Boshqa muhim koʻrsatkichlar
Egilishga chidamlilik.
Sovuqqa chidamliligi — „F“ lotin harfida va 50-1000 raqamlar bilan ifodalanadi, yaʼni betonga chidamli muzlatuvchi eritish davrlarini bildiradi.
Suvga chidamlilik „V“ lotin harfidan va 2 dan 20 gacha boʻlgan raqamlar bilan ifodalanadi, bu markaning namunaviy tsilindri tomonidan saqlanadigan suv bosimini bildiradi.
Sovuqqa chidamliligi va suv oʻtkazuvchanligi uchun betonning sinovdan oʻtkazilishi iqlimli xonalarni qoʻllaydi.
Sement sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. S. havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. S. qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. S.ning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va mine-rallashgan suvlarga turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan S.ning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan S. gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) S. klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu S. portlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi.
Betoning mustaxkamligi uchun asosan ishlatiladigan ashyolar sifatiga tarkibining samarali usulda xisoblangan va g`ovakliliga bog`liqdir. Sementning mustaxkamligi uning markasi Rs orqali to`ldirgichlar sifati koefitsenti, g`ovakligini esa qotishmalarning suv sement S/S nisbati orqali ifodalanadi.
Beton tarkibidagi erkin suv xisobiga uning g`ovakligi kopayadi natijada mustaxkamligi kamayadi. Betoning mustaxkamligi kop jixatdan sement/suv nisbatiga bog`liq ekan.
Zich betoning mustaxkamligi g`ovakligi F quyidagi formula bilan aniqlanadi:
F=C-Cqb*C/S*100%/1000
Bunda:
Suv va sement 1 m3 betonga keladigan suv va sement miqdori Cqb betondagi kimyoviy birikmalari.
Beton mustaxkamligiga suv-sement nisbatining tasiri. Ko`pgina olimlar tomonidan batafsil o`rganilgan beton qorishmasida S/Sement miqdori ortrsa uning mustaxkamligi kamayadi. Buni birinchi bo`lib proffesorlar U.G.Molyuga va N.M.Belyayev lar amalda aniqlashdi. Sementni suv bilan qorishtirgandan keyin avvalo meneral yelim xosil bo`ladi va u asta sekin quyuqlashadi.
Quyiqlashish va qotish jarayonida suvning malum miqdorigina sement ogirligining 19-23% sement bilan kimyoviy birikadi.Qolgan qismi erkin xolatda birmay suv yoki bug` sifatida g`ovaklarda qoladi. Vaqt o`tishi bilan erkin suvlar bo`g`lanib betonda bo`sh g`ovaklar xosil qiladi. Natijada betoning mustaxkamligi kamayadi.
Foydalangan adabiyotlar:
Qurilish ashyolari- E.Qosimov
Taqrizchi: Q.Ruziyev- Texnika fanlar doktori va professor.
Z. Saidov- Texnika fanlari doctor va professor.
Do'stlaringiz bilan baham: |