Auditorlik faoliyati samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo.
Mijoz – auditorlik firmasining munosabatlari bo’lib, auditorlik firmasi mijozni baholaydigan, keyin mijozni “maqbul” deb topsa, bitim (tuzilishi) yopilishi haqida kelishuv xati yuboriladigan “bir yoqlama harakatli bitta ko’cha” emas. Auditorlik xizmatlari bozori raqobatbardosh hisoblanadi va boshqa har qanday biznes kabi har qanday auditorlik firmasi auditda huquqiy munosabatda bo’lishini xohlovchi o’ta kerakli mijozlar ham bor. Garchi, hamisha shunday bo’lmasa ham, auditorlik firmalariulardan ko’plab mijozlarni, ayniqsa, yirik mijozlarning takliflarini tayyorlaydi va taqdim etadi. Shuningdek, auditorlik mijozga nisbatan munosabatlarini tushunish auditorlar agar etika va kasbi talablari (mustaqillik, vakolatlik va boshqa) belgilangan majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish mumkinligini ko’rib chiqish imkonini beradi.
Agar mijoz yangi bo’lsa auditor avvalgi auditor bilan maslahatlashish va oldindan axborot qidiruvini kengaytirish lozim. Auditorlar nazoratdagi mijozlar haqidagi o’z axborotlarni 3 ta asosiy manbadan oladilar: ularning mijozlar bilan tajribalari umum olish mumkin bo’lgan axborotlar va mijozning o’zidan mustaqil ravishda axborotlarni baholash uchun foydalaniladigan metodlar jamoatchilik ma’lumotlari bazasining qidirishdan variatsiyalanadi. Mijozning shtatlari va boshqaruvini muhokama qilish boshqaruv nazoratining ichki vositalari va extimoliya risklarni baholashda muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, qonunchilikda auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli AFMS asosida amalga oshirilishi majburiy etib belgilangan bo’lsada, biroq, amaliyotda esa auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-qoidalarga tekshiruvlar jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir tekshiruvning umumiy rejasi va dasturi turlicha yondashuvlar asosidagi mazmun va shakllarda tayyorlanib kelinmoqda. Bu esa, tekshiruv muddatini uzayishiga, tekshiruvlar jarayonida qatnashuvchi har bir auditor yoki yordamchi auditorning o’z vazifasini aniq belgilab berilmaganligi sababli, ular tomonidan yo’l qo’yiladigan xato yoki kamchiliklarni ko’payishiga va tekshiruv jarayonini ma’lum ketma-ketliksiz yoki tartibsiz ravishda amalga oshirilishiga olib keladi.
Auditorlik nazoratining bosqichlari O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq auditorlik faoliyatining milliy standartlarida belgilangan majburiy talablarga asosan o’tkazilishi belgilangan. Jumladan, auditni rejalashtirish bosqichi O’zbekiston Respublikasi 1999 yil 10 noyabrda Adliya Vazirligi tomonidan 837-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan 3-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti(keyingi o’rinlarda AFMS) hamda «Auditni rejalashtirish» nomli 300-sonli xalqaro audit standartiga muvofiq amalga oshiriladi. «Auditni rejalashtirish» nomli 3-AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim.
Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ular: