X va Y koordinatalari bo‘yicha yoyilishni ko‘rsating. Qiymatlarning kiritilishini
tekshiring va OK tugmasiga bosing.
12 ta elementdan 2 qator – ikki o‘lchovli to‘plam berildi. Qurilish natijasi 4.9
rasmda ko‘rsatilgan, 4.10 rasmda esa – muloqot oynasida to‘plam parametrlari
ko‘rsatilgan.
7. Yaratilgan to‘plamni guruhlang.
8. Normal bo‘yicha tenglashtirish usulidan foydalanib, to‘r bo‘yicha olingan
asoslarni birlashtiring. Birlashtirish natijasi 4.11 rasmda ko‘rsatilgan.
4.9 rasm. Konuslardan iborat to‘plam.
4.10 rasm. Array muloqot oynasi to‘plam parametrlari bilan.
9. Tuzilgan ob’yektni, agar zururat bo‘lsa, masshtablang va uni siljitish va
tenglashtirish asboblaridan foydalanib, ushlagichi bilan birlashtiring.
Interyerdan foydalanish uchun tayyor ob’yektlar 4,12 rasmda keltirilgan.
10. Yaratilgan ob’yektni saqlang. Bu amalni bajarish uchun, File (fayl)
menyusidan Save As (qanday saqlash) buyrug‘uni tanlang.
11. Paydo bo’lgan muloqot oynasida saqlanishi kerak bo‘lgan fayl nomini
kiritib Save (saqlash) tugmasini bosing
Do'stlaringiz bilan baham: |