Axloqshunoslik pedagogika fani bilan chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni
shakllantirish, tarbiyalash, ta‘lim berish jarayonlarini, pandnasihatlarsiz, odobnom darsliklarisiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Axloqshunoslik o’zining nazariy va amaliy jihatlari bilan pedagogikaningasosi hisoblanadi. Maorif tizimidagi ta‘lim-tarbiya ham axloqiy tarbiya sifatida namoyon bo’ladi.
Axloqshunoslik bilan dinshunoslik o’zaro aloqadorlikda bo’lib, har ikkalasi ham axloqiy mezon muammosini hal etishgaqaratiladi. Din ham ijtimoy ong shakllaridan biri bo’lib,umumjahoniy dinlar vujudga kelgunga qadar mavjud bo’lgan urf-odatlar va qadriyatlar, muayyan diniy
qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta‘sirini o’tkazgan. Qur‘oni Karim,
Hadisi Sharif, Ijmo‘ muayyan mezonlar va talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy
darajasining shaklanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi.Farqi, shundaki axloqshunoslik bu muammoga
zamonaviy tarbiya nuqtai-nazardan yondoshadi.
Qadimgi davrdanoq axloqshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu ikki fan ham kishilar hatti-harakati, fe‘l-atvori va mayl istaklarini o’rganadi.
Ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe‘l-atvor, sababiy asos (motiv) larning ruhiy
tabiati, shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq
etgan Hadislarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.
Axloqshunoslik sotsiologiya fani bilan aloqada bo’lib, bu ikkala fan ham inson faoliyatini
boshqarishning ijtimoiy tomoni – axloqni o’rganadi. Lekin, axloqshunoslik sotsiologiyaga
nisbatan keng tushunchadir. Sotsiologiya jamiyatdagi insonlarning ommaviy hatti – harakatlari va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan
chiqib, inson axloqining yuksak yutug’i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy, ham
axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli hatti - harakatlarni hamda ularning sababiy
asoslarini o’rganadi.
Axloqshunoslik siyosatshunoslik fani bilan chambarchas bog’liqdir. Siyosat, davlat ishlari
faoliyati bilan shug’ullanar ekan, davlat ishlaridagi har bir jarayonda axloq, odob, hulq e‘tiborga olinadi. Davlatda ichki va tashqi siyosat namoyon bo’ladi. Bu jarayon ziddiyatli o’tadi.
Siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo’ladi. Siyosatda faoliyat
ko’rsatadigan har bir jarayon, faoliyat odob orqali amalga oshishi kerak. Rahbarlik odobi,
partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi
maxsus sohalar ham siyosatshunoslik bilan chambarchas bog’liq.
Axloqshunoslik ekologiya fani bilan ham aloqadorlikda.Axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi,
o’zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini hal etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan munosabatini chetda qoldirib kelgan. Bugunda tabiatga bo’lgan insonning munosabati achinarli holdadir.
Tabiatning ekologik muvozanati buzildi. Ekologik bo’ron ekologik manzarani buzdi. Endilikda global (umumbashariy) muammolar ko’proq odamlarning ijtimoiy axloqiy nuqtai nazarlariga
bog’liq ekanligi ma‘lum bo’lib qoldi. Hozirgi kundagi ekologik muammolarni bartaraf etishda
axloq,muhim rol o`ynaydi.Insonlarning tabiatga bo’lgan munosabatidan ekologik axloqshunoslik
maydonga keldi.
Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasi bilan ham o’zaro aloqadorlikda bo’lib, uning ildizi qadimgi
tarixga borib taqaladi.Milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi,
axloqiy g’oyalar zamirida milliy mafkura g’oyalari yotadi.
Axloqshunoslik fani jamiyat a‘zolari va har bir fuqaroga milliy istiqlol g’oyasini singdirish
vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasini axloqiy anglash vositasida ro`yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |