2. Ekstraksion – fotometrik usulda organik fazaga ekstraksiya tufayli o‘tgan modda rangli bo‘lsa, u shu rangning intensivligi asosida aniqlanadi. Agar ekstrakt rangsiz bo‘lsa, uni rangli ko‘rinishga o‘tkazish uchun fotometrik reaktiv qo‘shiladi. 3. Ekstraksion – atom-absorbsion usulda ekstrakt alangaga purkaladi, alangada tekshiriladigan moddaning atomlari hosil bo‘lib, aniqlash atomlarning yutishi asosida o‘tkaziladi.
4. Ekstraksion – neytron-aktivatsion usulda ekstraktda bo‘lgan element neytronlar dastasi bilan nurlantirilib, hosil bo‘lgan radioaktiv nurlanishning intensivligi o‘lchanadi.
5. Ekstraksion – spektral usulda ekstrakt alangaga purkaladi yoki qo‘zg‘atish manbasiga o‘rnatilib, undagi elementning spektri o‘rganiladi.
6. Ektraksion – polyarografik usulda ekstrakt elektrolitik bo‘g‘inga joylanib, uning tarkibidagi moddaning polyarogrammasi tushiriladi va tushirilgan polyarogramma o‘rganiladi.
Ekstraksiyalanuvchi moddalarning turlari
2 4 3
3 2 2 3 4 2 4
4 4 6
Ekstraksiyalanuvchi moddalar turli xil bo‘lib, ular o‘z kimyoviy tuzulishi, hosil bo‘lish, organik qavatga o‘tish mexanizmlari bilan farqlanadi. Ayrim ektraksiyalanuvchi moddalar oldin suvda hosil bo‘lsa, ayrimlari ekstraksiya jarayonida hosil bo‘ladi. Suvda hosil bo‘luvchi guruhiga kovalent bog‘lanishli oddiy moddalar kiradi. Ikkinchi tur moddalarga xelatlar (bir necha halqali ichki kompleks birikmalar) kiradi. Bulardan tashqari elektroneytral, oson salvatlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ion assotsiatlari ham yaxshi ekstraksiyalanadi. Salvatlanish energiyasi qanchalik katta bo‘lib, gidratlanish energiyasi qancha kichik bo‘lsa, ekstraksiyalanish shuncha to‘liq bo‘ladi. Erituvchilarning solvatlar hosil qilish qobiliyati vodorod bog‘lanish hosil qilishi bilan bog‘liq. Masalan kovalent bog‘lanishli oddiy birikmalar: J , GeCl , SbCl , AsCl , HgCl , HgJ va boshqalar benzolda, HCl, HBr, HJ, HNO , HClO , H SO singari kislotalar, spirtlar, ketonlar va efirlarda, HFeCl , HZnJ , HSbCl singari kompleks (birikmalar) kislotalarkislorodli erituvchilar bilan dietil efirda yaxshi ekstraksiyalanadi.
Odatda, ekstarksiya uchun suv bilan aralashmaydigan yoki kam aralashadigan erituvchilar tanlanadi. Ular ajratilgan moddalar bilan muayyan barqarorlikka ega bo‘lgan birikmalar – solvatlar hosil qiladi. Solvatlar hosil bo‘lishi ekstraksiya jarayonini yengillashtiradi va moddaning organik qavatga to‘laroq o‘tishini ta’minlaydi. Erituvchining zichligi amaliy ahamiyatga ega. Ekstraksiya uchun suvdan og‘ir erituvchilar qulayroq bo‘lib, ular suvning tagida bo‘ladi, ekstraksiyani takrorlaganda ham ular afzal, bundan tashqari ular bug‘lanmaydi. Bu zaharlanish va yong‘inning oldini oladi. Ekstraksiya faqat suvdan organik erituvchi qavatiga emas, balki organik erituvchi qavatidan suv qavatiga o‘tkazish uchun ham ishlatiladi. Masalan, karbon kislotalarni fenol va uning hosilalari aralshmasidan suv fazasiga o‘tkazib ajratish mumkin. Buning uchun natriy gidrokarbonatning suyultirilgan suvli eritmasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |