Divergensiya. Periferik retseptorlar bilan bog‘liq bo`lgan afferent neyron aksoni orqa miyaga kirib shoxlanadi. Shu yoi bbilan hosil bo`lgan kollaterallar neyronning aksoni emas, oraliq neyronning aksonlari ham kollaterellar hosil qiladi. Natijada qo'zg'alish yoki tormozlanish tarqaladigan yo'l kengayadi (17-rasm). Bu jarayonlarning MNT da tarqalishi (irradiatsiyasi) uchun asos yaratadi. Efferent yo'llar ham divergensiyaga uchraydi. Masalan, bitta motoneyron aksoni 10-15 dan 1500-2000 gacha shoxchalar hosil qiladi va shuncha miqdordagi muskul tolalarini nervlaydi.
Konvergensiya. Impuls o'tkazadigan ko'pgina yo'llar bitta neyronda yig'ilishi mumkin. Bu hodisa konvergensiya deyiladi. Masalan, orqa miyadagi bitta motoneyronning soma va dendritlariga 6-10 ming kollateral keladi-da, qo'zg'atuvchi va tormozlovchi sinapslar hosil qiladi. Natijada neyron MNT ning turli qismlari va periferiya bilan bog'lanadi.
Konvergensiya tufayli bbitta neyronga ayni vaqtning o'zida juda ko'p qo'zg'atuvchi va tormozlovchi signallar yetib kelishi mumkin. Bunga javoban harakat potensialini vujudga keltirishdan oldin neyron membranasida ro'y beradigan qo'zg'atuvchi va tormozlovchi jarayonlar qayta ishlanishi, birlashtirilishi zarur. Bu ko'pgina yo'llarning umumiy oxiri bo'lmish yakka neyron membranasida rivojlanadigan qo'zg'tuvchi va tormozlovchi postsinaptik potensiallarning qo‘shilishiga (summatsiyasiga) bog‘liq.
Summatsiya hodisasini hozirgi vaqtda mikroelektrodlar yordamida yakka neyronda kuzatish mumkin. Vaqtdagi va fazodagi summatsiya tafovut qilinadi.
Afferent tolaga berilgan yakka stimul neyronda bo‘sag‘adan kam bo`lgan qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensialni (QPSP) vujudga keltiradi, binobarin harakat potensiali yuzaga chiqmaydi. 4-5 ms dan keyin berilgan ikkinchi stimul natijasi birinchisinikiga qo‘zhiladi va neyron membranasida paydo bbo`lgan QPSP miqdori oshadi, ammo membrananing depolyarizatsiyalanishi kritik darajadan kam bo`lgani uchun harakat potensiali hali yuzaga chiqmaydi. Nihoyat 3 stimul ta‘siri natijasi birinchi va ikkinchi stimullar paydo qilgan QPSP bilan qo‘shilib, membranani kritik darajagacha depolyarizatsiyalayda, hamda harakat potensialini vujudga keltiradi. Bu vaqtdagi qo‘shilisg deyiladi. Uning fiziologik ahamiyati katta. Chunki ba‘zi bir neyronda ro‘y beruvchi jarayonlar, masalan, retseptorlarning qo‘zg‘alishi ritmik tabiatga ega. Bu qo‘zg‘alishlar bo‘sag‘adan past kuchga ega bo`lsada, vaqtda qo‘shilib, retseptor va afferent neyron oralig‘idagi sinapslarda bo‘sag‘adan yuqori bo`lgan qo‘zg‘alishni hosil qilishi mumkin. Endi 17-rasmning D qismiga e‘tibot beraylik. Efferent neyron somasida ikki afferent tola sinapslar hosil qilgan. Birinnchi tolaga berilgan kuchsiz yakka elektr stimul neyronda bo‘sag‘adan kam kuchga ega bo`lgan QPSP ni paydo qiladi. Ikkinchi tolaga berilgan kuchsiz ta‘sirot ham huddi shunday natija beradi. Ikkala tola bir vaqtda ta‘sirlannsa, fazoning ikki nuqtasidan jo‘natilgan stimullar natijasi qo‘shilib, bo‘sag‘a kuchiga ega bo`lgan QPSP hosil bo`ladi, neyronda harakat potensiali vujudga keladi. Bu fazodagi qo‘shilish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |