KIMYO FAKULTETI HAQIDA
Universitetda kimyoviy fanlar sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishi, kimyo laboratoriyasi barpo etilgan vaqt - 1928 yildan boshlanadi.
1933 yilda universitetda kimyo fakulteti tashkil qilinadi. Ikki yil o‘tgandan keyin unda kimyo ilmiy tekshirish instituti ish boshlaydi.
Uning laboratoriyalarida kimyo fanining muhim bo‘limlari: noorganik, organik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo fanlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi.
Fakultet jamoasi ham katta va turli-tuman o‘quv, ta’lim-tarbiya ishlarini xuddi shu maqsadda olib borishga intilmoqda. Samarqandlik kimyogar-olimlar mustaqillik ruhiga mos g‘ayrat bilan ishlab yangi-yangi ixtisosliklar bo‘yicha etuk kimyogar mutaxassislar tayyorlash uchun tinmay izlanmoqdalar.
Xozirgi kunda Kimyo fakultetida beshta kafedra “Analitik kimyo”, “Organik sintez va bioorganik kimyo” “Noorganik kimyo va materialshunoslik” va “Fizikaviy va kolloid kimyo” va “Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya” kafedralari faoliyat olib bordi.
Fakultetda “5140500-Kimyo”, “5320400-Kimyoviy texnologiya” va “5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar kimyosi” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, “5A140501-Kimyo” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar hamda 4 ta ixtisoslik bo’yicha doktorantlar tayyorlanmoqda.
Fakultetda mavjud kafedralarda 8 ta fan doktori, professorlar, 29 ta fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko’rsatmoqda, ilmiy salohiyat 73,3 % ga teng.
Fakultetda analitik kimyo, anorganik kimyo, fizikaviy kimyo va organik kimyo ilmiy maktablari mavjud bo’lib, bu maktablar asoschilari va ularning izdoshlari tomonidan biokimyoviy, fiziologik, genetik jihatdan tahlil qilish, ulardan oqilona foydalanish uslublarini amaliyotga tadbiq etish, atrof-muhitni muhofaza qilish, mineral o’g’itlar, o’simliklar kimyosi, suyuqliklar xromatografiyasi, turli organik moddalar sintezi, noorganik gazlarni uzluksiz avtomatik usulda aniqlash yo’nalishidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Fakultetda ilmiy daraja beruvchi PhD.28.02.2018.k.02.05 raqamli ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda. Unda 02.00.02 – Analitik kimyo va 02.00.04 – Fizik kimyo shifrlari bo‘yicha mutaxassislar ilmiy ishlarini ximoya qilmoqdalar.
Fakultet qoshida eng zamonaviy xorijiy laboratoriya asboblari bilan jihozlangan o’quv laboratoriyalari mavjud.
Mustaqillik yillarida fakultetda tahsil olgan talabalardan 2 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari (N.I.Fayzullaev, A.P.Ishanqulov) va 10 dan ortiq fan olimpiadalari g’oliblari bo’ldilar.
Fakultetda «Beruniy» nomidagi Davlat mukofoti laureatlari, «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi» (prof.A.Nasimov). «Mehnat-shuhrati» ordeni sohibi (prof.E.Abdurahmanov), Oliy attestatsiya komissiyasining Kimyo-farmatsevtika fanlari bo‘yicha eksperti (prof.N.Q.Muxammadiev) va Possiya tabiiy fanlar akademiyasining muhbir a’zosi (prof.S.D.Aranbayev) faoliyat ko’rsat-moqdalar.
Bundan tashqari fakultetda Nobel mukofoti savrundori Aziz Sanjar, Moskva davlat universiteti professori Ferapontov Nikolay Borosovich, Qozon ilmiy tadqiqot texnologiyalari universiteti professori Galyametdinov Yuriy Gennadievich,
lar fakultet talabalariga dars berishmoqdalar.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SH. RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
КИМЁ ФАКУЛЬТЕТИ
Самарқанд – 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |