BUYUK BRITANIYA
REJA:
Buyuk Britaniya haqida
Buyuk Britaniyaning asosiy diqqatga sazovor joylari
Buyuk Britaniyaning eng go`zal joylari
Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 63.23 mln [1] kishi (2012-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi[2]
Meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-asrlar); gotika (12—15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa meʼmorlar) kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar.
Tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]
7— 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar.
18-asr birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi.
19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-asr oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi.
19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan.
Musiqasi
B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. B. B. polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-asrlarda paydo boʻldi. Bular J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur kompozitorlari boʻlishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-asrda B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.
19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967-yilda ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir.
B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-asr oxiri — 17-asr boshi B. B. teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. 19-asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-asrning 30—40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissyorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904-yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti.
B. B.da teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.
B. B. sirki 18-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. B. B.da yezda koʻchma sirklar ishlaydi.
Kinosn. B. B.da kino ishlab chiqarish 1896-yildan boshlandi. 1929-yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi B. B. va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rejissyor A. Askvit, „39 qadam“, rejissyor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rejissyor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissyor R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rejissyor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissyor L. Olivye, „Oliver Tvist“, rejissyor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissyor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissyor L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining mashhur artistlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |