Reja: Chegara ruxsat etilgan me’yor (rem) tushunchasi



Download 27,79 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi27,79 Kb.
#829109
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Chegara ruxsat etilgan me’yor (REM)
Reja:

  1. Chegara ruxsat etilgan me’yor (REM) tushunchasi.


Moddalarning bunday me’yorlari sanitariya-gigiyena mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va ruxsat etiladigan miqdor (REM) deyiladi.


Ruxsat etiladigan miqdor (REM) – moddalarning atrof tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi qismlarida muayyan vaqt davomida inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan va insonning geofondiga nomaqbo‘l ta’siri bo‘lmaydigan meyorlaridir. Keyingi paytlarda REM ni aniqlashda moddalarning nafaqat inson salomatligiga, balki ularning yovoyi hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizm va shuningdek, butun biosenozga ta;sir darajasi ham e’tiborga olinmoqda. Ammo REMning har bir modda uchun shu moddaning muhitdagi tabiiy miqdori mezon qilib olinishi lozimligi to‘g’risidagi fikrlar bildirilmoqda.
Moddalarning inson salomatligi va mehnat faoliyatiga, o‘simliklar va hayvonot dunyosiga va shuningdek, iqlim sharoitlariga nomaqbo‘l ta’sir ko‘rsatish darajasi REM deb qaralmaydi. Shu sababli atmosferadagi har bir kimyoviy modda uchun REM ni ishlab chiqish havoning ifloslanib ketmasligining garovi hisoblanadi va REMni amalda tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi paytda atmosfera uchun 600dan ortiqroq kimyoviy moddaning REM ishlab chiqilgan .
Havo tarkibida, yuqorida aytib o‘tilganidek, suv bug’lari (1-3%), juda kam miqdorda oltingugurt ikki oksidi, formal’degid, yod, osh tuzi, ammiak, uglerod oksidi,metan va ma’lum miqdorda chang zarrachalari bo‘ladi.
Ifloslovci moddalarning inson va hayotning boshqa shakllariga ta’sir ko‘rsatish darajasi jiddiyligiga ko‘ra oddiy ta’sirlanishdan to o‘limgacha o‘zgaradi.Ammo ayrim ekstremal havo ifloslanishi e’tiborga olinmasa, o‘lim hodisasi havo sifatining yomonlashuvi bilan bevosita bog’liq bo‘lmaydi.Havoning ifloslanishi - ekologik tanglik (stress)lardan biri bo‘lib, u boshqa ekologik tangliklar bilan birgalikda turli kasalliklarning, jumladan o‘pka saratoni, enfizema, sil, pnevmoniya,bronxit, astma kabi kasalliklarning ehtimoliyligi xavfini oshiradi.
Keyingi yillarda saraton (rak) kasalligining umumjahon miqyosida keng tarqalayotganligi tufayli atmosferaga tushadigan kanserogen (lotincha kaneer-saraton, rak) moddalarning REMini ishlab chiqish muhim muammoga aylandi, chunki bumoddalarning REMini bilish atmosferani muhofaza qilishda , uning sifatini yaxshilashda va rakka qarshi profilaktik (yunoncha profilaktikos-saqlovchi, ehtiyot qiluvchi) tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlarini beradi.
Atmosferani muhofaza qilish va atrof muhit sifatining buzilishini oldini olishda keyingi yillarning gigiyenik (yunoncha higiyennos-shifobaxsh,salomatlik keltiruvci) amaliyotda ruxsat etilgan darajadagi chiqindiko‘rsatkichi keng qo‘llanilmoqda. Bu ko‘rsatkich umumiy REM ning hosilasi bo‘lganligi sababli uni ishlab chiqishda atmoaferaga chiqariladigan moddalarning REMi hisobga olinadi. Ruxsat etilgan darajadagi chiqindi miqdorini ishlab chiqishda har bir sanoat korxonasi o‘zi uchun ruxsat etiladigan darajadagi chiqindi miqdorini atmosferada zararli moddalarningREM ini ta’minlash maqsadida ishlab chiqadi.
Hozirgi paytda karbonat angidrid gazi ham, bog’lanmagan suv bug’I ham atmosferani izloslaydigan moddalarga kirmaydi. Karbonat angidrid gazi zaharli emas, hatto ayrim mutaxassislarning fikricha nafas olish uchun zarur bo‘lgan gazdir. Bu gaz turmushda (gazlashtirilgan suv, “quruq muz” va boshqalarni tayyorlashda ) keng qo‘llaniladi.
Ozon gazi faol gaz bo‘lib, insonga noxush ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Ammo troposferaning quyi qatlamlarida ozon miqdori katta emas.Ozonningkatta miqdori yirik shaharlar ustida avtotransportning serqatnovligiga bog’liqholda avtomobillar chiqaradigan gazlarning fotokimyoviy (yunoncha fos-(fotos)-nur) o‘zgarishi natijasida vujudga keladi.
Is (uglerod oksidi) gazi va oltingugurt gazi atmosferani ifloslovchi asosiy gazlardir.Atmosferaga tushadigan is gazining 2/3 qismi (350 mln.t ga yaqini) insonning xo‘jalik faoliyati (turli boshqatransport vositalarida yonilg’ining yonishi, yoqilg’ining yoqilishi, sun’iy gaz olish, ko‘mir qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya sanoati va b.sh ) tufayli kechadi.
Is gazining va uning fotokimyoviy o‘zgarishlarining mahsulotlari atmosferada juda kuchli zaharli moddalarni hosil qiladi.Tabiy sharoitlarda is gazining havodagi miqdori 0,1-0,2m.n.q.ni tashkil etadi.Bu gazning miqdori 100m.n.q.bo‘lganda odamlarda lohaslik, bosh aylanishi va og’rishi kuzatiladi,1000m.n.q.bo‘lganda esa o‘limga olib keladi.Shaharlarda is gaziningmiqdori 1 dan 140 m.n.q.gacha bo‘lishi mumkin. London shahrining transport tunnellarida is gazining miqdori 295m.n.q. gacha bo‘lganligi qayd etilgan.
Is gazi organizmga kirib olgach, kislorodni qondagi gemoglobin (yun. hayma qon; lot. globus shar) bilan bo‘lgan birikmalaridan siqib chiqaradi va karboksigemoglabin hosil qiladi.Bundan tashqari , quyosh nurlari ta’siri ostida ayrim uglevodorodlar azot oksidi bilan reaksiyaga kirishadi va qattiq hamda suyuq zarrachalar bilan bir qatorda is gaziga nisbatan ham zaharliroq bo‘lgan ozonidli (O3) gazlarni hosil qiladi.Uglevodorodlarning isiqlik parchalanishiningmahsulotlari konserogenlikxususiyatlariga ega.
Ular sintez (yun. sinthesis qo‘shilish, birikish, tuzish) natijasida ko‘bop siklli hidli uglevodorodlarni hosil qiladi. Kanserogen uglevodorodlar, shuningdek, qurum va toshko‘mirni chala yonishida hosil bo‘ladigan boshqa moddalarida ham bo‘ladi.
Oltingugurt gazi xam zaxarli bo‘lib,inson va xayvonlarning salomatligiga va xatto xayti uchun xam xavfli ,usimliklarga esa zarar yetkazadi . Oltingugurt gazi uchun atmasferadagi RYeMi bir martalik ta‘siri uchun 0,05 mg\m(0,17m.n.q.),urtacha bir kun uchun esa 0,05mg/m (0,017m.n.q)belgilangan. Oltingugurt gazi 8-12mnk miqdorda bo‘lganda nafas yullarining ta‘sirlanishiga olib keladi va yutal chiqadi.Xatto kam miqdorda oltingugurt gazi bilan uzoq vaqt davomida nafas olish surunkali branxit,emfizema ,upkaning yallig‘lanishi va boshqa kasalliklarga sabab bo‘ladi.Oltingugurtgazining miqdori 400-500mg/m3 (85-105m.n.q) bo‘lgan havo bilan nafas olish hayot uchun xavfli zaxarlanishga olib keladi.
Nafas yullari kasalliklari (bronxit, enfizema, astma) shuningdek, azot bug‘lari, NSl,HN03, H2S04, H2S, fosfor va uning birikmalarining ta‘siri bilan ham bog‘liq.
Havodagi aerozol zarrachalarga kam miqdordagi oltingugurt gazi aralashganda xam (meteorologik sharoitlarga bog‘liq xolda) inson salomatligi uchun uta xavfli ekologik vaziyat vujudga keladi. Sanoat korxonalari kup bo‘lgan shaxarlar ustiga harorat inversiyasi tufayli zaxarli moddalar kup bo‘lgan tumanlar xosil bo‘ladi. Bunday tumanlar smoglar (inglizcha smouk-tutun, fog-tuman) deb nom olgan. Smoglarni London va Los-anjeles tiplarini ajratadilar. 
1952 yilning 5-9 dekarida Londonni qoplab olgan zaxarli smog natijasida 4ming kishini ajal uz komiga tortgan,10 000 ga yaqin kishini kasallagan. London smogining tarkibidagi oltingugurt gazining miqdori 5-10mg/m3 bo‘lgan (0,17-0,34 m.n.q).
Los-Anjeles tipidagi smoglar fotokimyoviy smoglar deb xam nom olgan. Fotokimyoviy smoglar London tipidagi smolardagiga nisbatan ifloslovchi moddalar miqdori karoq bo‘lgan sharoitlarda vujudga keladi va quruq tuman (havosining nisbiy namligi 70 % ga yaqin) yoppasiga qoplab olmaydi hamda qalin tutun kurinishida bo‘ladi. Fotokimyoviy smog paytida yoqimsiz xid taraladi, uy xayvonlari (asosan itlar va parrandalar) xalok bo‘ladi,smog madaniy ekinlarga, mevali daraxtlarga ,manzara yaratuvchi daraxtlarga zararli ta‘sir kursatadi.Fotokiyoviy smog odamlarga kuz,tomoq va burun shilliq pardalari kasalliklarini quzg‘aydi ,astma,upka va boshqa xar xil surunkali kasalliklarni kuchaytiradi.
Download 27,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish