Blokcheyn texnologiyalari mohiyati.
Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish sohalarini tasavvur ham qila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham ushbu o’quv qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli sohalarda ishlatilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan foydalangan xolda nimadir qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin. Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p mablag sarf qilmasdan turib, kam miqdordagi mijozlar bilan ham startap (yangi loyiha)larni qo‘rqmasdan boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham, maxsulot ham, tendensiya ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u bir necha qismlardan iborat bo‘lib, ularning ba’zilari birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir-biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar. Xuddi shuning uchun ham, ya’ni, modullilik tufayli blokcheyn texnologiyasi juda ko‘p yo‘nalishlarda va sohalarda ishlatilishi mumkin. Umuman aytganda, blokcheyn texnologiyasining rivojlanishi juda katta novatorlik potensialiga ega. Xuddi internet iqtisodiyoti singari, blokcheyn texnologiyasi ham yangi turdagi iqtisod yaratadi va xuddi shuning uchun ham biz ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlarini nazardan qochirishimiz kerak emas. Kriptotexnologik raqamli iqtisodiyot siyosiy nuqtai-nazardan ham, raqamli arxitektura nuqtai-nazaridan ham, markazlashmagan ishonchga asoslangan iqtisodiyot bo‘ladi. Blokcheyn barchaga bir xildagi imkon berib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini qandaydir ma’noda tenglashtiradi. Avval boshdanoq internetning asosiy vazifasi ma’lumotlarni tarqatish va uning almashinuvini ta’minlash bo‘lsa, blokcheynning funksiyasi qandaydir qiymatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishdir. Shunday qilib, blokcheyn, perspektiv hamda kelajak innovatsion texnologiyasidir. Masalan, 2015 yil oktyabr oyida The Economist jurnalida «Blokcheyn, trast mexanizmi» deb nomlangan maqola chiqqanda internet va ijtimoiy saytlar ushbu ma’lumotni tezkorlik bilan jahon bo‘ylab innovatsion yangilik sifatida tarqatdilar. Chunki ungacha hech kim blokcheyn xaqida biror bir ma’lumotga ega emas edi. Iqtisodiyot bo‘yicha katta obruga ega bo‘lgan jurnalning old sahifasida blokcheynni maqtab, reklama qilinishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, albatta. TheEconomistning ta’kidlashicha, blokcheyn ishonch xosil qilishga imkon beruvchi texnologiya bo‘lib, bitkoin asosida turuvchi ushbu ishonch mexanizmi hozirgi zamon iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatish mexanizmini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Xuddi o‘sha 2015 yilning oktyabridan boshlab, ommaviy axborot vositalari tomonidan blokcheyn mavzusi bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlar kamaymadi, balki borgan sari ko‘payib, blokcheyn texnologiyalari, raqamli valyutalar va boshqa taqsimlangan reestrlarga asoslangan ko‘plab miqdordagi loyihalar vujudga keldi. Shunday qilib, birgina obruli jurnalda nashr qilingan maqola tufayli blokcheyn, bitkoin, kriptovalyuta va taqsimlangan konsensus bo‘yicha ko‘plab qizg’in muhokamalar boshlandi va jahon bo‘ylab yangi texnologiyaning inqilobiy yurishi boshlandi. Shuni ham tushunish lozimki, blokcheyn – jamiyat va iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy texnik yangilik sifatida ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir. Ishonch mavjud bo‘lgani uchun ommaviy axborot vositalariga bosim ancha kamayadi, ko‘pchilik korxona va tashkilotlar blokcheyn texnologiyalari bilan ta’minlanadilar, blokcheyndan foydalanadigan loyihalar soni esa ko‘payadi, investorlar buni tushungan xolda o‘z kuch-g’ayratlarini bunday texnologiyalarni rivojlantirishga qaratadilar. Natijada biz ham blokcheyn texnologiyalari tufayli dunyoga ishonch nuqtai-nazaridan qaray boshlaymiz va bizga blokcheyn texnologiyalari ozodlik va ishonch bahsh etadi.Bu atamaning ma’nosini tushunish uchun quyida uning turli xildagi nuqtai-nazar va yondoshuvlardan kelib chiqqan aniqlanuvlarini beramiz, bu uni yanada to‘liqroq tushunishga imkon beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |