Reja: Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari


Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar



Download 382,67 Kb.
bet3/4
Sana12.02.2023
Hajmi382,67 Kb.
#910380
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari

Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar asosan morfologiya, ekologiya va sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy hamda kolleksiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun ko`pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. YOz davomida V sinf o`quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi o`simliklarni yig`ish: VI sinf o`quvchilariga madaniy va yovvoyi o`simliklarni yig`ish va gerbariy tayyorlash; VII sinf o`quvchilariga xayvonlar ustida kuzatish olib borish, hasharotlardan kolleksiyalar to`plash kabi topshiriqlar beriladi. O`simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular etkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini ko`rsatadigan biologik kolleksiyalar katta ahamiyatga ega. O`qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan sayohatga boruvchi o`quvchilar yordamida xonani qiziqarli ob`ektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. O`qituvchi o`quvchilarning qaerga borishini oldindan bilib olib, kabinet uchun kerakli ob`ekt olib kelish to`g`risida topshiriq beradi. Albatta bunday topshiriqlar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda bo`ladi. Buyuk Britaniya biologik ta’lim tizimida o‘qitish natijasining muhim jihatlaridan biri fanni o‘zlashtirganlik darajasi sanaladi. Bu o‘quvchilarning fanni nafaqat o‘qish jarayonida, balki biologiya kursini tugatganlaridan so‘ng ham ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda tadqiqot metodlarini to‘g‘ri tanlash muhimligini anglaydilar. O‘quvchilar maktab davrida o‘z o‘quv tadqiqotlarining kuzatish natijalari yuzasidan hisobot tayyorlaydilar, maktab biologiya kursidan o‘rin olgan biologik hodisalarning dalillariga tanqidiy fikr bildiradilar, mazkur dalillarga qo‘shimcha dalillarni mustaqil topish imkonini beradigan usullarni tushuntirishga harakat qiladilar. Shuningdek, Buyuk Britaniyada biologiya kursini o‘qitishda interfaol o‘qitish shakllari va metodlardan foydalaniladi. Zoologiya va botanikadan laboratoriya ishlarini o‘tkazishda kompьyuter texnologiyalari qo‘llaniladi, chunki tajribalar o‘tkazishda tirik preparatlardan foydalanish qonun tomonidan ta’qiqlangan.



Finlyandiya. 15 yoshli maktab o‘quvchilarining tabiiy fanlardan savodxonligini o‘rganuvchi PISA xalqaro dasturining 2012 yilgi natijalariga ko‘ra, Finlyandiya Xitoy, Singapur, Yaponiyadan keyin 4-o‘rinni egallagan.
Finlyandiya Konstitutsiyasida mamlakatning har bir fuqarosi 7 yoshdan 17 yoshgacha majburiy ta’lim olishi belgilangan.
Fin ta’limining asosiy jihatlari:
o‘rta maktabda tabaqalashtirilgan sinflarning ta’qiqlanganligi: teng yoshdagi barcha o‘quvchilarga fanlar bir xil o‘qitiladi, ixtisoslashtirilgan, maxsus sinflar yo‘q;
individual yondashuv (Finlyandiyada har uchta o‘quvchining bittasi alohida fanlardan u yoki bu shaklda maxsus yordam oladi), bu esa kuchli va kuchsiz o‘quvchilar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishga imkon beradi;
o‘qitishning umumiy maqsadi – jamiyatning ma’naviy javobgar a’zosini shakllantirish. Kundalik hayotda zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarga alohida e’tibor qaratiladi;
ta’limning milliy maqsadlarini va har bir fanni o‘qitishga ajratilgan soatlarni hukumat belgilab beradi. Barcha pedagoglar yagona milliy dasturni amalga oshiradilar. Ammo o‘qitish metodlari, usullari, vositalari, o‘quv qo‘llanmalarini tanlashda ularga chegara qo‘yilmagan.
Finlyandiyada majburiy ta’lim ikkita bosqichda amalga oshiriladi: boshlang‘ich maktab (elementary school) 1-6-sinflar va asosiy umumiy ta’lim (lower secondary school) 7-9 sinflar.
Asosiy maktabni tamomlagach, o‘quvchilar tugallangan umumiy o‘rta ta’lim beradigan gimnaziyada (3 yil) yoki kasbiy-texnik o‘quv yurtida o‘qishlari mumkin. (1-4 yil). Maktab ta’limi o‘rtacha o‘quvchiga, gimnaziyada esa o‘quv dasturi murakkab bo‘lib, kuchli o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
Gimnaziyani tamomlashda o‘quvchilar ona tilidan (fin yoki shved tili), davlatning ikkinchi tili chet tili, shuningdek, matematika yoki ijtimoiy fanlardan davlat imtihonlarini yozma holda topshiradilar.
Fin o‘qitish tizimining yutuqlarini neyropedagogika prinsiplariga mos kelishi bilan ham bog‘lash mumkin.
Bolalarni turli manbalar (internet, kitoblar)dan bilimlarni “egallash”ga o‘rgatiladi, shuningdek, tadqiqot va loyihalash ta’limining turli shakl va metodlaridan foydalaniladi.
Asosiy maktabda biologiyani o‘qitish quyidagicha amalga oshiriladi: 1-4-sinflarda biologiya fani asoslari “Atrof olam va tabiiy fanlar” (“Environmental and Natural Studies”) doirasida o‘qitiladi. Bu integrativ kurs bo‘lib, geografiya, fizika, kimyo fanidan tushunchalarni va sog‘liqni saqlash yuzasidan tavsiyalarni o‘z ichiga olgan. Kurs inson va tabiatning barqaror taraqqiyoti asoslarini

o‘rganishga yo‘naltirilgan. Muammoli va tadqiqot darslarini o‘tkazish tavsiya etiladi. Kurs va uning modullarining maqsadi o‘quvchilarni ularni o‘rab turgan olam bilan tanishtirish, tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni tushunishdir. O‘quvchilarning atrof-muhit, o‘zlarining salomatliklari haqida egallagan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar baholanmaydi;
5-6-sinflarda biologiya alohida fan sifatida o‘qitiladi (haftasiga 1 soat). Hayot va uning hodisalari o‘rganiladi. O‘quvchilar tomonidan tadqiqot loyihasining bajarilishi sifatiga ko‘ra baholanadi;
7-9-sinflarda biologiya va geografiya fanlari har yarim yilda navbat bilan o‘qitiladi. 7- va 9-sinflarda haftasiga 2 soat, 8-sinfda esa 3 soat. Fakulьtativ sifatida haftasiga qo‘shimcha 2 soatdan o‘tilishi ham mumkin. Fanning mazmuni modul tuzilishga ega. Fanni o‘qitish o‘rganish va pragmatik modellarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Mazkur modelga ko‘ra, o‘qituvchi ta’lim oluvchilarni ilmiy faktlar (ba’zan turli ilmiy soha ma’lumotlari)dan tashkil topgan darslarda qatnashishga chorlaydi, savollar beradi va bu savollarga javob oladi, shuningdek, laboratoriya ishlari o‘tkaziladi.
Yuqori sinflarda alohida fanlar o‘qitilmaydi. Tabiiy-ilmiy fanlar bloki bir-biri bilan bog‘liq modullar ko‘rinishiga ega. O‘quvchilar biologiyani o‘rganishda ikkita majburiy va ikkita ixtiyoriy modullarni o‘zlashtirishlari zarur. Bitta modulni o‘rganish 5 haftani tashkil etadi.
Maktabdan tashqarida o‘qitishga katta e’tibor qaratiladi. Bolalar ilmiy-ko‘ngilochar markazlarga, masalan, Xelsinkidagi “Evrika”ga boradilar. “Evrika”dagi barcha ekskursiyalar va maxsus loyihalar umumiy ta’lim dasturlarini to‘ldiradi. Buning uchun pedagoglar “Evrika” xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydilar: sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning rejasini birgalikda tuzadilar va mavjudlariga tuzatishlar kiritishadi. Ta’lim amaliy yo‘naltirilgan: bolalar qiziqarli o‘yin shaklida chiqindilarni saralashni o‘rganishadi, muzliklarning erishi qanday oqibatlarni keltirib chiqarishini ko‘rishadi, hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo‘lishini kuzatishadi va h.k.
AQSH ta’lim tizimlari. AQSHda “Strategik fanlar” (matematika, kimyo, fizika, kompьyuter texnikasi)ni o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi. Maktablarda yagona dastur mavjud emas. Boshlang‘ich maktab 6 yillik, unda fizika, kimyo, geografiya, astronomiya, botanika, fiziologiya fanlarining ma’lumotlarini qamrab olgan tabiatshunoslik haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.
Boshlang‘ich maktabning o‘ziga xosligi o‘quv materialining kompleks tuzilganligidir. Pedagogikada bilimlarning integrasiyasi markaziy o‘rinni egallaydi. O‘quv materialining fan ko‘rinishidagi tuzilmasi mavzular majmuasi yoki amaliy vazifalar ko‘rinishida dastur bilan uyg‘unlashgan. Dasturlar spiral tuzilishiga ega, ya’ni bir xil mavzular har bir sinfda murakkablashgan holda o‘qitiladi.
Barcha sinflarda tabiatshunoslik kursining mavzulari ro‘yxati:
tirik tabiat (o‘simliklar, hayvonlar);
er (havo, suv, ob-havo);
osmon (quyosh, oy, yulduzlar);
energiya shakllari va mashinalar (issiqlik, tovush, yorug‘lik va rang, magnitlar, elektr toki, mashinalar);
odam (salomatlik, xavfsizlik).
Gigiena va jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratiladi: tanani parvarishlash, to‘g‘ri ovqatlanish, yuqumli kasalliklar, sanitariya, dam olish va uyqu, qad-qomat, kiyim, xavfsizlik. Umuman olganda, o‘quv materialining tor amaliy yo‘nalganligi va engilligini qayd etish mumkin.
Kichik o‘rta maktabda (7-9-sinflar) yagona o‘quv rejasi, dasturlar, darsliklar mavjud emas, biroq tabiatshunoslik majburiy fanlar qatoriga kiradi. Biologiya, umumiy tabiatshunoslik 9-sinfda tanlov o‘quv fanlariga kiritilgan. Kollejda o‘qimoqchi bo‘lganlar 9-sinfda biologiya yoki “Er haqidagi fan”, “Salomatlik va jismoniy tarbiya” fanlarini o‘qiydilar.
Yuqori o‘rta maktab (10-11-sinflar) ixtisoslashtirilgan, unda uchta o‘qitish dasturi bo‘ladi: umumiy, akademik va kasbiy. Umumiy tabiatshunoslik bir yil davomida majburiy fan sifatida o‘qitiladi.
Akademik maktablarning 10-sinfida umumiy biologiya o‘qitiladi: sistematika va ekologik muammolar ko‘rib chiqiladi, turli hayvonlar va o‘simlik turlari, odam biologiyasi, shuningdek, irsiyat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish haqida ma’lumotlar beriladi. Evolyusiya va hayotning paydo bo‘lishi o‘qitilmaydi. Xorijiy davlatlar ta’limida biologiya fanini o‘qitishning ilg‘or tajribalari sifatida shuni qayd etish mumkinki, fanni o‘qitishda o‘quvchilarga “tayyor” bilimlarni “berish”dan ko‘ra, o‘quvchilarning bilimlarni “egallashlari”, o‘qitishning reproduktiv metodlaridan ko‘ra, amaliy, muammoli, tadqiqotchilik metodlari ustunlik qiladi. Fanni o‘qitishga bunday yondashuv esa zamon talabi bo‘lgan intellektual salohiyati yuqori shaxs
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik kuzatishlar alohida o`rin tutadi. O`quvchilar har kuni kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlarni yozib boradilar. O`simlik va xayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar obhavoning holati bilan bog`lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish ma`lumotlari o`simliklar va hayvonlarning rivojlanishi hamda hulq-atvori bilan taqqoslanadi.
Tirik tabiat burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o`rganish uchun qiziqarli material beradi, o`quvchilarda mustaqil ishlash uquv va ko`nikmalarini tarbiyalaydi, tabatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o`quvchilar, odatda, topshiriqlarda ko`rsatiladigan o`simlik va hayvonlar to`g`risidagi maxsus adabiyotlarga, ma`lumotnomalarga, ensiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida o`quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojat qilish ehtiyoji tarbiyalanadi.
Dars bilan uzviy bog`liq holda darsdan tashqari ishlar biologiya o`qitishning majburiy shakli bo`lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi.
Sinfdan tashqari mashg`ulotlar o`quvchilarning o`qituvchi rahbarligida biologiya o`quv dasturidan o`rin olgan mavzularni kengaytirish va to`ldirish maqsadiga yo`g`rilgan darsdan tashqari o`tkaziladigan ixtiyoriy o`qitish shaklidir.
O`quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o`zlashtirishlariga erishish, qo`shimcha o`quv adabiyotlari, ko`rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo`yicha kuzatish va tajribalar o`tkazish, o`quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta`limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo`llash, o`quvchilarning ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish, o`qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog`lash maqsadida umumiy biologiyadan sinfdan tashkari mashg`ulotlar o`tkaziladi.
Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning uch xil turi mavjud:
1. Ayrim o`quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg`ulotlar
2. O`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg`ulotlar.
3. O`quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg`ulotlar.

YUqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog`langan, bir-birini to`ldiradi va taqozo etadi. Ayrim o`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg`ulotlar ularning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya o`quv xonasida, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika xonasida, jamoa va fermer xo`jaligi dalalarida o`tkazilishi mumkin. Ushbu mashg`ulotlar o`quvchilarning qo`shimcha o`quv adabiyotlarini o`rganish, ijodiy izlanishlarini tashkil etish, sinov - tajriba maydonlarida muayyan mavzular bo`yicha kuzatish va tajribalar o`tkazish, ma`ruzalar va ko`rgazmali materiallarni tayyorlash kabilarga bag`ishlanadi.


Jumladan, botanikadan ayrim o`quvchilar bilan tashkil etiladigan mashg`ulotlarda quyidagi masalalarni o`rganish mumkin.
O`quvchilar o`zlarining hohish irodasi, qiziqishlariga muvofiq holda, ushbu mavzularning birini tanlab oladi va o`qituvchi bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida ish olib boradi. Olib borilayotgan ishlar va ularning natijalarini biologiya o`qituvchisi nazorat qilib boradi. «Odam va uning salomatligi» o`quv fani bo`yicha ayrim o`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg`ulotlar o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, uni amaliyotga qo`llash, kasbga yo`llash, tajriba va kuzatishlar o`tkazish, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu mashg`ulotlarda o`quvchilarning mustaqil o`qishlari uchun sog`lom turmush tarzi, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, sport va jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta`siri haqidagi ilmiy-ommabop nashrlar, «Sihat-salomatlik», «Fan va turmush» va boshqa jurnal sahifalarida chop etilgan maqolalar, odam organizmining tuzilishi bo`yicha tayyorlangan mulьtimedia, inson salomatligi ensiklopediyalarini o`rganish tavsiya etiladi.
O`quvchilarning o`z salomatliklarini asrash, sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida muayyan mavzularda kuzatishlar o`tkazish tavsiya etiladi. Jumladan, o`quvchilarga «Sport va jismoniy mashqlarning odam organlar sistemasiga ta`sirini o`rganish» bo`yicha kuzatish o`tkazish tavsiya etiladi. Kuzatish natijalarini ushbu jadvalga yozish va xulosa chiqarish zarurligi uqtiriladi.
O`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg`ulotlarga biologiya o`quv xonasini jihozlash, tabiatga mavzuli ekskursiyalar tashkil etish, o`quv jarayoni uchun zarur bo`lgan ko`rgazmali vositalar tayyorlash va «YOsh biologlar» to`garagining ishi misol bo`ladi.
Mazkur to`garakning didaktik maqsadi o`quvchilarning o`quv fanlariga bo`lgan qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, qo`shimcha o`quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash, tabiat va jamiyatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ongli ravishda kasb tanlashga yo`llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish, tajriba qo`yish va kuzatishlar o`tkazish ko`nikmalarini rivojlantirish sanaladi.
Biologiyadan tashkil etiladigan to`garak umumiy nom «YOsh biologlar» deb ataladi va o`quvchilarning o`rganayotgan o`quv fani, yoshlik va psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olingan holda 5-6 sinflarda «YOsh botaniklar», 7-sinfda «YOsh zoologlar», 8-sinfda «YOsh fiziologlar» va 9-11 sinflarda«YOsh biologlar» to`garagi tashkil etiladi.

5-6 sinf o`quvchilari bilan tashkil etiladigan «YOsh botaniklar» to`garagida quyidagi masalalarga e`tiborni qaratish tavsiya etiladi. «O`zbekistonda botanika fanining taraqqiyoti», «Ulug` alloma ibn Sinoning dorivor o`simliklar haqidagi fikrlarini o`rganish», o`simliklarning ahamiyati va ularni asrash to`g`risidagi hikmatli hikoyalar va hadislarni o`rganish, xona o`simliklarini tasniflash, parvarish qilish va ko`paytirish, dorivor o`simliklarning biologik va ekologik xususiyatlarini o`rganish, O`zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan o`simliklar va h.q.1


Quyida «YOsh zoologlar» to`garagining namunaviy ish rejasi berilmoqda.Mazkur to`garakning namunaviy ish rejasini o`qituvchi o`z bilimi, pedagogik mahoratiga tayanib to`ldirishi va o`zgacha sayqal berishi, mahalliy sharoit va o`quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olib tegishli o`zgartirishlar kiritishi va amaliyotda qo`llashi mumkin. 8-sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladigan «YOsh fiziologlar» to`garagida hujayra va to`qimalardan mikropreparatlar tayyorlash, qonning tuzilishi va xossalari, yurakning tuzilishi va ishi, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining paydo bo`lishi va rivojlanishiga qo`shgan hissasi, salomatlikni asrash bo`yicha hikmatli hikoyalar va hadislarni o`rganish, «CHekmasdan – yoshlik gashtini sur», «O`zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi va istiqbollari» kabi mavzularda kechalar o`tkazishga tayyorgarlik masalalarini kiritish maqsadga muvofiq.
Quyida 9-sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladigan «YOsh biologlar» to`garagining namunaviy ish rejasi keltirilmoqda. Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg`ulotlar boshqa turdagi mashg`ulotlardan ko`p sondagi o`quvchilarning ishtirok etishi bilan farqlanadi. Ommaviy mashg`ulotlar o`zining ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyasi bilan o`quvchilarning jamoasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. SHu sababli biologiya o`qituvchisi ommaviy mashg`ulotlarni talab darajasida tashkil etilishiga e`tiborini qaratishi lozim.
Botanikani o`qitishda «Gullar bayrami», «Mehrjon bayrami», «O`simliklar so`zlaydi», «Biz ibn Sino vorislarimiz», zoologiyani o`qitishda «Qushlar bayrami», «Qanotli do`stlarimiz», «O`zbekiston baliqlari», «Hayvonot olamining eng kichik va eng katta vakillari», «Uy pashshasi va uning zarari», «Parazit chuvalchanglar», «Tinib tinchimas asalarilar», odam va uning salomatligini o`qitishda turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma`ruzalar, «O`tkir zehnlilar mushoirasi», viktorinalar o`tkazish, O`zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, umumiy biologiyani o`qitishda, «O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari», «O`zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari, kelajagi», «Allomalar nazmida ekologiya», «Orol dardi - olam dardi» mavzulari bo`yicha kechalar o`tkazish tavsiya etiladi.
Jumladan, «Allomalar nazmida ekologiya» mavzuidagi ommaviy kecha quyidagi reja asosida olib boriladi:
O`qituvchining kirish so`zi. U o`z so`zida ulug` allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Boburlarning boy ma`naviy meroslari, ularning jahon sivilizasiyasiga qo`shgan hissalarini qayd etib, o`quvchilarni ularning munosib vorislari bo`lishga undaydi va ularning asarlarida ekologik muammolarga katta e`tibor berilganligi, bugungi kecha ulug` allomalarning ekologik qarashlarini o`rganishga bag`ishlanishini ma`lum qiladi.
1. Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya.
2. Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari.
3. Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari.

4. Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi.


5. Mirzo Ulug`bekning dunyo sivilizasiyasiga qo`shgan hissasi.
6. Zahiriddin Muxammad Boburning ekologiya fanining rivojiga qo`shgan hissasi.

Kechada o`quvchilarning yuqorida kayd etilgan mavzular bo`yicha ma`ruzalari eshitiladi, adabiy-badiiy chiqishlari nazarda tutiladi.


Jumladan, «Orol dardi-olam dardi» mavzusidagi syujetli-rolli kechada syujet tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg`unlashtiriladi.
Mazkur kechada Orol – «ona», Amudaryo va Sirdaryo «ona»ning zanjirband «o`g`illari», yomg`ir, qor, shudring «ona»ning «qizlari» siymosini gavdalantiradi.
Orol - ya`ni, «ona» o`zining o`g`illari bo`lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mushtoq, o`z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she`riy dard bilan ifoda etadi. Izmi o`zida bo`lmagan zanjirband o`g`illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga eta olmaydi. Tabiat in`om etgan yomg`ir, qor va shudring ona huzurida bo`lsalar ham uning dardini engillata olmaydilar. Ona va farzand o`rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda etiladi.
O`qituvchi bu kechani o`tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
1. Orol muammolariga oid ma`lumotlarni to`plashi;
2. Dars ssenariysini o`quvchilar va adabiyot o`qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi;
3. Rollar va vazifalarni o`quvchilar o`rtasida taqsimlashi;
4. Muammoni hal etish yo`llarini belgilashi lozim.
Biologiya o`qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli kechani mazmunli o`tkazishi borasida hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga tegishli sahna ko`rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar to`plashi, ular asosida kecha ssenariysini tayyorlashi lozim.
«O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari», «O`zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari va kelajagi» mavzulardagi mavzuli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qo`shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani o`tkazish rejasini tuzishi va ma`ruzalar mavzusini tanlashi lozim. SHu bilan birga, kecha mavzusiga bog`liq holda olimlarning chop etgan ilmiy ishlari, o`quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko`rgazmasi, mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan rivojiga qo`shgan hissalari haqida ma`ruzalar tayyorlanishiga e`tiborni qaratishi zarur.
Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg`ulotlar biologiyani o`qitish samaradorligini oshirish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, o`quv va amaliy mehnat ko`nimalarini rivojlantirish, o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik prinsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, biologiya o`qitishning samaradorligi dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni uzviy ravishda, ular o`rtasidagi mantiqiy bog`lanishlarni e`tiborga olgan holda tashkil etilishiga bog`liq bo`ladi.
XULOSA
Ushbu Kurs ishini bajaraish jarayonida biz quyidagi xulosalarga keldik:
- Maktablarda yo`lga qo`yilgan tizim shunisi bilan foydaliki, faqat unda to`garak a`zolarigina emas, mashg`ulot o`tayotgan to`garak rahbari ham o`zining kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi kerak;
- Botanikaga oid to’garakni tashkil etishda rahbar geologiya, zoologiya va boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi va shu bilan birga o’zi ham o’sha tabiiyot fanlariga qimmatli materiallar beradi.
- To’garaklarda ekskursiya tashkil etish uchun avvalo, o’qituvchi ekskursiya o’tkazish joyshga tanlashi, o’quvchilarni texnik xavfsizligini hisobga olish, o’rganiladigan ob’ektlarni etarli bo’lishi kabi zaruriy tayyorgarlik ko’rish shartligi metodik jihatdan zarur.
- O’quvchilarga berilayotgan to’garak darslarida qanchalik ko’rgazmali, didaktik va metodik jihatlari to’liq o’rganilgan bo’lsa, bu darslar o’quvchilar ongiga chuqur singib boradi.
17



Download 382,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish