Mazkur tamoyil bolaning yoshini, alohida xususiyatlarini hisobga olinishini, tekshiruv chog’ida hayrihoxlik sharoitini yaratilishini nazarda tutadi. Ayniqsa murakkab tuzilishidagi defektli bolalar, ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda alohida yondashuv muhim rol o’ynaydi. Individual yondashuv bolaning xujjatlarini oldindan o’rganib chiqish, ilk yoshdagi harakatlar va nutqiy rivojlanish xarakterini, boshdan kechirgan kasalliklarini, oilada tarbiyalash sharoitlarini, bola bilan muloqotda bo’lish xarakterini bilib olishni nazarda tutadi. - Mazkur tamoyil bolaning yoshini, alohida xususiyatlarini hisobga olinishini, tekshiruv chog’ida hayrihoxlik sharoitini yaratilishini nazarda tutadi. Ayniqsa murakkab tuzilishidagi defektli bolalar, ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda alohida yondashuv muhim rol o’ynaydi. Individual yondashuv bolaning xujjatlarini oldindan o’rganib chiqish, ilk yoshdagi harakatlar va nutqiy rivojlanish xarakterini, boshdan kechirgan kasalliklarini, oilada tarbiyalash sharoitlarini, bola bilan muloqotda bo’lish xarakterini bilib olishni nazarda tutadi.
- Aksariyat hollarda tekshiruv jarayonida, ayniqsa boshlanishida bola bezovtalanishi, qo’rqib qolishi, shuning uchun u muloqotdan, topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin. Bunday hollarda topshiriqlar ketma-ketligini o’zgartirib, avval bolalar qiziqishini uyg’otadigan o’yin vazifalarini berib, keyin esa eshituv holatini tekshirish mumkin bo’ladi. Ayrim hollarda, bola topshiriqlarni bajarishdan bosh tortsa, ota-onalarni jalb qilish, unga yordam ko’rsatish, mustaqil harakatlarini rag’batlantirib turish nazarda tutiladi.
Tekshiruv davomida topshiriqlarni bajarish natijalari bilan birga, topshiriqqa bolaning qiziqishi, mustaqilligi, ko’rsatilgan yordamdan foydalanishi, tekshiruv davomidagi ta’lim olishga moyilligi kabi ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Shuningdek, natijalarni baholashda topshiriqlarni bajarish usullari, bu usullarning bola yoshiga mosligini hisobga olish zarur. Ayniqsa topshiriqlarni bajarish usullari bolaning psixik rivojlanishini baholashda muhim mezon bo’ladi. Psixolog-pedagogik tekshiruv jarayonida bola imkoniyatlarinig yuqori darajasi, ya’ni kattalar yordamida bajara oladigan ishlari aniqlanadi. Bu bolaning «yaqin rivojlanish zonasi» ni, bolaning salohiyatini belgilab, ta’lim-tarbiya jarayonida ularni hisobga olishga yordam beradi. - Tekshiruv davomida topshiriqlarni bajarish natijalari bilan birga, topshiriqqa bolaning qiziqishi, mustaqilligi, ko’rsatilgan yordamdan foydalanishi, tekshiruv davomidagi ta’lim olishga moyilligi kabi ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Shuningdek, natijalarni baholashda topshiriqlarni bajarish usullari, bu usullarning bola yoshiga mosligini hisobga olish zarur. Ayniqsa topshiriqlarni bajarish usullari bolaning psixik rivojlanishini baholashda muhim mezon bo’ladi. Psixolog-pedagogik tekshiruv jarayonida bola imkoniyatlarinig yuqori darajasi, ya’ni kattalar yordamida bajara oladigan ishlari aniqlanadi. Bu bolaning «yaqin rivojlanish zonasi» ni, bolaning salohiyatini belgilab, ta’lim-tarbiya jarayonida ularni hisobga olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |