Reja: Bank faoliyatida marketingni tashkil qilishning umumiy ko’rinishi



Download 27,6 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2022
Hajmi27,6 Kb.
#506535
  1   2
Bog'liq
Bank marketingi va menejment

Mavzu: Tijorat banklarida


marketingni tashkil etish asoslari.
Reja:

1. Bank faoliyatida marketingni tashkil qilishning umumiy ko’rinishi.


2. Bank marketingining maqsad va vazifasi.
. Bank marketingining tarkibiy qismlari.
3. Bank marketingining tashkiliy tuzilishi.

Bank faoliyatida marketingni tashkil qilishning umumiy ko’rinishi.


Ma’lumki, marketing so‘zi inglizcha “market” so‘zidan olingan va o‘zbek tilida bozor ma’nosini anglatadi. Demak, bank marketingi – bu banklarning o‘z xizmatlari va mahsulotlarini realizatsiya qilish, xizmatlar va mahsulotlar bozoridagi strategiya va siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Tijorat banklarida marketing faoliyatini alohida tashkil qilinadigan bo‘limlar shug‘ullanadi.
Marketing - bu bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902-yilda AQShda paydo bo‘lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko‘pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing ("marketing") - "bozor bilan bog‘liq faoliyat" ma’nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir.
Marketing - ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.
Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo‘lgan emas. Bu - ishlab chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga menedjerlarning ko‘p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir.
Bank rahbariyatining bosh maqsadi ko‘proq mijozlar jalb qilish orqali o‘zining xizmat turlarini kengaytirish, bozorni egallash hamda olayotgan foydani ko‘paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank marketingini usullaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda marketing faoliyatining maqsadi va mazmuni moliyaviy bozordagi kuchli raqobat ta’sirida banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o‘zgardi.
Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, mijozlarni jalb qilish va rag‘batlantirish maqsadida o‘rganishgan xolos. Banklarda marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib, u tijorat banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi. Marketing strategiyasi, birinchi navbatda bankning o‘z maxsulotiga emas, balki mijozlarning aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun marketing bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to‘liq o‘rganish va ehtiyojlarining o‘zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi.
Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko‘plab iqtisodchilar tomonidan ushbu mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy tushunchalari ko‘plab kitoblarda keltirilib o‘tilgan. Jumladan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketing tamoyillaridan foydalanish borasida Rossiya iqtisodchilari tomonidan bir qator kitoblar nashr etilgan.
E.A.Utkin tomonidan yozilgan “Bankovskiy marketing” kitobida keltirilgan ma’lumotlar, ya’ni bank marketingiga berilgan ta’riflar, uning tamoyil va maqsadlarini boshqa mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarda ham ko‘rish mumkin. Ushbu kitobda bank marketingining nazariy asoslari yaxshi yoritilib berilgan. Bozor iktisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketingdan foydalanish, unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, ularning tahlillari va shu tahlillarga ko‘ra bankning bir qator qarorlar qabul qilish, bank faoliyatini rejalashtirish jarayoni, strategik va marketing rejalalari haqida ham tushunchalar berilgan. I.T.Balabanovning “Banki i bankovskoe delo” nomli kitobida bank marketingiga qisqacha to‘xtab o‘tilgan bo‘lib, unda bank marketingining nazariy tushunchalariga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari marketing tadqiqotlari o‘z ichiga oluvchi faoliyatlar haqida ham tushunchalar berilgan.
V.E.Cherkasov va L.A.Plotisinalar muallifligi ostida nashr etilgan “Bankovskie operasii: marketing, analiz, rascheti” kitobida bank xizmatlari bozori va uning tahlili to‘g‘risida tushunchalar berilgan. Xizmatlar bozorida aniq banklarga tegishli ulushlarni aniqlash va ularni tahlil etish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.
O.I.Lavrushin muallifligi ostida nashr etilgan “Upravlenie deyatelnostyu kommercheskogo banka” kitobida bank marketingi to‘g‘risida fikrlar yuritilgan. Lekin uning asosiy yunalishi faqatgina bankning ichki omillari bo‘lib qolgan. Ya’ni bank xizmatlari, bank tashkiliy tuzilmasi yoki xodimlar strategiyasi kabilar. Bank marketingi esa juda ko‘p faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Shu tarzda mijozlarning ehtiyojlari ma’lum bir mahsulotga bo‘lgan talabni qondirishga va sotib olishga bo‘lgan xohishiga qarab o‘lchanadi. Shunday qilib, bank marketingini yuqori daromadli bank xizmatlari bozorini izlash va foydalanish, mijozlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olib amalga oshirish uchun mo‘ljallangan faoliyat deb, ta’kidlashimiz mumkin.

Bank marketingining maqsad va vazifasi.


Bank marketingining ajralmas qismi bu uning maqsadi bilan ifodalanadi. Bank marketingining maqsadi uyidagi jadvalda keltirilgan:

Download 27,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish