Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda alaliya kelib chiqishiga sabab quyidagilar: tug‘ish jarayonidagi patologiyalar, chaqaloq asfiksiyasi, chala tug‘ilgan bolalar, bosh miya ichi patologiyalari, erta yoki kech tu’gilish, akusherlarning instrumental tekshiruvlari natijasida jarohatlar olish.
Erta yoshdagi bolalarda alaliya kelib chiqishiga sabablar: bolaning birinchi yoshida o‘tkazgan kasalliklari, ensefalit, meningit, bosh miya yopiq jarohatlari, somatik kasalliklar, markaziy nerv tizimining gipotrofiyasi (kichrayishi). Ba’zi bir tekshiruvlar alaliya kalib chiqishiga nasliy va genetik omillar moyillikni oshirishini aniqlagan. Tez-tez takrorlanuvchi surunkali bolalarda uchraydigan kasalliklar O‘RVI, gripp, pnevmoniya, endokrin kasalliklar, raxit va shu kabilar, umumiy narkoz ostida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilganligi, salbiy ijtimoiy muhit ham alaliya kelib chiqish xavfini oshiradi.
Umuman olganda alaliya kelib chiqishida bir emas, bir necha faktorlar rol o‘ynaydi. Bosh miyaning organik shikastlanishida miya hujayralarining o‘sishi sekinlashadi, ular rivojlanmagan neyroblastlar ko‘rinishida qoladi. Bu esa neyronlarning qo‘zg‘alishini sekinlashtiradi, nerv tizimidagi jarayonlarni buzadi va miya hujayralarning “kuchsizlanishi”ga olib keladi. Alaliyada bosh miya mag‘iz qismining gapirish markazi zararlanishi yaqqol namoyon bo‘lmaydi, sekin-sekinlik bilan umumiy garishdagi nuqsonlar paydo bo‘la boshlaydi.
Uzoq yillar davomida alaliya kasalligining klassifikatsiyasi uning kelib chiqish mexanizmi, darajasidan qat’iy nazar bir xil turda bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib logopedlar alaliyaning V.A.Kovshikov bo‘yicha klassifikatsiyasidan foydalanadilar:
Ekspressiv (motorika bilan bog‘liq) alaliya;
Impressiv (sensorika bilan bog‘liq) alaliya;
Aralash (sensomotor yoki motosensor) alaliya.
Motorika bilan bog‘liq alaliya miya bosh miya mag‘iz qismining erta davrlardagi organik shikastlanishlari natijasida gapirish analizatorida buzilishlar paydo bo‘lishidan kelib chiqadi. Bu holatda bola o‘zgalar so‘zini tushunadi, lekin o‘zi gapira olmaydi. Zararlangan sohaga qarab: afferent motorika va efferent motorika bilan bog‘liq alaliyalar farqlanadi. Afferent motorika bilan bog‘liq alaliyada zararlanishlar markaziy qismlarda kuzatiladi (chap yarim sharning pastki TEMENNIX otdelov) va efferent motorika bilan bog‘liq alaliyada esa markaz osti qismida zararlanishlar kelib chiqadi (Brok markazi, peshona qismining orqa uchdan bir qismida).
Sensorika bilan bog‘liq alaliyada po‘stloq osti (mag‘iz) gapirish-eshitish markazida (analizatorida) zararlanish bo‘ladi (Vernika markazi, chakka sohasining orqa uchdan bir qismida). Bu holatda markaziy eshituv va gapirish hujayralari zararlanib, bola tovushlarni analiz va sintez qila olmaydi. Bolaning eshitish qobiliyati saqlangan bo‘lsada, so‘zlarni tushunmaydi.
Bunday turdagi alaliyaning belgilari = gapirish bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan (psixo-nevrologik) tiplarga bo‘linadi.
Nevrologik (ya’ni gapirish bilan bog‘liq bo‘lmagan) belgilarga: harakatdagi kamchiliklar, mo‘ljal olish buzilishlari, qo‘l barmoqlarining harakati yaxshi rivojlanmaganligi, qo‘pol harakatlar qilish, oddiy harakatlarni bajara olmaslik (tugmalarni taqish, bog‘ichlarni bo‘glash kabi), nozik harakatlarni (mozayka yig‘ish) bajara olmaslik kiradi.
Psixik belgilarga: hotiraning sustligi (ayniqsa eshitgan narsalarini eslab qola olmaslik), diqqatni jamlashning buzilishi, emotsional kamchiliklar kiradi. Unday bolalar giperaktiv yoki umuman gipoaktiv (kam harakat, “tormoz” holatida) bo‘ladilar. Bolalar aqliy, bilim tomonidan ikkilamchi jarayon sifatida ortda qoladilar, ya’ni eshitish-gapirish qobiliyatining buzilishi hisobiga. Alaliya bartaraf etilsa aqliy qobiliyat sekin asta tiklanadi.
Gapirish bilan bog‘liq bo‘lgan belgilarga: eshitish qobiliyati saqlangan holda, gapirishdagi nuqsonlar kuzatiladi, gapirishni shakllantirib boruvchi qobiliyatlar (oddiy so‘zlar, har xil tovushlar, ba’zi bir iboralar) kech rivojlanadi.
Afferent motorika bilan bog‘liq alaliyada bolalar har qanday artikulyatsiya harakatlarini bajara olishadi, ammo gapirishda yaqqol buzilishlar kuzatiladi. Bunda tovushlar aralashib ketadi yoki o‘rni o‘zgaradi, natijada so‘zlar bir birga bog‘lanmaydi, umuman so‘z hosil bo‘lmaydi yoki tovushlarni takrorlab turish kuzatiladi.
Efferent motorika bilan bog‘liq alaliyada oddiy artikulyatsiya harakatlarini bajara olmaslik natijasida so‘zlarni ayta olmaslik kelib chiqadi.
Motorika bilan bog‘liq alaliyada so‘z boyligi yoshga nisbatan kam bo‘ladi. Yangi so‘zlar qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi, so‘zlarning aniq talafuzzini anglay olmaydi, so‘zlarni noo‘rin ishlatadi, gap hosil qilishda so‘zlarni bir biriga bog‘lashda qiyinchiliklarga uchraydi. Ayniqsa, gaplar tuzishda kam so‘zlardan foydalanadi (bir-ikki so‘zdan iborat gap), gaplarning orasidan asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratib olish, sabab, oqibat kabi ma’nolarni chiqara olish qiyin bo‘ladi.
Motorika bilan bog‘liq alaliyaning og‘ir ko‘rinishlarida bolalar umuman so‘z ayta olishmaydi, faqatgina “g‘udranish”, turli xil tovushlar chiqarish bilan mimika va harakatlar bajaradi.
Sensorika bilan bog‘liq alaliyada yaqqol namoyon bo‘ladigan so‘z va iboralarni qabul qilish, ularning ma’nosini tushunish qobilayitining buzilishi kuzatiladi. Bunday turdagi alalik bolalarda eshitish qobiliyati saqlangan, hatto giperakustik – turli xil tovushlarga sezuvchanlikning oshishi bo‘ladi.
Eshitish qobiliyati saqlangan holda, alalik bolalarda gapirishga bo‘lgan harakat kuchaygan bo‘ladi, ya’ni ular juda ko‘p ma’nosiz so‘zlar, tovushlarni takrorlaydi, ularda exolaliya (o‘zgalarning so‘zini his qilmagan holda takrorlab yurish) ham kelib chiqadi. Umuman olganda tushunarsiz bo‘lgan so‘zlardan iborat gaplar gapirish kuzatiladi (logoreya – “so‘zlardan tayyorlangan salat”). Bundan tashqari bunday bolalarda perseveratsiya (so‘zlarni takrorlab yurish), eliziya (so‘zlarni o‘tkazib yuborish), parafiza (so‘zlarni almashtirib qo‘yish), kontaminatsiya (turli xil so‘z qismlarini bir biriga aralashtirib yuborish) holatlari ham uchraydi. Xullas, sensorika bilan bog‘liq alalik bolalar o‘z fikrlarini ifodalash uchun gapirishdan emas, harakat va mimikalardan foydalanishadi.
Sensorika bilan bog‘liq alaliyaning og‘ir ko‘rinishlarida gapirish qobiliyatining umuman yo‘qolishi kuzatiladi. Bunday bolalarga ko‘p hollarda “lablardan so‘zlarni o‘qib olish” yordam beradi.
Ikkilamchi jarayonlar sifatida esa bolalarning o‘zini tutishlarida kamchiliklar kelib chiqadi, ya’ni intellektual qobiliyatning sustligi, diqqatni jamlash buzilishlari, xotiraning pasayishi, eshitgan so‘zlarni analiz sintez qila olmasligi kuzatiladi. Bunday bolalar o‘ta haraktchan, ochiq yoki tortinchoq, yopiq (introvert) tabiatga ega bo‘lishadi.
Sensorika va motorika bilan bog‘liq alaliyalarning faqat bir turi bilan kasallangan bolalar kam hollarda uchraydi, ko‘pincha aralash turdagi alaliyalar kuzatiladi.
Alalik bolalar nevropatolog, otolaringolog, psixolog-logoped ko‘rigidan o‘tishlari kerak. Bolaning nevrologik tekshiruvlari natijasida, kasallik xarakteri, darajasi va bosh miyaning shikastlangan qismlarini aniqlasa bo‘ladi. Shu maqsad bilan bolada: EEG tekshiruvi, exoensefalografiya, bosh miya rentgenografiayasi, MRT kabi tekshiruvlar o‘tkaziladi. Alaliyada karlikni istisno qilish uchun otoskopiya, audiometriya kabi eshitish funksiyalarini tekshirish talab etiladi.
Alaliyada neyropsixik tekshiruvlar eshitish va eslab qolish qobiliyati o‘rganiladi. Logoped ko‘rigi bolaning tug‘ilish jarayoni va o‘tkazgan patologik kasalliklari haqida anamnez yig‘ilganda keyin o‘tkaziladi. Tekshiruvda asosan gapirish jarayoni boshlangan davr haqida ma’lumot yig‘ish kerak bo‘ladi. Bunda gapirish xususiyatining leksik-grammatik, fonetik, artikulyatsiya jihatlariga e’tibor qaratish kerak.
Differensial diagnostika tug‘ma gapirish qobiliyatining yo‘qligi, dizartriya, tug‘ma karlik, autizm, oligofreniya bilan farqlanadi.
Alaliyaning har qanday ko‘rinishida davo kompleks ravishda ya’ni psixologik-medikomentoz-pedagogik tomonlama olib boriladi. Alalik bolalar maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarda, statsionar sharoitda, sanatoriyalarda davolanishadi.
Gapirish qobiliyatini yaxshilash uchun medikomentoz muolajalar, miya hujayralari o‘sishini kuchaytirish uchun buyuriladi. Fizioterapiya (lazeroterapiya, magnitoterapiya, elektroforez, suv bilan davolash, elektropunktura, transkranial elektrostimulyatsiya) o‘tkaziladi. Alaliyada gapirish qobiliyatidan tashqari, qo‘llar harakati, psixik funksiyalar (xotira, diqqat, fikrlash) ham rag‘batlantiriladi.
Alaliyaning umumiy sistemali kasallik ekanligini inobatga olib, logoped tomonidan mashg‘ulotlar gapirish qobiliyatining har qanday jihatlariga e’tibor qaratadi ya’ni so‘zlarni hosil qilish, ularni to‘g‘ri qabul qilish, talaffuzni to‘g‘irlash, so‘z boyligini oshirish, so‘zlarning grammatik tuzilishini to‘g‘irlash, fonetika bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish kabi jarayonlar. Logoped muolajalari o‘z ichiga logoritmika va logopedik massajini kiritadi.
Alaliyaning turli xil ko‘rinishlarida bolalarni erta davrlarda yozish, o‘qish kabi qobiliyatlarini shakllantirish kerak bo‘ladi. Chunki yozish, o‘qish ham bolalarning gapirish qobiliyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
Alaliyaning davo samarasi uning erta davrlarida boshlaganda bilinadi, ya’ni 3-4 yoshgacha. Bolaning barcha kamchiliklari, psixoemotsional, gapirish, harakatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, kasallikdan butunlay qutilib, bolaning normal holatiga qaytishiga olib keladi. Alaliya bilan bolalar kasallanmasliklari uchun homilador ayollar o‘zlariga ko‘proq e’tibor qaratishlari zarur, bundan tashqari yosh bolalarning surunkali kasalliklar bilan kasallanishini oldini olish kerak.
Bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig‘i nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir.
“Alaliya” atamasi (grekcha a-yo‘q, lotincha lalio-nutq) tarjimasi nutqning yo‘qligi, nutqsizlik holati–nutq buzilishlariga doir adabiyotlarda qadim zamonlardan beri kuzatiladi.
XIX asr boshlarigacha nutq buzilishlarining barcha shakllarini alaliya deb atashgan va afoniya darajasi bilan taqqoslashgan
I. Frank alaliya, hamda mogilaliyani dislaliya darajalaridan biri deb, artikulyator qiyinchiliklar bilan bog‘liq talaffuz kamchiligi deb ta'kidlaydi.
R. Shul'tess v 1830 y. alaliyani kar-soqovlik alohida nutq nuqsoni sifatida ajratib ko‘rsatadi
A. Kussmaul' aniq tovushlarni butunlay talaffuz qila olmaslik xarakterli hisoblangan buzilish holatlarini alaliyaga kiritgan
O‘tgan asrning 60-yillariga kelib Trusso nutqni yo‘qotilishini Broka tomonidan kiritilgan “afemiya” atamasini “afaziya” atamasiga almashtirishni taklif etadi.
Alaliya nutqning sistemali shakllanmaganligi bo‘lib, nutqning barcha tarkibiy qismlarining buzilishlari kuzatiladi: fonetik – fonematik, leksik – grammatik tomoni. Alaliyaning nutqiy bo‘lmagan kamchiliklari sirasiga motor, sensor, psixopatalogik belgilar alohida ko‘rsatiladi
Alaliyaning nutqiy va nutqiy bo‘lmagan belgilari kuzatiladi. Alaliyada buzilishlar belgilarida nutqiy buzilishlar yetakchi o‘rin egallaydi.
alaliya bolaning ona qornida yoki rivojlanish bosqichida shamollash yoki alimentartrofik moddalar almashinuvining patalogik jarayoni natijasida kelib chiqadi.
Alaliyaning sabablari:
tug‘ruq travmalari va asfiksiya;
homilaning ensefalit, meningit bilan xastalanishi;
rivojlanishi uchun namoqbul sharoit; homilaning zaharlanishi;
homila yoki ilk rivojlanish davrida bosh miya shikastlari;
ilk bolalik davrida xastalanishlar natijasida bosh miyaning zararlanishi va boshqalar.
Alaliya [yun. a – inkor qoʻshimchasi va lalia – nutq] – bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki yaxshi soʻzlay olmasligi.
Bola boshining ona qornidaligida yoki tugʻilish chogʻida jarohatlanishi, goʻdaklik davrida ogʻir kasalliklar bilan ogʻrishi va boshqa(lar) kasallikka sabab boʻladi.
Bunda bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi: 5-7 yoshgacha, ayrim hollarda 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi. Alaliyaning motor va sensor xillari mavjud. Sensor alaliya kamdan-kam, motor alaliya esa koʻproq uchraydi.
Motor alaliyada bola kam va notoʻgʻri gapiradi, unga qaratilgan nutqiy tushunadi. Ayrim tovushlarni talaffuz qilgani bilan tovush birikmalarini oʻzlashtira olmaydi, butun soʻz oʻrniga uning bir qismini aytadi (masalan, mushukni “mu” deydi) va h. k.
Sensor alaliyada bola atrofdagilarning nutqini yomon tushunadi yoki mutlaqo tushunmaydi. Bunda bola nutqining nihoyatda buzilishi ulgʻaygani sari ruhiy taraqqiyoti ham oʻz tengdoshlaridan ortda qolishiga olib keladi.
Bu kasallikka yoʻliqqan bolalar maxsus maktablarda alohida usul bilan oʻqitiladi. Natijada, garchi uzoq vaqt davomida boʻlsa ham, ularning koʻplari (motor A. ga yoʻliqqanlari) nutqi tuzalib, odatdagi maktablarning oʻquv dasturini oʻtadilar.
Alaliya.
Alaliya alomatlari va buzuqlikni qanday davolash kerak
Alalia - nutq funktsiyasining to'liq rivojlanmaganligi yoki umuman yo'qligi, bu nutq uchun mas'ul bo'lgan miya yarim korteksining joylariga organik shikast etkazish natijasida yuzaga keladi. Ushbu zarar prenatal davrda yoki bola hayotining dastlabki 3 yilida sodir bo'ladi. Alalia bilan, nutqning rivojlanmaganligi tizimli xususiyatga ega, ya'ni. chaqaloq nutq reaktsiyalarining kech ko'rinishi, ovozning talaffuzi, bo'g'inlarning tuzilishi, fonemik jarayonlar va so'z boyligining buzilishi.
Nutq alalisi taxminan 1% maktabgacha yoshdagi bolalarda va 0,2-0,6% bolalarda aniqlanadi maktab yoshi, o'g'il bolalarda uning rivojlanishi 2 baravar ko'proq kuzatiladi. Alaliya bilan og'rigan bolada psixologik, tibbiy va pedagogik ta'sirga ehtiyoj seziladi, bu albatta murakkab tabiatga ega bo'lishi kerak, dori terapiyasi, shuningdek aqliy funktsiyalarni rivojlantirish, izchil nutq, leksik-grammatik va fonetik-fonemik jarayonlar.
Alalia sabablari
Alaliyaning paydo bo'lishiga olib keladigan sabablar juda xilma-xildir. Erta ontogenezning aniq davrlarida ular boshqacha bo'lishi mumkin. Antenatal davrda miyaning nutq markazlariga organik shikastlanish xomilalik gipoksiya, intrauterin infektsiya, spontan abort qilish xavfi va homilador ayolning surunkali somatik kasalliklari tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Homiladorlikning og'irlashishi tug'ruq paytida asoratlarga va perinatal patologiyaning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Alaliya erta, uzoq muddatli yoki tezkor mehnat, yangi tug'ilgan chaqaloqni asfiksiya qilish, akusherlik vositalaridan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Alaliyaning etiopatogenetik omillari orasida, bolaga hayotning birinchi yillarida ta'sir ko'rsatadigan menenjit, ensefalit, travmatik miya shikastlanishi, markaziy asab tizimining emirilishiga olib keladigan somatik kasalliklar ajralib turadi. Tadqiqotchilar, shuningdek, alaliya uchun irsiy moyillikni qayd etishadi. Alaliyaning ayrim sabablari ta'sirini kuchaytiruvchi omillar - bu hayotning birinchi yillarida tez-tez uchraydigan kasalliklar, umumiy behushlik ostida o'tkazilgan operatsiyalar va noqulay ijtimoiy sharoitlar. Odatda, alaliyasi bo'lgan yosh bemorlarning anamnezida barcha omillarning ta'siri kuzatiladi.
Organik miya shikastlanishi asab hujayralarining kamolotini sekinlashtiradi. Natijada neyronlarning qo'zg'aluvchanligi pasayishi, asabiy jarayonlarning inertligi va miya hujayralarining funktsional pasayishi. Alaliya bilan miya yarim korteksining organik shikastlanishi juda zaif, ammo tabiatda bir necha bor, shuning uchun mustaqil nutqni rivojlantirish imkoniyatlari juda cheklangan.
Alaliya tasnifi
Muammoni to'liq o'rganish davomida alaliyani uning namoyon bo'lishiga, mexanizmiga va nutqning rivojlanmaganligiga qarab bir nechta tasniflash taklif qilindi. Bugungi kunda nutq terapiyasi V.A.-ga muvofiq alaliya tasnifidan foydalanadi. Kovshikov. Unga ko'ra quyidagilar mavjud:
vosita yoki ekspressiv alaliya;
sezgir yoki ta'sirchan alaliya;
aralash alaliya (nutq buzilishlarining tarqalishiga qarab sensimotor yoki motosensor).
Alaliyaning motorli shakli vosita nutq tekshirgichining kortikal qismini erta organik shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bunday holda, bola o'z nutqini rivojlantirmaydi, lekin boshqa birovning nutqini tushunish qoladi. Miyaning qaysi sohasi shikastlanganiga qarab, alaliyaning 2 turi mavjud - afferent va eferent motor. Afferent motorli alaliya bilan postentral girusning organik shikastlanishi (chap yarim sharning pastki parietal qismlari) kuzatiladi, bu esa kinestetik artikulyatsion apraksi bilan birga keladi. Efferent vosita alalisi bilan premotor korteksga (pastki frontal girusning pastki uchdan bir qismi, Broka markazi) kinetik artikulyatsion apraksiya hamroh bo'ladi.
Alaliyaning hissiy shakli nutq eshitish analizatorining kortikal qismini shikastlash natijasida yuzaga keladi (yuqori vaqtinchalik girusning orqa uchdan biri, Vernikening markazi).
Do'stlaringiz bilan baham: |