Reja: Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari


Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi



Download 178 Kb.
bet3/10
Sana27.06.2022
Hajmi178 Kb.
#709017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1403259069 44171

4. Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi.
O’zbekiston xududida jez davri mil.avv. II ming yillik boshlarini o’z ichiga oladi. Хuddi shu davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o’troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat: ko’chmanchi dashtlar madaniyati o’troq dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopolitepa, Jarqo’rg’on madaniyatlari, Farg’ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi -Zamonbobo, Тozabog’yob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi.
O’zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo’lgan ustalar, zargarlar va san’atkor-quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil.avv. XVIII-X ming yillikda oid Sopollitepa va Jarqo’ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi.
Bronza davrida shakllangan “ko’chmanchi chorvadorlar” madaniyati mil.avv. III ming yilik oxiri-II m.y. boshlariga bo’lgan Buxoro vohasidagi Zamonbobo manzilgohida o’rganilgan Zamonbobo aholisi katta yarim yerto’lalarda yashab, bronza va qurollar ishlatishgan. Qulolchilik dastgohisiz qo’lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo’yi oqimidan, Тoshkent vohasi, Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Chorva qabilalar jez davrida o’troq turmush tarziga o’ta boshladi, qisman dehqonchilik bilan shug’ullanadi, keyinchalik ko’chmanchi chorvadorlarga aylanishgan.
Arxaik madaniyat o’rniga qadimgi sivilizatsiya madaniyat o’rnatildi: murakkab-ijtimoiy tizimga ega bo’lgan dastlabki davlatlar, diniy va qonunchilik shakllarining rivojlanishi, shahar va yozuvlar. Biroq arxaik madaniyat izsiz yo’qolmadi. Uning ayrim qirralari jahon xalqlari miflarida, folklarida, inson ruhiyatining chuqur “arxetiplari” da saqlangan.

  1. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati.

Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g’orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O’rta Osiyoning tog’lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir.


O’zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Тakatosh, Тeraklisoy kabilar bo’lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy fuqalar, sherlar va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o’q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg’a, qopqon kabi narsalar ham ko’pchilikni tashkil etadi.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo’lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning G’oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko’plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo’yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.
Odamlar yashagan manzillardagi qoya suratlar, bronzadan yasalgan turli xildagi taqinchoq mehnat va urush qurollari ibtidoiy jamoa davri kishisining hayotini bilishga yordam beradi. Bu suratlar birmuncha sodda bulishiga qaramay ibtidoiy jamoa davri kishilari hayoti ularning yovvoyi hayvonlarni ov qilayotgan vaqti ishonarli talqin etilgan. Chopib borayotgan yovvoyi qo’tos, shoxli buqalar va niqob ostiga yashirinib hujum qilayotgan odamlar tasviri orqali ibtidoiy jamoa davri rassomi shu ov manzarasidagi kuchli harakat va hayojonni ustalik bilan ko’rsata olgan.
Fop devorlariga ishlangan suratlar O’zbekistonda, jumladan Boysun va Termez tumanlari, Samarkand, Toshkent, Jizzax, Xorazm, Fargona tumanlaridan arxeologlar tomonidan ko’plab topilgan. Bu suratlarning nigatikasi juda chegaralangan. Asosan hayvonlar tasviri yoki ov manzaralari in’ikos etgan. Shu bilan birga uy hayvonlari g’am tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi o’troq holda hayot kechirayotgan odamlarning tevarak-atrofni o’ziga buysundirish, ular tafakkurining taraqqiy etib borayotganini tuhunishda muhim rol’ o’ynaydi.
Eramizdan avvalgi asrlarningoxirlari va yangi eraning boshlarida O’zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi hum va ko’zachalar qo’lda bajarilgan. Ularning tashqi bezagiga e’tibor berilganligi seziladi. Keyinchalik hum yuzasi chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlangan. Bu davrlarda oltindan, kumushdan bezak va amaliy buyumlar ishlash san’ati ham keng tarqala boshlagan. Tasviriy san’atda ham mavzu kengaya borgan. Bu o’rinda yuz manzaralarini aks ettiruvchi bo’rtma tasvirlar, jangchilar obrazi diqqatga sazovordir. Quldorlik davrida ham O’rta Osiyoda san’atga qiziqish kuchli bo’lgan. Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan.
O’rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo bo’lgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Хususan, 2000 yilda Janubiy Тurkmanistondagi Gonurtepa qo’hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan mil.avv. III ming yillikka oid o’yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Тurkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis Т. Sharlachlarning fikricha, bu hildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo’lib, undagi mixxat yozuvlar «Lukaks xo’jalik va qullar hukmdori», deb o’qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o’zaro aloqalardan dalolat beradi.
Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning janubidan ham piktografik beigi-yozuvlar topilgan. Тadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko’rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G’oz qishlog’i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o’g’ir (keli) topilgan bo’lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo’lgan piktorafik belgi-yozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu beigini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o’qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Хullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o’lkamiz hududlarida yozuv paydo bo’lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir.

Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish