Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan harajatlarni chi tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida 1 bo‘ladigan aktivlarning taxmin kilinayotgan qiymati dir.
Ko‘oldik qiymatiaktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangay holda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymati:
Urnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish xis koplashni muljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
Asosiy vosita pulga harid kilinsa, uning qiymati kontraktda ikqilamchi faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mu Asosiy vositani xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda asosiy vosita haqikiy tannarx aks ettiriladi. Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni kayta baholashga ehtiyoj tup Asosiy vositalarni kayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri kayta bahola kerak Kayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati ko‘paygan holda ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan summada 8510-«Aktivlarni kayta baholash va to‘zatishlar» hisobvarag‘ining kreditida aks ettirilishi lozim. Kayta baholash natij asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshgan summada harajat sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalar korxonaga kelib tushganda rahbar tayinlagan komissiya xo‘ obyekt bo‘yicha alohida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yukxat)ni rasmm tirishi lozim (AV-1 shakli). Dalolatnomada obyekt tavsifi, turgan joyi, sotib ol manbai, chiqarilgan yoki ko‘rilgan yili, ishga tushirilgan sana, obyektning natijalari, uning texnik shartlarga muvofiqligi va boshqalar ko‘rsatilishi lozim.
4. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0110-«Yer»;
0111-«Yerni obodonlashtirish»;
0112-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositala o‘zlashtirish»;
0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar»;
0130-«Mashina va jihozlar»;
0140-«Mebel va ofis jihozlari»;
0150-«Kompyuter jihozlari va hisoblashish texnikasi»;
0160-«Transport vositalari»;
0170-«Ish hayvonlari va maxsuldor hayvonlar»;
0180-«Ko‘p yillik ekinlar»;
0190-«Boshqa asosiy vositalar»;
0199-«Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».
Ushbu hisobvaraqlar aktiv bulib, ularning debet tomonidagi saldo korxoda mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vo obyektlarining ko‘payishi hisobvaraqlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning kirim qilinishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
Korxona tomonidan yaratilishi;
Boshqa korxonalardan sotib olish;
Tekinga olish;
Asosiy vositalarni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapita
ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to‘lash hiobigas kiritish.
Asosiy vositalar korxonaga qabul kilinayotganda maxsus tuzilgan komi tomonidan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eskn summasi, qabul kilinayotgan vositaning qisqacha tavsifi, komissiya a’zolarining sharifi, moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinishi ko‘rsatiladi. Bunda dalolatnomaga ta’riflovchi texnik va boshqa hujjatlar ilova qilinadi, dalolatnoma korxona rahbari tomonidan tasdiklanadi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiklangandan korxona buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir obyektga inven varakasi ochiladi. Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan z etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar obyektlari «Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0 hisobvaraqlar debeti bo‘yicha haqikiy tannarxiga karab asosiy vositalar sifatida i qilinadi. Korxonaning o‘z kuchi bilan ko‘rilgan asosiy vositalar obyektlarining ba qiymatiga usib boruvchi yakun bilan barcha bevosita harajatlar: material, ishchi kuchi boshqa harajatlar, shuningdek kurilish jarayoniga bevosita daxldor bo‘lgan kush harajatlar kiritiladi.
O‘sib boruvchi yakun bilan hisoblangan harajatlar qurilish davomida «Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar» hisobvarag‘ida hisobga olinmaydi, chunki u xali foydalanishga topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-hisobvaraqda jamlangan barcha harajatlar sum 0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.
Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha QQS ularning dastlabki qiymatini ko‘paytiradi hamda eskirish qiymatini oshirgan xrlda, korxona harajatlariga sekin-asta o‘tkaziladi. Boshqa korxona yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek xukumat organlarining subsidiyasi sifatida olingan asosiy vositalar 8530-«Tekinga «olingan mol-mulk» hisobvarag‘i bilan korrespondentsiyada 0110-0190-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilingan sanada ekspert yo‘li bilan, bozor qiymati bo‘yicha belgilangan bakoda aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak
Ko‘uyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar obyektlarining hiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:
realizatsiya qilinganida;
bundan buen foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida;
chet korxona va shaxslarga bepul berilganida;
boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida;
moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilganida;
kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganida.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari joriy kismi» va 0990-«Boshqa Uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari debet bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 0210- 0290-hisobvaraqlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i kreditiga hisobdan chiqariladi. To‘liq amortizatsiya kilinmagan asosiy vositalarning realizatsiya qilinishidan ko‘rilgan foyda (zarar) realizatsn:-qilinadigan asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati, KKS hamda sotish harajatlari va tushumlariga to‘g‘rilangan, oyning 1 sanasiga hisoblangan eskirish o‘rtasidagi fark sifatida aniqlanadi.