Birinchi yordam
Agar elektr toki urish vaqtida jabrlanuvchidan uzoq bo'lmagan joyda shifokor bo'lsa, bu yaxshi bo'lardi. Lekin ...
agar siz elektr toki urganidan keyin siz harakat qila olsangiz, darhol eng yaqin shifoxonaga yoki tez tibbiy yordamga boring;
agar sizning huzuringizda kimdir elektr simlari bilan ishlayotgan bo'lsa, uni qarovsiz qoldirmaslikka harakat qiling: elektr toki urganda, u yordam chaqira olmaydi yoki shunchaki e'tiborini tortish uchun qichqira olmaydi;
380 voltdan past kuchlanish ostida qolgan odam tom ma'noda oqim manbaiga yopishadi va o'zini o'zi ozod qila olmaydi. Bu ikkita sababga ko'ra sodir bo'lishi mumkin. Birinchisi: chalkashlikdan u nima qilayotganini tushuna olmaydi. Ikkinchidan: elektr toki bilan aloqa qilishdan u hushini yo'qotishi mumkin. Atrofdagi hudud zanjirni darhol ochishi kerak - quvvat simini uzing yoki yoqish / o'chirish tugmachasini bosing. Ammo agar buning iloji bo'lmasa, simni tayoq, najas yoki boshqa o'tkazmaydigan narsa bilan odamning qo'lidan yiqitish yoki o'sha taburet yordamida simdan uzoqlashtirish kerak. Oyog'ingiz bilan itarishingiz mumkin - agar poyabzal oqim o'tkazmasa;
Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish.
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish.
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr qurilma (jihozni)ni oziqlanayotgan kuchlanishdan uzib olib qo‘yish (o‘chiruvchi moslama, tugmacha va rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo‘lmasa, u holda probochnik predoxranitellarni burab chiqib olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo‘lqopchalar bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib, chopib tashlash zarur.
Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo‘lsa, istalgan tok o‘tkazmaydigan jism (yog‘och, xoda, doska) bilan ehtiyotkorona olib, bir tomonga surib tashlash kerak.
Elektr toki ta’siridan ozod etish usullari.
Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo‘lsa, tok yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, kuchlanishni o‘chirishga xizmat qiladi. Bu holatda jabrlanuvchining yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur.
Aksariyat hollarda jabrlanuvchining tana a’zolariga yalang qo‘llar bilan tegmaygina kiyimidan tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin.
Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va kalishlar berishi kerak.
Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda ahvolini aniqlash kerak.
Agar u hushida bo‘lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok ta’sirida bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda unga to‘la tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o‘tishi, biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik oqibatlar klinik o‘lim kelishigacha borib etishi mumkin.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u holda
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish;
b) kiyimni tugmasini echish;
v) toza havo oqimini yaratish;
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish;
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish;
e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur.
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish va b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur.
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar.
Elektr shikastlanishi haqida tushuncha
Xulosa
Inson tanasi elektr energiyasining eng yaxshi o'tkazuvchisi. Nosoz uskunaning tirik qismlari bilan aloqa qilganda yoki xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik natijasida odam elektr toki uradi. Biz tibbiyot xodimlari shuni bilishimz kerakki bunday xollarda vrachga bo’lgan tibbiy yordamni to’g’ri tashkil qilishimiz, to’g’ri baholashimiz va zudlik bilan yordam ko’rsatishimiz lozim. Buning uchun o’z malaka va ko’nikmalarimizni oshirib borishimiz o’z ustimizda tinmay ishlashimiz lozim.
Foydalangan adabiyotlar:
1) G. P. Kotelnikov – O’rta tibbiy xodimlar uchun qo’llanma.
2) A. F. Krasnov – O’rta tibbiy xodimlar uchun qo’llanma.
3) V. F. Miroshnichenko – O’rta tibbiy xodimlar uchun qo’llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |