Ajratish va konsentrlash usullarining mezoni
Ajratish va konsentrlash usullarini tanlash mezoni quyidagilarga asoslanadi. 1) Mikro- va makrokomponentlarning qanchalik aniq va yaxshi ajratilishiga.
2) Ajratib olish darajasi va konsentrlash koeffitsientlari qiymatlarining katta-kichikligiga (R va K katta bo‘lishi kerak).
3) Namuna tabiatiga (agregat holati, mikroelementlar soni, matritsa tabiati va boshqalar).
4) Bitta aniqlash uchun namunalar soniga. 5) Analizning tejamliligiga.
6) Usulning oddiyligi va bajarilishining osonligiga, analitikning malakasiga.
7) Ajratish va konsentrash usulining keyingi miqdoriy aniqlash bilan uyg‘unlashuviga (aniqligi va sezgirligi bo‘yicha bir-biri bilan solishtirimliligiga). Bunda bir elementli aniqlash bo‘lsa, u holda individual konsentrlash usuli qo‘llaniladi, ko‘p elementli aniqlashda esa guruhli konsentrlash usuli qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |