To’rtinchi bosqich 2016- yildan boshlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofi q, tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili – davlat dasturi»da tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |