Reja: Aniqlovchi Sifatlovchi aniqlovchi



Download 21,83 Kb.
bet6/6
Sana10.03.2022
Hajmi21,83 Kb.
#488350
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR, ANIQLOVCHI, TO‘LDIRUVCHI, ULARNING TURLARI VA IFODALANISHI.

1. Vositasiz to‘ldiruvchi
To‘ldiruvchi o‘z vazifasi va shakliga ko‘ra ikki turga ajratiladi: vositasiz to‘ldiruvchi va vositali to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchi harakatni o‘ziga qabul qilgan, harakat o‘ziga bevosita o‘tgan predmetni bildiradi. Shu bois u odatda o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bog‘lanadi.
Vositasiz to‘ldiruvchi ko‘pincha tushum kelishigidagi birliklar bilan ifodalanib, kimni? nimani? qaerni? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi: Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. (Maqol). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). U hamma qishloqlarni o‘zi aylanib chiqdi. (P.Qodirov).
Vositasiz to‘ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham ifodalanadi: Temirjon quymoqdan ko‘p yemadi. (J.Abdullaxonov).
Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodanganda, harakat butunlay predmetga o‘tadi, chiqish kelishigidagi so‘z bilan ifodalanganda esa, harakat qisman predmetga o‘tganligi anglashiladi.
Vositasiz to‘ldiruvchi ikki xil shaklda: belgili va belgisiz shaklda ishlatiladi. Belgili vositasiz to‘ldiruvchi tarkibida tushum kelishigi –ni affiksi saqlanadi: Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi. (Maqol). Odamni po‘stin emas, ish qizdiradi. (Maqol). Belgisiz vositasiz to‘ldiruvchida –ni qo‘shimchasi qatnashmaydi, lekin uni tiklash mumkin bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday vositasiz to‘ldiruvchi belgisiz tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodalanadi: Non emoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma (Maqol). Tekin boylik axtarguncha, o‘zingga bop hunar top (Maqol).
2. Vositali to‘ldiruvchi
Vositali to‘ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi birliklar bilan hamda ko‘makchili ishlatilgan birliklar bilan ifodalanadi. Vositali to‘ldiruvchilarning ma’nolari va so‘roqlari turlichadir. Mazkur to‘ldiruvchilarni jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari hamda «bilan», «uchun», «to‘g‘risida», «haqida» kabi ko‘makchilar shakllantirib, ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? kim to‘g‘risida? nima xususida? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Masalan: Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi. («Tafakkur gulshani»). Do‘sting bilan sirdosh bo‘l (Maqol). Mineral tuz, bosh miya uchun zarur bo‘lgan efir moyi aksar yong‘oqning mag‘zidan olinadi. (J.Abdullaxonov). G‘oyib endi «studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. (J.Abdullaxonov). Mana endi uning yaxshi xislatlari to‘g‘risida gap ketyapti. (J.Abdullaxonov).
Vositali to‘ldiruvchi ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga, ba’zan esa sifat, ravish, ot, modal so‘z bilan ifodalangan bo‘laklarga ham bog‘lanib keladi. Masalan: Bu – professor Jamolovning saxiyligi, yoshlarga mehr-muhabbatining mevasi, albatta. (J.Abdullaxonov). Temirjon gamma nurlarini hayot uchun faqat ofat manbai deb bilardi. (J.Abdullaxonov). Temirjon uning bu uyda xizmat qilishidan bexabar edi. (J.Abdullaxonov). Uning tashqi ko‘rinishi sokin tuyulsa-da, ichki dunyosi olam-olam orzularga boy... (J.Abdullaxonov).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili
 (darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil.
2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (oquv qollanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil. 

1. Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 682.


2. Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 25-bet
 3. George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010, 42-bet.
Download 21,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish