Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblashish usuli asosiy vositalarning har hisobot yil bajargan ishining hiobigas asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har sh qiymatini hisoblashish uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ni chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblashish usuli obyektlardan foydalanish muddati, ularning to‘zilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur akti ning xo‘jalik faoliyati hajmi yilma-yil o‘zgargan hollarda qo‘llaniladi.
Jadallashtirilgan (tezkor) usullar.Koldiqli kamayish hamda kumulyativ usul tezkor usullar bo‘lib hisoblanadi. Tezkor usullar mohiyati shundaki, asosiy vositalarga foydalana boshlaganda hisoblangan amortizatsiya summasi obyekt xizmat muddati yakunida hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori bo‘ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilinngan asosiy vositalarning ko‘pgina turlari foydalanishning dastlabki yilida ancha samarali xizmat qilishi hamda yukori ishlab chiqarish xususiyatiga egaligidan kelib chiqib, bu usuldan foydalaniladi. Bu esa, agar ularning foydaliligi va ishlab chiqarish xususiyati keyingi yillarda ancha yuqori bo‘lsa, u holda asosiy vositalardan foydalanib boshlaganda eskirishning katta qismini hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan 1 foizlik qoidasiga javob beradi. Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli ko‘p turdagi uskunalar o‘z qiymatini yukotishi (ma’naviy eskirishi) ham tushuntiriladiYangi kashfiyotlar va materiallar ilgari harid qilingan uskunaning ma’naviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha oldinrok almasht zaruratini yuzaga keltiradi. Har yili amortizatsiyaning keskin o‘zgarishi asosiy vositalarning koldik qiymatida ham o‘z aksini topadi. To‘g‘ri chizikli usulda esa qoldik qiymat miqdori tezkor usullardagi qoldik qiymatga nisbatan har doim ancha yukori bo‘ladi.Asosiy vositalarning har «il turlariga amortizatsiyaning turli usullari qo‘llanilishiga ruxsat etilganligini, Biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bita usul qullanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim. Soliqda tortish maqsadida
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasg quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0211-«Erni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarkie eskirishi»;
0220-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalarning eskirishi»;
0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi»;
0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;
0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblashish texnikasining eskirishi»;
0260-«Transport vositalarining eskirishi»;
0270-«Ish hayvonlarining eskirishi»;
0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi»;
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va xissa lanayotgan eskirish summalari ko‘rsatiladi. hisobvaraqlarning debetida asosiy vosita:-hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilki aks ettiriladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summala: harajatlarga o‘tkaziladi.
Eskirish summasi ishlab chiqarish harajatlariga o‘tkazilganida quyidagicha yozuv
D-t Ishlab chiqarish harajatlari hisobvaraqlari
K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Agar da eskirish davr harajatlariga o‘tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv harajatlar»
K-T Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.