Dinamik xarakteristika: sistemaning bir turg‟un holatidan kirish va chiqish kattaliklarining qiymatlari boshqa bo‟lgan ikkinchi holatga o‟tadi dinamik rejim yoki o‟tkinchi jarayon deyiladi.
Avtomatik elementlarning o‟tkinchi jarayondagi holati, o‟tish (переходная) xarakteristikalari bilan ifodalaniladi. O‟tish xarakteristikasi deb, kirish kattaligi sakrab (keskin) o‟zgarganda, chiqish kattaligining vaqtiga bog‟liqligiga y(t) aytiladi.
- rasm. Avtomatik elementlarining o‟tish xarakteristikalari.
O‟tish xarakteristikalari inertsiyasiz, inertsiyalik va tebranuvchan bo‟lishi mumkin.
Аvtоmаtika elementlarning xatoliklari
Avtomatik elementlari ishining aniqligi xatolik yordamida belgilanadi. Xatoliklar absolyut, nisbiy va keltirilgan bo‟lishi mumkin.
Еlementning absolyut xatoligi, kirish kattaligidagi ma‟lum qiymatidagi, chiqish kattaligidagi real qiymati bilan uning hisoblangan qiymati orasidagi farqiga aytiladi.
yp yx
Nisbiy xatolik absolyut xatolikning chiqish kattaligining hisoblangan qiymatiga nisbatiga aytiladi.
yx
yoki
yx
*100%
Keltirilgan xatolik, absolyut xatolikning chiqish kattaligi qiymati o‟zgarishi mumkin bo‟lgan diapazonga nisbatiga aytiladi.
Аvtоmаtikа elеmеntlаrining ishonchliligi
Avtomatik elementlarning ishonchliligi deb, ularning ekspluatatsiya jarayonida ishlash qobiliyatini saqlash xususiyati tushuniladi. Ishonchlilikka baho berishda, “buzilish” (“отказ”) tushunchasi ishlatilinadi.
Avtomatik elementining “buzilishi” deb, uning ishdan chiqish element funksiyalarini qoniqarsiz bajarishga olib keladigan parametirlarning o‟zgarishiga aytiladi.
Ishonchlilikni eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, nosozlik (buzilish) jadalligi hisoblanadi:
(t) (t) (t t)
o'r (t)t ,
bu erdagi N(t)–vaqtni t paytida ishga layoqatli elementlarning soni; N(t+t)–vaqtni (t+t) paytida ishga layoqatli elementlarning soni; No‟r(t) –t vaqtni ichida ishga layoqatli elementlarlarning o‟rtacha soni;
Nosozlik ishlikni jadalligi bo'yicha ishonchlikni ko'pgina asosiy ko'rsatkichlarini masalan, beshikast (nosozlik etmasdan) ishlash ehtimolligi va nosozlikgacha o'rtacha ishlashlik muddatini hisoblab topish mumkin.
Avtomatika elementlarining sifatini baholashda, ularning tezkor ishlashligi muhim ahamiyatga ega. Bunda ularning vaqt doimiysi, ulanish (ishga tushish) vaqti, uzilish (ajralish) vaqti va boshqa ko'rsatkichlari ham ko'rib chiqiladi.
Nazorat savollari
Аvtоmаtikа elеmеntlаrining аsоsiy xаrаktеriskаsi?
Elеmеntning statik xarakteristikasini tushuntiring?
Elеmеntning dinamik xarakteristikasini tushuntiring?
Аvtоmаtika elementlarning xatoligi deganda nimani tushunasiz?
Аvtоmаtikа elеmеntlаrining ishonchliligi deganda nimani tushunasiz?
Аvtоmаtika elementlarning xatoligi deganda nimani tushunasiz?
Аvtоmаtikа elеmеntlаrining ishonchliligi deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |