Mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar
Reja:
Buyuk Geografik kashfiyotlarning boshlanish davri
Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanish davrida Geografiya fanining rivojlanishi
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida olimlar tomonidan bajarilgan ishlar
Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb - XV asrning o’rtasi yoki oxiridan XVII - asr o’rtalarigacha bo’lgan davrlar aytiladi. Buyuk deb atalishga loyiq geografik kashfiyotlar har doim ham bo’lgan, lekin hyech qaysi davr Buyuk geografik kashfiyotlar davridagidek dunyo taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatadigan kashfiyotlarga boy bo’lmagan.
Ushbu davrga qadar yevropaliklarga Yevropa, Osiyo va Afrikaning bir qismigina ma’lum edi. Sharqdan kelayotgan turli savdogarlarning ma’lumotlariga suyanib Xitoy, Hindiston va Yaponiya haqida dunyodagi eng boy hududlar sifatida tasavvur hosil bo’lgan edi. Bu mamlakatlardan olib kelinayotgan mollar, ayniqsa ziravorlar Yevropada juda qimmat turar, yevropaliklarning oltin va kumushlari kamlik qilib qolgan edi. Shuning uchun ham o’rta asrlarda har qanday metallni oltinga aylantirishni va’da qiluvchi alximiya fani rivojlanib ketdi. Yevropaliklar Sharqning boy o’lkalariga yetib borishga urinardi, ammo XV- asrda Usmoniylar imperiyasi quruqlik yo’lini to’sib qo’ygan edi.
Buyuk geografik kashfiyotlar jahon taraqqiyotiga benihoya katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Kashfiyotlar jahon savdo yo’llarini butunlay o’zgartirib yubordi. Endi savdo yo’llari O’rta Yer dengizi bo’ylab emas, balki okeanlar orqali o’tadigan bo’ldi. Yangi ochilgan yerlar bilan savdo aloqalari – jahon savdosini vujudga keltirdi. Geografik sayohatlar kashf etilgan “Yangi dunyo” bilan “Eski dunyo” madaniy o’choqlari orasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatilishiga imkoniyat yaratildi.
Buyuk geografik kashfiyotlar yevropaliklarning dunyo haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, bilimlarini oshirdi. O’zga qit’alar va xalqlar to’g’risidagi ko’plab afsonalar, noo’rin fikrlar chilparchin bo’ldi. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi Yevropada sanoat va savdoning yuksalishiga, moliya sohasida bank va kredit ishlarida yangicha uslublar yaratilishiga imkon berdi.
Geografik kashfiyotlar va mustamlakala yerlarni bosib olish Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarishning o’sishiga yordam berdi. Lekin, bu ishlar Amerika, Osiyo va Afrika xalqlarining asrlar davomidagi qulligi, tahqirlanishi, og’ir mehnatlari evaziga bo’ldi. Ular Yevropada yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yaratilishiga xizmat qildilar.
Ispanlar va portugallar buyuk geografik kashfiyotlarning yo’lboshchilari bo’ldilar. Masalan, Portugaliya XIII-XV-asrlar davomida Shimoliy Afrikada arablar bilan urushlarni davom ettirib yaxshigina dengiz flotini tuzishga erishdi, O’rta Yer dengizidan Shimoliy va Boltiq dengizlariga boradigan muhim savdo yo’li Portugaliya qirg’oqlari yaqinidan o’tganligi sababli Portugaliya portlariga turli mamlakatlardan kemalar kelib turardi. Dengiz kemalarida xizmat qilish va baliq ovlash sohil bo’yida yashovchi ko’pchilik aholining asosiy mashg’uloti edi. Keyinchalik ulardan dovyurak va tajribali dengizchilar ham yetishib chiqdi.
Kashfiyotlarning birinchi davrasida, shahzoda Genrix Dengizchining (1418- 1460-yillar) iste’dodi, tashkilotchiligi tufayli nafaqat savdogarlar, balki dvoryanlar ham ishtirok etishdi. Natijada XV - asrning 20-30 - yilaridayoq portugaliyaliklar Madeyra, Kanar va Azor orollarini kashf qilishdi. Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab janubga siljib, portugal dengizchilari Boxador burnini chetlab o’tib, 1434 - yili Gvineya qirg’oqlariga, Yashil Burun orollariga va 1462 - yili Serra-Leonega yetib bordilar.
Portugallar o’zlari olib borishgan turli rangli matolar, shisha, marjonlar, kichkina oynachalar kabi mayda-chuyda buyumlarga mahalliy aholidan oltin aralashgan qum va fil suyaklarini almashtirib olardilar. Keyinchalik boshlangan qul savdosining markazi ham xuddi shu yerda bo’lgan. Kartalarda saqlanib qolgan Qullar qirg’og’i, Oltin qirg’oq, Fil Suyagi qirg’og’i kabi rasmiy nomlar bejiz paydo bo’lmagan.
Portugallarning Bartalomeo Diash boshchiligidagi ekspedisiyasi 1486-yili Afrikaning janubiy nuqtasini aylanib o’tib, Hind okeaniga chiqdi. Lekin uzoq davom etgan og’ir yo’l mashaqqatlaridan toliqqan dengizchilar safarni davom ettirishdan bosh tortdilar. Afrika qit’asining eng janubiy nuqtasini, portugallar
Hindistonga boradigan yo’lni yaqin orada ochilishini umid qilib Yaxshi Umid burni deb atadilar.
Amerika tub aholisi, hindularning ajdodlari qit’aga bundan 46-48 ming yil avval Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo’g’ozi orqali ko’chib o’tishgan. Faqat X1X asrdan boshlab Amerika xalqlari tarixini o’rganish ilmiy asosda yo’lga qo’yildi. Tadqiqotchilar hindularning ajoyib olami, qadimiy davlatlari va o’ziga xos madaniyati borasida yangi kashfiyotlar qildilar.
Amerika qit’asida turli tillar oilasiga tegishli xalqlar yashagan. Ular xo’jalikning turli sohalari bilan shug’ullanib kelishgan. Ko’p qabilalar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Shu bilan birga Shimoliy Amerikaning janubiy qismida, Markaziy va Janubiy Amerikaning tog’oldi vodiylari hamda bir-biriga yaqin bo’lgan katta-kichik vohalarda yaxshi rivojlangan dehqonchilik xo’jaliklari ham bo’lgan. Bu joylarda kechua. mayya, astek, olmek, toltek xalqlari dehqonchilik qilishgan. Ular toshboltalar bilan o’rmon kesib, daraxtlarni yoqib kuli bilan yerni o’g’itlaganlar. Amerika qishloq xo’jaligida Yevropada ma’lum bo’lmagan: makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki yetishtirilgan.
Qit’ada qo’lga o’rgatilgan hayvonlar juda kam bo’lgan. Ma’lumki ot, sigir, qo’y kabi uy hayvonlari Amerikaga yevropaliklar tomonidan keltirilgan. Amerikada xonakilashtirilgan hayvonlar, shimolda it, janubda tuyasimon lama, kurka va o’rdaklar bo’lgan, xolos. Hindular boshqa qit’alar aholisiga qadimdan tanish bo’lgan temir eritishni bilmaganlar. Shu sababli ularda temir asbob- uskunalar, omoch, g’ildirak, turli o’tochar qurollar bo’lmagan. Hindular ish qurollarini yog’och, tosh va jezlardan yasashgan. Aholining ko’pchiligi ibtidoiy jamoa tuzumi darajasida yashaganlar. Aytish kerakki, shu bilan birga mayya, astek va inklarda ilk davlatlar paydo bo’lgan edi, ularning xo’jaligi, madaniyati taraqqiyoti boshqa elat va qabilalardan ancha ustun turgan.
Masalan, Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, hozirgi Meksika hududida mayya xalqlari yashagan. Ular barpo etgan mayya davlatida yer jamoalarga qaragan, jamoa esa o’z tarkibidagi har bir oilaga o’rmondan tozalangan
yer maydonini berib jamoa a’zolari yetishtirgan hosilning bir qismini hukmron aslzodalar va kohinlarga soliq sifatida berganlar. Xo’jalikda, shuningdek, urushlarda olingan asirlar, qarzlari tufayli qulikka tushgan kishilar ham ishlagan, Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga kelgan. Bu shaharlarda "buyuk kishilar" hukmdorlik qilganlar. Mayyalarda hokimjyat nasldan- naslga o’tardi. Hukmdor aholidan tushgan soliqlar evaziga davlat ishlarini yuritgan.
Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, oddiy xalq esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yopilgan, pastqam, uylarda yashaganlar. Milodning boshlarida mayyalarda yozuv paydo bo’lgandi. Ibodatxonalarda kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni (suratii yozuv) yozib turli diniy kitoblar yaratganlar. Mayya xalqlari hayotida kohinlarning roli ayniqsa katta bo’lgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini olib borish muddatlarini belgilab berishgan. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun kalendar- taqvim zarur bo’lgan va mayyalar qadimgi xalqlar ichida eng aniq taqvimlardan birini yaratgan. Mamlakat poytaxti - Chichen-Isadagi rasadxonada kohinlar sayyoralarnirig Quyosh atrofida aylanish vaqtini hisoblab chiqqanlar. Mayya astronomlari Quyosh va Oyning tutilishlarini oldindan aniqlaganlar. Me’morchilikda ham mayyalar o’lkan muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ular baland poydevorlarda va sun’iy tepaliklarda zinali ehromlar (piramidalar) shaklda qasr va ibodatxonalar qurishgan. Saroy va qasrlarni -bo’rtma suratlar, ma’budalarning haykallari, freskalar - devordagi rasmlar bilan bezashgan. Mayyalar shaharlari ko’chalari tekis va ravon hamda tosh yotqizilgan bo’lgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrining eng buyuk kashfiyoti shubhasiz Amerikaning kashf etilishidir. Bu ishni amalga oshirgan odam Xristofor Kolumb 1451 yilda Genuyada tug’ilgan. Portugaliya qirg’oqlarida kema halokatidan omon qolgan Kolumb Portugaliyada qolib, dengizchilik ilmini o’rganadi. G’arb tomonga suzib Osiyo qirg’oqlariga yetib borish fikri shu yerda tug’iladi.
1485 yilda bu fikrni u qirolga taqdim etadi va rad javobini oladi. Shundan so’ng u Ispaniyaga borib o’z g’oyasini amalga oshirish uchun 7 yil ruxsat kutadi. Nihoyat qirol uni qabul qilib, u bilan shartnoma tuzadi. Shartnomaga ko’ra agar muvaffaqiyat qozonilsa, X.Kolumb yangi ochilgan yerlarning hukmdori, vise-qirol va admiral unvonini olishi, barcha daromadlarning 1/10 ga egalik qilishi, ekspedisiya xarajatlarining 1/8 qismini va savdo xarajatlarining ham 1/8 qismini to’lashi kerak bo’lar edi.
1492 yil 3 avgustda 2 ta karavella “Pint’ya” va “Nin’ya” hamda flagman “Santa-Mariya” og’ir kemalari Palos portidan yo’lga chiqdi va 3 kundan so’ng Kanar orollaridan o’tib ochiq okeanga chiqdi. Ta’kidlash lozimki, ekspedisiyaning muvaffaqiyatiga deyarli hyech kim ishonmagan, kemalar ekipajini to’plash ham juda qiyin kechgan. X. Kolumb bu ekspedisiyada Toskanellining dunyo kartasini asos qilib olgan. Uningcha, qisqa muddatda Yapon orollariga yetib borilishi va janubga suzib Xitoy qirg’oqlari bo’ylab, Marko Poloning marshrutini takrorlagan holda Hindistonga yetib borilishi kerak bo’lgan.
Umuman X. Kolumbning birinchi suzishi omadli deb hisoblanadi. Yo’lovchi shamol 2 hafta davomida esib turgan, 16 sentyabrda ko’plab suv o’tlariga duch kelganlar va bu yana umid bag’ishlagan. Lekin bu Sargass dengizining boshlanishi bo’lib quruqlikka hali bor edi. Ekipaj orqaga qaytishni talab qila boshlagan. 7- oktyabrda suv qushlariga duch kelgan Kolumb dengizchilarni yana quruqlik yaqinligiga ishontiradi va qushlarga ergashib kemalarni janubi-g’arbga buradi.
Bu ham omadli fikr edi, chunki avvalgi yo’nalishda ular Gol’fstrim oqimiga tushib qolgan bo’lar edilar. Nihoyat 1492 yil 12 oktyabrda quruqlik ko’rindi. Bu Bagam orollari edi. Osiyoning sharqiy qirg’oqlariga yetganiga shubha qilmagan Kolumb janub tomonga Yaponiyani izla suzib ketdi. Kuba, Gaiti va yana bir qancha orollarni kashf etdi. Gaiti orolini Espan’ol deb atab, ispan koloniyasini barpo qildi. 1493 yilda Ispaniyaga qaytib kelgan Kolumbga Dengiz-okeanlar admirali degan unvon berildi va to’xtovsiz ikkinchi ekspedisiyaga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Bu gal ishchilar, ruhoniylar, dehqonlar ham olib ketilishi kerak edi.
1493 yil 11 oktyabrda 17 ta kema yo’lga chiqdi. Bu safar marshrut janubroqdan olindi va Antil orollariga yetib kelindi. Kolumb katta yerni izlab Karib havzasidagi orollarni kashf qildi va ispan koloniyasiga qo’shib oldi. 1496 yilda Ispaniyaga qaytgan Kolumb oldiga aniq vazifa oltin va ziravorlar topish qo’yildi. U uchinchi ekspedisiyasi davrida Trinidad va Tobago orollari kashf qilindi.
Ammo oltin va ziravor topilmaganligi uchun Kolumb hibsga olinib, Ispaniyaga jo’natildi. 1500 yilning oxirida oqlandi va 1502 yilda 4-ekspedisiyaga otlandi. Bu gal Markaziy Amerika qirg’oqlariga yetib borildi va 2 ming km. masofadagi qirg’oq chiziqlari aniqlandi. Lekin oltin kam topildi, ziravorlar esa umuman yo’q edi. X. Kolumbning safarlari juda katta ahamiyatga ega bo’lsada, ispan qirolligi uchun katta boylik olib kelmadi va Kolumb barcha unvonlaridan mahrum bo’lib, 1506 yilda qashshoqlikda vafot etdi.
Yangi qit’aning Amerigo Vespuchchi nomi bilan atalishini 1507 yilda nemis kosmografi Martin Val’dzemyuller “Kosmografiyaga kirish” asarida taklif etgan. Bu bilan u X. Kolumbning xizmatlarini yo’qqa chiqarmoqchi emas edi. Uning bu taklifi ital’yan savdogari Emerigo Vespuchchining maktublariga asoslangan va u Kolumbni haqiqatdan ham Osiyo qirg’oqlariga yetib borgan deb hisoblagan.
Vespuchchi esa o’z maktublarini 1497-98 yillar sanasi bilan belgilagan. Lekin u aslida 1502-1503 yillarda sayohat qilib, Janubiy Amerika materigining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab Rio-de Janeyrogacha suzib borgan va Osiyo haqidagi
tasavvurlar bilan solishtirib, bu hududlarning aslida yangi yerlar ekanligini e’tirof etgan va Yangi Dunyo deb atashni taklif etgan edi.
Olimlarning Yer shar shaklida bo’lishi haqidagi taxminlari XV - asrda dengiz sayyohlarning qiziqishini yanada oshirdi. Italiyalik olim, astronom Paolo Toskanelli bu g’oyadan kelib chiqib dunyo kartasini tuzdi. Kartada Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g’arbiy qirg’oqlarida tasvirlangan bo’lib, olimning fikricha, Yevropa qirg’oqlaridan doimo g’arbga suzib Hindistonga borish mumkin bo’ladi. Paolo Toskanelli yer ekvatori uzunligini xato tasavvur qilib, 12 ming kilometrga yanglashgan, Keyinchalik bu xato - buyuk kashfiyotlarga olib keldi.
- asrning oxirida Ispaniya ham yangi dengiz savdo yo’llarini izlashga harakat qildi. Ispaniya qiroli Ferdinand va qirolicha Izabellaga o’zining Toskanelli tasdiqlagan Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochishi loyihasini topshirgan Xristofor Kolumb (1451-1506-yillarda yashagan) Italiyaning Genuya shahrida to’quvchi oilasida tug’ilgan. Xristofor 15 yoshiga qadar yaxshigina ma’lumot olgan edi. Keyin oilaviy sharoiti tufayli dengizchilikka yollanib, kemalarda matrosdan kapitanga qadar bo’lgan lavozimlarda xizmat qildi.
Nihoyat, 1492-yili Ispaniya qiroli sayohatga ruxsat berdi. Palos portidan 1492-yil yozida Kolumb o’zining 90 kishilik komandasi bilan uchta “Ninyae, “Pinta” va “Santa-Mariya” nomli kemalarda dengizga chiqdi. Orqadan esayotgan shamol kemalarni g’arb tomonga tez haydab borardi, Kunlar ketidan kunlar, haftalar ketidan haftalar o’tdi, lekin yer hamon ko’rinmasdi. Saragossa dengiziga yetganda suv o’tlari yerning yaqinligi xayolini tug’dirdi. Passat shamollari yo’nalishidagi kemalar ildam oldinga suzardi. Yana bir necha kun o’tgandan keyin dengizchilarda qo’rquv paydo bo’ldi. Oradan ikki oy o’tgandan so’ng dengizchilar talabi bilan kemalar janubi-g’arbga tomon yo’l oldi. Nihoyat, 1492-yil 12-oktyabr kuni kechasi kemalardan binning machtasi ustidan matrosriing “Yer!, “Yer!” deya baqirgan ovozi eshitildi,
Ertasiga kemalar kichik bir orol yoniga kelib to’xtadi. Kolumb qirg’oqqa Ispaniya bayrog’ini tikib, orolni qirol mulki deb e’lon qildi. Ekspedisiya a’zolari bu yerdan oltin izlab janub tomonga yo’l oldilar va Kuba hamda Gaiti orollarini
kashf qildilar. Gaiti qirg’oqlarida o’zining eng katta kemasidan ayrilgan Kolumb dengizchilarning bir qismini yangi qurilgan Navidad fortida qoldirib, o’zi Ispaniyaga qaytdi.
Keyingi yillarda Kolumb g’arbga yana 3 marta sayohat qildi. U Karib dengizidagi ko’plab orollarni kashf qildi. Lekin omad unga kulib boqmadi, u o’zi izlagan Hindistonning oltin boyliklarini topa olmadi, Yangi qit’a kashf qilinganini Kolumb umrining oxiriga qadar bilmagan. O’zi kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerlar aholisini “hindular” (“indeyeslar”) deb atadi. Shu sababdan Amerikaning ko’plab tillarda gaplashadigan, turli nomdagi xalqlari va qabilalarini adabiyotlarda “indeyeslar” deb atash rasm bo’lib ketdi.
Kolumbdan keyin 1498-yili g’arbda sayohatda bo’lgan Amerigo Vespuchchi Kolumb kashf qilgan yerlarning “yangi qit’a” ekanligi haqidagi fikrlarini o’z do’sti nemis kosmografi Valdzemyullerga yozib yuborgan. Nemis olimining taklifi bilan yangi qit’a Amerika deb atala boshlandi. Xristofor Kolumbning nomi Kolumbiya davlatiga, Amerika Qo’shma Shtatlari okruglaridan biriga, ko’plab shaharlarga, universitetga, tog’, daryo va hatto fazoni tadqiq etish loyihalaridan biriga qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |