Axborot ta`minoti - tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotlarni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo`yicha loyiha qarorlarining shuningdek, ma`lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.

Texnik ta`minot. Texnik ta`minot - axborot tizimlari ishi uchun mo`ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
Matematik ta`minot. Matematik ta`minot - axborot tizimlarida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi va modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta`minot - bu axborot tizimlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek, texnik vositalar kompleksining me`yorida ishlab turishi demakdir.
Dasturiy ta`minot - bu axborot tizimlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek, texnik vositalar kompleksining me`yorida ishlab turishi demakdir.
Uslubiy ta`minot va tashkiliy ta`minot - axborot tizimlarini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o`zaro ta`sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta`minot (sharoit) - ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to`plamidir. Maqsad - xodim ishining yuqori samaradorligini ta`minlash.
Huquqiy ta`minot - axborot tizimlarining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me`yorlar majmuidir.
Huquqiy ta`minot - axborot tizimlarining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me`yorlar majmuidir.
Lingivinistik ta`minot - axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta`minoti xodimlarining muloqat tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimlarida foydalaniladigan atamalar majmui kiradi.
Psixologik ta`minot - joriy qilinayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini foydalanuvchilar psixologik jihatdan qabul qilishi va unga asta-sekinlik bilan qo`nikishi hisoblanadi.
Axborot tizimlarining funksional qismi axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta`minlaydi.
AATning hayot siklidagi bosqichlar
loyiha oldi bosqichi
texnik loyihalashtirish
qo`llanma loyihalash-tirish
tadbiq etish
ekspluatatsiya
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma`lum bir ob`yektga bog`liq. Axborot tizimlarining ta`minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob`yektlar uchun bir xilda bo`ladi.
5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining rivojlanib borish tendensiyalari
Axborot tizimlari evolyutsiyasi axborotlarni qayta ishlashning texnik vositasi rivojlanishi mazmunini va axborot tizimlari qadr-qimmati bilan bog`liq.
1-bosqich (60-yillar oxirigacha) apparat vositalarining imkoniyatlari cheklangan sharoitda katta hajmdagi ma`lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan farqlanadi.
2-bosqich (70-yillar oxirigacha) IBM/360 seriyasidagi EHMning tarqali-shi bilan bog`liq. Dastur ta`minotining apparat vositalari rivojlanish darajasidan orqada qolishi - mazkur bosqich muammosi sanaladi.

3-bosqich (80-yillar boshlaridan). Bu davrda kompyuter professional foydalanuvchining quroliga, axborot tizimlari esa - uning qarorlarni qabul qilishini qo`llab-quvvatlash vositasiga aylandi.
4-bosqich (90-yillar boshlaridan) - tashkilotlararo aloqalar va axborot tizimlarining zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat. Mazkur bosqich biznesdagi strategik afzalliklarni tahlil qilish tushunchasi bilan bog`liq va telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlari hamda axborotlarni qayta taqsimlashga asoslangan edi.
Menejment tushunchasi tor ma`noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo`lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo`nalishini qanchalik to`g`ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog`liq bo`ladi.
Menejment keng ma`noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo`lib, tashkil etilmagan betartib ommani bir maqsadga yo`naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o`zgarishlarni rag`batlantiruvchi element hisoblanadi». Menejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o`z tanlagan yo`li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta`sir etuvchi kuch hisoblanadi.

Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog`lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o`rganish lozim.
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog`lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o`rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste`mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog`liq bo`lib, boshqarish maqsadlarini belgilaydi.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unum-dorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta`minlash va aholining kam ta`minlangan qatlamlarini qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.

Menejmentning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi.
7. Menejmentning o`ziga xos xususiyatlari va bosqichlari
Menejment ilmining yondashish sifatida o`ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
- ilmiy usulning qo`llanilishi;
- tizimli yondashish;
- modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat.
1. Kuzatuv.
2. Gipotezaning ifoda qilinishi.
3. Verifikatsiya.
1. Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv tarzda yig`ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o`rtasidagi bog`liqlik ko`rib chiqilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o`zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli hamma boshqa jihatlari, odatda, idora bo`linmalari mutaxassislari tomonidan o`tkaziladi).

2. Gipotezaning ifoda qilinishi. Gipotezani ifoda etayotib, tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar (alternativlar) - faoliyat (harakat) variantlari va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi, shuningdek, ushbu kuzatuvlar asosida ularni prognozlaydi.

Maqsad - muammoning tarkibiy qismlari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni o`rnatish. Masalan, kuzatuv oyi davomida ehtiyoj 10 foizga o`sganda zaxiralar kamayishni ko`rsatsa, rahbar zaxiralarning muayyan miqdorga o`sishi ularning bunday vaziyatda qisqarishi oldini oladi, degan gipotezaga asoslanadi.
3. Verifikatsiya. Verifikatsiyaning yoki gipotezaning to`g`riligini tasdiqlanishning uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipotezani qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning misolni davom ettirib, rahbar zaxiralar darajasini idora mutaxassisi taklif etgan miqdorga ko`paytirishi mumkin. Agar bunda zaxiralar kamaymasa yoki haddan ziyod ko`paymasa, gipotezani to`g`ri deb tan olish kerak. Agar ehtiyojning o`sishi bilan mahsulotlarning yetishmasligi paydo bo`lsa yoki zaxiralar shunchalar o`ssaki, ularni saqlash chiqimlari haddan ziyod bo`lib qolsa, unda gipotezani noto`g`ri deb tan olish kerak.

8. Menejmentning mazmuni va vazifalari.
Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejment texnika va texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o`rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, menejment tizimiga ta`sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o`zini tutish hollarini umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o`rganadi.
Menejmentning asosiy vazifalari quyidagilar:
Menejmentning asosiy vazifalari quyidagilar:
- menejmentning nazariy asoslarini o`rganish;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini o`rganish va amaliyotga tatbiq etish;
- menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;
- menejment tamoyillari, funksiyalari haqida tushuncha berish;
- menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish;
- rahbarlik faoliyati bo`yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida bilim berish;
- O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini o`rganish va tahlil qilish;
- xorijiy tajribalarni o`rganish, ulami taqqoslash asosida o`qitish, o`rgatish va b.
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo`yicha ma`lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig`indisi tushuniladi.
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo`yicha ma`lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig`indisi tushuniladi.
Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obyektning o`ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo`ladi:
- iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;
- uning hududiy tarkibini;
- ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.
Milliy xo`jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo`yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, tansport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga - savdo, moliya, moddiy-texnikaviy ta`minot, madaniyat, ta`lim sohalarini boshqarishni qamrab oladi.

Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang`ich bo`g`ini - korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi.

Menejment jarayonini bajariladigan vazifalar bo`yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: a) marketing; b) biznes-reja; d) tartibga solish; e) tashkil etish; j) rag`batlantirish; g) nazorat va hisob; h) undash; i) rejalashtirish.

9. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi.
10. Menejment jarayonini axborot bilan ta`minlash
Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta`sir etish uchun zarur ma`lumotlar yig`indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo`lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o`rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo`jalik faoliyati to`g`risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko`rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo`g`in bo`lib hisoblanadi. Unga qator o`ziga xos xususiyatlar mansub bo`lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo`g`inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog`liqdir.

Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko`rsatkichlariga bo`lgan talab ham ortib boradi.
Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to`plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko`rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat. Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob, moliya, ta`minot, kadrlar bo`yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar.

Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o`rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish jarayonidagi munosabatlarini aks ettiradi.
Kelib chiqish manbasiga bog`liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo`linadi.Kelib chiqish manbasiga bog`liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo`linadi.
Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo`ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo`g`inida shakllanib, iste`mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqidagi axborotlar kiritilishi mumkin.Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha yetadi, bu o`rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko`rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo`yicha quyidagi qator muammolami hal etish lozim bo`ladi:Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha yetadi, bu o`rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko`rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo`yicha quyidagi qator muammolami hal etish lozim bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |