Reja: Begona o‘tlar



Download 0,7 Mb.
bet2/3
Sana05.12.2022
Hajmi0,7 Mb.
#879337
1   2   3
Bog'liq
Begona o

Begona oʻtlar, begona oʻsimliklar — odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida oʻsib, ularga zarar yetkazadigan, maʼlum bir maydonda oʻsishi maqsadga muvofiq boʻlmagan oʻsimliklar. Begona oʻtlar madaniy oʻsimliklar hosilini kamaytirib, qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Jahon miqyosida Begona oʻtlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, Oʻzbekistonda paxta va boshqa ekinlar hosilining 15 — 20% ni tashkil etadi. Begona oʻtlar kuchli rivojlangan ildiz sistemasi bilan madaniy oʻsimliklarga nisbatan tuproqdagi oziq modda va namlikdan koʻproqfoydalanadi, ularnnng rivojlanishi hamda yuqori hosil toʻplashiga toʻsqinlik qiladi. Mas. yaxshi rivojlangan bir tup gʻumay tuproqda 3-4 m2-maydonni egʻallashi mumkin. Parazit Begona oʻtlar (zarpechak, shumgʻiya) oʻta xavfli boʻlib, oziq moddalarni bevosita madaniy oʻsimlikning oʻzidan soʻradi va ularni nobud qiladi.
Begona oʻtlarning bir necha ming turi maʼlum. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilik hududida 269 ga yaqin turi uchraydi, jumladan, bir yillik Begona oʻtlardan qorakurmak, itqoʻnoq, shoʻra, olabuta, ituzum, semizoʻt, eshakshoʻra hamda koʻp yilliklardan gʻumay, ajriq, qoʻypechak, salomalaykum va boshqa ekinlarga zarar yetkazadi. Hayot tarzi va yer osti vegetativ organlarining tuzilishiga koʻra bir, ikki va koʻp yillik Begona oʻtlarga boʻlinadi. Bir yillik Begona oʻtlar hayotida bir martagina msva, urugʻ berib, ularning rivojlanishi bir yoki ikki vegetatsion mav-sum davom etadi, xolos. Ularning ildi-zi yerning yuza qatlamlaridagina rivojlanadi. Koʻpchiligi urugʻ yordamida koʻpayadi (faqat zarpechak bundan mustasno). Bu guruhga 3 tipdagi Begona oʻtlar kiradi. Efemerlar — umri yozgi qurgʻoqchilik boshlanishi bilan tugaydigan, tez va qisqa rivojlanish sikliga ega boʻlgan bir yillik Begona oʻtlar Bularning kuzgi va bahorgi formalari (yovvoyi bugʻdoyiq. yaltirbosh va boshqalar) mavjud. Efemerlar, asosan lalmikor ekinzorlarda tarqalgan. Uzoq oʻsish sikl iga ega biryillik Begona oʻtlar efemerlardan farq qilib, rivojlanish sikli uzoqroq davom etadi va odatda, kuzda tugaydi. Baʼzi turlari (bahorgi formalar) rivojlanishi erta bahorda, kunlar isishi bilan boshlanadi (mas, zarpechak, tuyaqorin va boshqalar)- Birok koʻpchilik turlari kuzgi formaga mansub. Ikki yillik Begona oʻtlar hayotining birinchi yilida toʻpbarg hosil qilib, shu holda qishlaydi. Ikkinchi yili esa poyasi rivojlanadi, meva tugadi va nobud boʻladi (mas, koʻztikan, shaytonkelmas, moxobel va boshqalar)- Ularni yoʻqotish uchui koʻp kuch va mablagʻ sarflanadi. Koʻp yillik Begona oʻtlar hayotidabir necha marta gullab, urugʻlaydi. Ular yer osti organlari bilan ham koʻpaya oladi. Yer osti organlarining tuzilishi va koʻrinishiga qarab koʻp yillik Begona oʻtlarni bir necha tiplarga boʻlish mumkin. Oʻq ildizli Begona oʻtlar asosiy ildiz va undan chiqadigan koʻplab mayda ildizchalar hamda ildiz tukchalariga ega (mas, zubturum, sachratqi va boshqalar). Bu oʻsimliklar vegetativ yoʻl bilan koʻpaymaydi. Popukildizli Begona oʻtlarning mayda ildizlari kuchli rivojlangan boʻladi (zubturum). I l dizbachkililarning ildizi juda rivojlangan boʻlib, yerga chuqur oʻsib kiradi, ularning ildiz kurtaklaridan rivojlanadi gan bachkilari bor. Bachkilar baʼzi oʻsimliklarning asosiy ildizida, ayrimlarining butun ildiz tizimi boʻylab (boʻztikan) yoki maxsus koʻpayish ildizlarida (yantoq, oqbosh, jinchak va boshqalar) hosil boʻladi. Bunday Begona oʻtlar oʻta yashovchanligi bilan boshqalaridan f arqqiladi. Ildizpoya-l i Begona oʻtlarning gorizontal sudralib oʻsuvchi, yerga uncha chuqur kirmagan yer osti poya — ildizpoyasi bor: bular baʼzilarida kalta (gʻumay), ayrimlarida esa uzun (ajriq, bugʻdoyiq). Namlangan tuproqqa tushgan ildizpoya boʻlaklari tez va oson oʻsish xususiyatigaega. Ildizmevali Begona oʻtlariing yer osti piyozi yoki tuganaklari boʻladi (yovvoyi piyoz, lola va boshqalar). Asosan, urugʻ bilan, shuningdek tuganak yoki piyoz yordamida koʻpayadi. Chimsimon ildizli Begona oʻtlar popuk ildizli boʻlib, bularning yer ustki organlari yil sayin oʻsib, chim hosil qiladi. Bunday Begona oʻtlar vegetativ koʻpayish xususiyatiga ega emas (savagʻich va boshqalar). B.
Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilik hududlarida koʻp uchraydiganbegona oʻtlar oʻ.ning yana boshqa tasniflari ham mavjud.
Begona oʻtlarga qarshi kurashda mexanik, agrotexnik va kimyoviy usullaridan foydalaniladi. Samarali kurash olib borish uchun ularning hayot tarzi, ayniq-sa, koʻpgnna Begona oʻtlar qoʻshimcha koʻpayish organi boʻlgan ildiz tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Qarshi kurashda qoʻllaniladigan barcha choratadbirlar maʼlum daladagi Begona oʻtlar biologiyasini tahlil qilishdan kelib chiqishi kerak. Har bir dala uchun unda oʻsayotgan Begona oʻtlarga xos qarshi kurash choralari tizimi ishlab chiqiladi. Tanlangan usulda agrotexnik va kimyoviy choralar, shuningdek urugʻlik materiallarning tozaligi hamda karantin tadbirlar eʼtiborga olinadi.
Muhim agrotexnik tadbirlardan biri yerni 30-40 sm chuqurlikda koʻsh yarusli pluglar bilan haydashdir. Yerni chuqur agʻdarish Begona oʻtlar urugʻi va ildizpoya boʻlaklarini chuqurga koʻmib, unib chiqishiga yoʻl koʻymaydi. Daladagi Begona oʻtlarni kamaytirish uchun tuproqni agʻdargichsiz osma va tirkama pluglar yordamida yumshatiladi, ildizpoyalar (qamish, gʻumay, ajriq va boshqalar) esa chizel yoki kultivatorlar, shuningdek tishli boronalar bilan taroklanadi va yigʻishtirib olinib, yoʻqotiladi. Erta bahorda Begona oʻtlar maysaii boronalash bilan yoʻqotiladi. Ekinlar vegetatsiyasi davrida esa Begona oʻtlar oʻtoq qilinadi. Bir, ikki va koʻp yillik Begona oʻtlarga qarshi kimyoviy kurash usulida tanlab taʼsir qiluvchi gerbitsidlarlan foydalaniladi. Paxta dalalaridagi bir yillik Begona oʻtlarga va koʻp yillik Begona oʻtlarning maysasiga qarshi bahorda goʻza maysalari paydo boʻlgunga qadar treflan va prometrin preparatlari tavsiya qilinadi. Shoʻrlangan va yengil qumli tuproqpa esa kotoforagm foydalansa boʻladi (baʼzi Begona oʻtlarga qarshi kurash choralari haqida b egona oʻt toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga Q.).

Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).
Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin
Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suvhavo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilmaYer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).
Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish

Tuproq profilidagi gorizontlaT. qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina emas, balki bir T. tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq qismini mineral moddalar tashkil qiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T. massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T. gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli T.ning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. T.ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda T.ning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T. tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqdori deyarli teng.


T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.
T .ning solishtirma massasi maʼlum hajmli T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T. mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan T. zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va boshqa xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.
T.ning tirik tarkibiy qismi tuproq mikroorganizmlari (qarang Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.
Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T. qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. T.ning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan (yana qarang Tuproq tasnifiTu proqunumdorligi).
kunandaga qarshi qoilash maqsadida Vatanimizga Isroildan olib kelib, issiqxonalarda ko‘paytirishgan. Keyinchalik bu parazitlar Toshkent viloyati issiqxonalariga va Xorazm viloyati paxtazorlariga tarqatilgan. Hozirgi kunda yuqorida eslatilgan parazitlarning ahamiyati benihoya katta. 1989-yilda oqqanot va boshqa so‘mvchi zararkunandalar sonini boshqarish maqsadida X.X. Kimsanboyev va M .l. Rashidovlar Ukrainadan yirtqich qandala makrolofusni olib kelishgan va bu tabiiy kushanda hozirgi kunda ToshDAU atrofidagi qishloq xo‘jalik ekinlarida rivojlanib, so‘ruvchi zararkunandalarga qiron keltirmoqda. Begona o‘tlarga qarshi fitofaglarni qo‘llash borasida ham respublikam izda boy tajriba to ‘plangan. 1968-yilda Sam arqandda (Bronshteyn, 1968, 1970) sabzovot ekinlari va kungaboqar paraziti - shumg‘iyaga qarshi fitomiza pashshasini qo'llash bo‘yicha keng tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Respublikamizda qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usulning rivojlanishi tarixida 1973, 1976, 1979, 1980-yillarda hukumat qabui qilgan qarorlar muhim ahamiyat kasb etdi. Jum ladan, Toshkent «Mikond» zavodida trixogrammani ommaviy ko‘paytirish uchun 500 dan ortiq mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida ham hukumat tomonidan biologik usulga katta e’tibor qaratilmoqda. Qo‘shimcha ravishda bir necha o'nlab biolaboratoriyalar tashkil qilindi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Aksariyat biolaboratoriyalar xususiy mulkka aylandi. Paxtachilikda ko‘pchilik g‘o'za maydonlarining tabiiy barqarorligi tikla
Shu bilan birga kimyoviy preparatlarni qoilash cheklanib, ular 2000-yillari 0,5 mln. ga maydonda ishlatilgan bo'lsa, 2007-yilda paxtachilikda zararkunandalarga qarshi bu preparatlarni qo‘llash atigi 83,0 ming ga ni tashkil qildi. Yoki oltgan asrning 80-yillari har gektar yerga o 'rta hisobda 30-35 kg kimyoviy preparat sarflangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1990-yilda 6 -7 kg ni, 2000-yilga kelib esa 0,2—0,3 kg ni tashkil etdi. Respublikamizda o'simliklarni biologik himoya qilish sohasini o ‘rganishda V.V. Yaxonlov, A.N. Lujeskiy va boshqa olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Bu sohani rivojlantirishda XX asrning 19 70—80-yillaridan boshlab olim va mutaxassislarimizdan A.G. Davletshina, X.R. Mirzaliyeva, B.P. Adashkevich, S.N. Alimuxamedov, N.Eremyans, S.G. Bronshteyn, A.Sh. Xamrayev, Z.K. Odilov va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. 0 ‘simliklarni zararkunandalardan mikrobiologik himoya qilish yo‘nalishida esa E.T. Dikasova, E.N. Troitskaya, F.K. Rasulov va Sh.A.Sharafutdinovlaming xizmatlari ham benihoyadir. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, hozirgi davrda respublikamizda g‘o‘za, g‘alla va boshqa qishloq xo'jalik ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar hanida begona o'tlardan himoya qilish sohasiga katta e ’tibor berilm oqda. Jum ladan, 2000-yilning 31-avguslida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Qishloq xo‘jalik o ‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlardan himoya qilish» to ‘g‘risidagi 117-p sonli maxsus qonunni qabul qildi. Ushbu qonunning maqsadi Respublikada Qishloq xo'jalik o ‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o ‘tlardan himoya qilishni ta’minlash, o‘simliklarni himoya qilish vositalarining inson salomatligiga, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirining oldini olish bilan bog‘liq boigan munosabatlarini tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosan qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilishda biologik himoya asosi boigan, uyg'unlashtirilgan kurashni keng joriy etishga qaratilgan.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish