Bunday obyektlarni ochish uchun “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish etarli. Papka belgisi yonida “-” belgi obyekt ochiqligini bildiradi. (Lekin, bu obyektning tarkibi faqat shunday xolda paydo bo‘ladiki, agar siz bu obyektning belgisini ajratsangiz). Papka belgisi yonida+belgisi bo‘lmagan obyektni ochish uchun –“sichqoncha”ning chap tugmasi-obyekt belgisida 2 marta bosish kerak. Obyektni ochishda uning tarkibi o‘ng panelda paydo bo‘lishini ta’kidlash kerak.
3. Boshlovchi dasturi yordamida fayl va papkalarda ish bajarish:
a) ko‘chirib yurish usuli bilan fayl va papkalarni nusxalash va ko‘chirish;
- o‘ng panelda “sichqoncha”ning o‘ng tugmasi bilan bu obyektning belgisini ajratish va “sichqoncha”ning bosilgan chap tugmasini ushlab, belgini chap panelning qabul qiluvchi-papka belgisiga ko‘chirish;
- paydo bo‘lgan menyuda obyekt ustida bajariladigan operastiyani tanlash (nusxalash yoki ko‘chirish), operastiya nomida “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish;
b) obyektning kontekstli menyusidan foydalanib (oldin o‘tilganlarga o‘xshash);
v) uskunalar panelidan foydalanib (oldin o‘tilganlarga o‘xshash);
g) obyektni qayta nomlash-oldin o‘tilganlarga o‘xshash amalga oshiriladi;
d) obyektni yo‘qotish-oldin o‘tilganlarga o‘xshash;
e) yangi obyekt-oldin o‘tilganlarga o‘xshash.
4. PAINT grafik muxarriri
1. PAINT muxarriri oynasining elementlarini yoritib berish uchun:
-
taxrir qilinadigan grafikli fayl nomi ko‘rsatilgan sarlavxa;
-
menyu, unda rasm, rasmni tasvirlash rejimi bilan ishlashga va rasmning rangli palitrasi;
-
uskuna to‘plami;
-
rang tanlash uchun ranglar palitrasi;
-
odatdigi ish rejimi va chizish xududidagi kursor koordinatalari xaqida axborot saqlovchi xolat satri xaqida tushuncha beriladi.
Chizish qismidagi bir qancha oddiy figuralarni uskuna to‘plamidagi qalam uskunasi bilan chizing. Ranglar palitrasi yordamida rasm va fon ranglarini tanlash xaqida gapirib berish (kerakli rangda “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish). Menyu buyruqlari batafsil tasvirlash, bunda o‘zida rasm fragmentlarini yangidan o‘zgartiradigan asosiy buyruqlarni-“Almashtirish buferi” yordamida nusxalash va ko‘chirish, kengaytirish, egish va x.k. tashkil etadigan, to‘grilash va rasm bo‘limiga aloxida e’tibor qaratish kerak. Rasm menyusida Atributlar buyruklarini tasvirlashda rasmlar o‘lchov vazifasi nuqtalarda yoki oddiy o‘lchov birliklaridagi imkoniyatlarini ta’kidlash lozim. Xususiyat ekranida (800*600 yoki 640*480) ish stolining o‘lchov vazifasi bilan solishtiring. Rasmni ish stolining yuqori qismiga joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rsating.
5. WORDPAD matn muxarriri. Ish stolining ta’rifi. Uskunalar paneli
-
WORDPAD muxarririning vazifasi- matnni rasmiylashtirishning turli usullari qo‘llaniladigan etarli murakkab xujjatlarni taxrir qilish.
-
Muxarrir oynasi elementlarida sarlavxa, menyu, uskuna paneli, taxrir qilish qismi, xolat satri. Bunda ushbularga e’tibor bering:
-
o‘qituvchi aytib turgan bir necha satr matnni yozish. Kiritilgan matn bilan ishlashining keyingi xolatida kuzating;
-
menyu buyruqlariga batafsil ta’rif bering;
-
saqlash buyruqlarini tasvirlashda turli xil xujjatlarni (WORD xujjati turi, RTF-RIC. Text Format turi, faqat matnlar turlaridek) saqlash imkoniyatlarini ta’kidlash.
Nusxalash, kesish, qo‘yish va x.k. buyruqlarini tasvirlashda bu buyruqlarni tez chaqirish uchun tugmalarni birgalikda foydalanish imkoniyatlarini ta’kidlash (masalan, CTRL+C, CTRL+X, CTRL+V) format (xajm) menyusini ta’riflashda TRUE TYPE day shrift-masshtablashgan shrift, ularning xajmini o‘zgartirish xarflar shakli o‘zgarmaydigan shriftlar tushunchasini kiritish.Shunday shriftlar borki, ularda “kirillcha” belgilar, ya’ni “ruslashtirilmagan” shriftlar yo‘qligini aytish. “Ruscha” va “o‘zbekcha shriftlarning nomlarini sanab o‘tish, masalan, Arial Sug, Courier new Cyr, Times Uz, PandaUz va x.k. Berilgan xil shriftlarni ishlatishiga o‘kuvchilarni tayyorlamoq.
3. Matn muxarrirning asosiy uslublari:
-
matn fragmentida ajratish (“sichkoncha” yoki klaviatura- Shift dan kursorni boshqarish tutmasi yordamida);
-
ajratilgan matn fragmentini nusxalash;
-
matn fragmentini ko‘chirish;
-
mant fragmentini yo‘q qilish;
-
ishlatilayotgan shriftni o‘zgartirish, ajratilgan matn fragmentida xarfning xajmini va shaklini (kichraytirish, kursiv, ajratish).
Word for windows matn prostessorining imkoniyatlari
Foydalanuvchilar uchun dastlabki shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lgandan buyon, ularning kundalik yumushlarini u yoki bu tartibda engillashtirib beruvchi yuzlab dasturlar yaratildi. Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko‘plab matnlarni qayta ishlashiga to‘gri keladi. Kompyuterning yaratilishi bu borada katta imkoniyatlarni ochib berdi. Masalan, Microsoft, MultiEdit va shu kabi dasturlar ish yuritishni ancha engillashtirdi. Xozirgi kunda katta- kichik firmalar turli-tuman (masalan, Microsoft, Lotus, Corel va boshqalar) dasturlarni yaratish bilan banddirlar.
Biz shulardan eng ommaviy tarqalgan dasturlar majmui -Microsoft Office bilan tanishamiz. Zero, mazkur firma bu soxada peshqadam bo‘lib turibdi.
Ushbu majmua tarkibiga quyidagi dasturlar kiradi:
-
-Microsoft Word dasturi - universal matn muxarriri;
-
-Excel elektron jadvallari;
-
Access ma’lumotlar bazasi sistemasini boshqarish;
-
Power Point xujjatlarni taqdim etish muxiti va boshqalar.
Yuqoridagi bugungi kunda mashxur bo‘lib ketgan dasturlar nomining o‘zi yoki dastur yaratuvchilar nechogli katta vazifalarni o‘z oldilariga maqsad qilganliklarini ayon qilib turibdi. Darxaqiqat, xar qanday xujjatni tayyorlash, ofis ishlarini yuritish, telefon nomerlarini saqlashdan boshlab, balans xisobotlarini tuzishgacha bo‘lgan jarayon katta mehnat talab etadi. Uning yordamida engilgina tashrif qogozlaridan tortib, toki gazetalar origanal maketigacha yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu sistema xaqiqiy poligrafiyada inqilob bo‘ldi desak, mubolaga bo‘lmaydi. Xarf o‘lchamlari, ularning ko‘rinishi, matn rangi va foni, xujjatlarni ramkalash, rasm va fotolarni joylashtirish, matnlarni ro‘yxat va jadval ko‘rinishida rasmiylashtirish, murakkab xujjatlarni hosil qilish, bularning xammasi foydalanuvchiga engillik beradi. Bundan tashqari, video- va audioyozuvlar ishini yanada ko‘rimliroq qilish, orfografik xatolarni avtomatik tuzatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |