Mustaqil ishi
MAVZU: Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi .Xulosa chiqarishning tuzilishi
Reja:
- Bevosita xulosa chiqarish
- Deduktiv xulosa chiqarish
- Induktiv xulosa chiqarish
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.
Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukmdan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mantikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xul osa kelib chiqadi. Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning — Xulosa chiqarishning turli usullari mavjud.
Asoslarining soniga koʻra, bevosita va bavosita Xulosa chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga koʻra, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga boʻlinadi. Xulosa chiqarishni fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra turlarga ajratish nisbatan mukammalroq boʻlib, u Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham maʼlumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb, induktiv Xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy Xulosa chiqarish deb karalishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa chiqarishning bir turi sifatida oʻrganilishi mumkin. Xulosa chiqarish nazariyasining yaratilishi va uni rivojlantirishda Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, F. Bekon, M.I.Karinskiy, L.V.Rutkovskiy va boshqa mantiqshunos olimlarning xizmati katta.
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi, tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi. Deduksiya (lot. deductio — xulosa chiqarish) — mantsh qoidalariga koʻra xulosa chiqarish. Dastlab formal man-tikda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish D. deb atalgan. Mas, "Barcha metallar elektr utkazuvchandir (umumiy) va "Mis — metall" degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yul b-n "Mis elektr utkazuvchandir" degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi.
Induksiyanmng karama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda "D." atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boetsiy (480— 524) ishlatganligini taʼkidlaydilar. Biroq, bu taʼlimot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning "Birinchi analitika" asarida tahlil qilingan. Keyinchalik D. tushunchasini R. Dekart, G. Leybnits kabi faylasuflar rivojlantirdilar. Oʻrta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, Gʻazoliy, Ibn Rushd tomonidan D.ga alohida eʼtibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantigʻiga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chikdilar. Xulosa chiqarishning yangi usullarini yaratdilar. Hozirgi zamon fanida "D." termini keng maʼnoda qoʻllanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan xukm qaqiqiy va D. qonunlariga rioya qilingan boʻlsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy boʻladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Ehtimoliy xulosa chiqarish ba’zan induksiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish shaklida sodir bo’ladi.Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |