3.3-rasm. Antennaning ekvivalent sxemasi
Bu holda yuklamga maksimal quvvatni uzatilishi sharti Zkirish = Zyuklama ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni antennaning kirish qarshiligi va yuklmaning qarshiligi (fiderning to‘lqin qarshiligi) teng bo‘lishi kerak.
Antennaning shovqin harorati. YUqori sezgirlikli qabullagichlarga ulangan o‘ta yo‘naltirilgan qabullash antennalari uchun ko‘pincha antennaning TASH shovqin haroratini bilish zarur bo‘ladi. U qabullgichning kirishiga ulanganida unda antennaning o‘zidagi kabi o‘sha quvvatni ajratadigan antennaning kirish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilikli rezistorning harorati sifatida aniqlanadi. O‘z issiqlik shovqinlariga bog‘liq bo‘lgan antennaning shovqinlar quvvati unchalik yuqori emas. Antennaning shovqinlari asosan qabullagichning kirishiga keladigan kosmik manbalardan radionurlanishlar, shuningdek er atmosferasi va antenna yaqinida joylashgan predmetlardan issiqlik nurlanishlari orqali aniqlanadi:
RASH = KTASH D f ,
bu erda K = 1,38 10-23 Vt s/grad;
D f – qabullash trakti chiziqli qismining o‘tkazish polosasi, Gs.
Tikkaga yo‘naltirilgan o‘tkir yo‘naltirilgan antenna uchun TASH 100 0Kga va hatto undan kichikka etishi mumkin, shu bilan bir vaqtda er sirtiga yo‘naltirilganda TASH ≥3000K bo‘ladi.
RRLda ishlatiladigan antennalar. RRL uchun antenna turini tanlash asosan ishchi to‘lqinlar diapazoni, ishchi chastotalar kengigi bog‘liq bo‘ladigan liniyaning sig‘imi, chastotalarning taqsimlanishi (ikki chastotali, to‘rt chastotali) sxemasi orqali aniqlanadi.
Odatda kichik sig‘imli liniyalarda ishlatiladigan metrli to‘lqinlar diapazonida ko‘p vibratorli sinfaz antennalar qo‘llaniladi. Detsimetrli to‘lqinlarda, shuningdek kichik sig‘imli liniyalarda bu turdagi antennalar, shuningdek parabolasimon antennalar qo‘llanilishi mumkin.
Parabolasimon antennalar o‘rtacha sig‘imli liniyalardagi detsimetrli diapazonda keng qo‘llaniladi. Kichik va o‘rta sig‘imli santimetrli diapazonda asosan parabolasimon antennalar qo‘llaniladi.
Santimetrli diapazonda ishlaydigan katta sig‘imli va katta masofali magistral RRLlarda parabolasimon, rupor-parabolasimon, nurlantirgichi chiqarilgan parabolasimon va ikki oynali antennalar qo‘llaniladi. Bitta RRL antennasi bir vaqtda ham uzatish, ham qabullash uchun ishlatiladi.
Mobil aloqa tizimlari antennalari
Nisbatna uncha katta bo‘lmagan kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali tizimlarda statsionar bazaviy stansiyalarda asosan chatotalarning takrorlanishi avzalliklari tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli vibratordan foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham olish mumkin.
Sotali telefoniya texnologiyasida ishlatiladigan ko‘plab nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator, spiralli antenna, chorak to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Antennaga umumiy tushuncha bering. 2. Izotrop nurlantirgich va simmetrik vibrator deganda nima tushuniladi? 3. Antennalarning asosiy xaraktteristikalarini keltiring? 4. RRLda qanday antennalar ishlatiladi? 5. Mobil aloqa tizimlarida qanday antennalar ishlatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |