Reja: Ajratilgan izox bo'laklar xaqida


Ajratilgan xol.   2. Ajratilgan to'ldiruvchilar



Download 72,5 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi72,5 Kb.
#335207
1   2   3   4
Bog'liq
Ajratilgan bo'laklar va ularning xususiyatlari

3. Ajratilgan xol.

 

2. Ajratilgan to'ldiruvchilar



 

 Ajratilgan to'ldiruvchilar ikki xil:

1. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi.

2. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar Ko'makchili kostruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi kesim yonida kelmaydi. To'ldiruvchilarning ajratilishida qaraganda, ustiga, tashqari, ilgari, bilan birga va shu kabi ko'makchi vazifasida kelgan so'zlar ishtirok etadi. Qaysi ko'makchi yoki ko'makchi vazifasidagi so'z bilan kelishiga qarab ajratilgan to'ldiruvchilar quyidagi ma'nolarni ifoda qiladi.

Masalan:

Tashqari ko'makchisi bir predmetni boshqasidan ajratib ko'rsatsa, qaraganda, ko'makchilar predmetlarni qiyos qilishda yordam beradi, bilan, ustiga, ko'makchilar esa ma'noga ikkinchi ma'noning qo'shilishi ko'rsatdi.

Masalan:

1. Usta amaki o'ymakorlikdan bo'lak, boshqa ustaxonalar uchun qog'ozga naqsh va gullar ham chizib beradi. (S.A)

2. Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko'ra xususiyatlari bilan ta'kidlashni afzal ko'radi. (P.T)

3. Men o'qishimni davom ettirish bilan birga, kechki smenada ishlab ham turibman.

Oddiy gap bo'lagi formasidagi to'ldiruvchilar

Bu xil to'ldiruvchilar o'zidan oldingi to'ldiruvchining ma'nosini izoxlaydi, unga aniqlab kiritadi, boshqa turdagi ajratilgan bo'laklar kabi, uziga xos intonasiyaga ega bo'ladi. Vositasiz to'ldiruvchilar ham, vositali to'ldiruvchilar ham ajratiladi.

Ajratilgan vositasiz to'ldiruvchilar

1. Endi ular faqat birgina saylni-dushman ustidan g'alaba qilingan kun tantanasini umid qiladilar.

2. Qaynotangni, Zunnunxo'jani, oldin ham ko'rganmiding?

Ajratilgan vositali to'ldiruvchilar

1. U oilasi bilan-xotini, chaqaloq qizi, o'n besh yoshli singlisi bilan, Oltiariqqa ko'chib bordi. (E.V)

2. Bektemirga, sobiq sodda cho'ponga, komandiring g'oyat yoqdi.

Ajratilgan to'ldiruvchi bilan ajratilmish to'ldiruvchi bir xil grammatik shaklda bo'lib, bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Bu jixatdan uyushiq bo'laklarga o'xshaydi. Biroq bularda intonasiyada o'ziga xos pauza bo'ladi. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar o'zlari izoxlab kelayotgan to'ldiruvchilar bilan, ya'ni, shu jumladan, masalan, kabi, yordamchi so'zlar orqali bog'lanishi ham mumkin. Masalan: Jahon kitobxonalari qirg'iz yozuvchisi, ya'ni Chingiz Aymatovni yaxshi biladi, yoki: Bu xabar ko'plarni, shu jumladan, Maxkamni ham, juda quvontirdi. (P.K)

 

 



3.     Ajratilgan aniqlovchilar

 

Ajratilgan aniqlovchilar uch xil bo'ladi:



1.      Ajratilgan sifatlovchi.

2.      Ajratilgan qaratuvchi.

3.      Ajratilgan izohlovchi.

Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo'rttirib ko'rsatish maqsadida ajratiladi. Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelsa ajratilgan sanaladi.

Masalan: Ma'lum bo'lishicha u, ya'ni universitet domlasi dosent Obidov, bir necha yillardan beri biologik metodi ustida ish olib bormoqda ekan. (O.YO) Ajratilgan aniqlovchilar, ya'ni sifatlovchi odatda birikma yoki uyushgan xolda keladi.

Masalan:

Qo'chqarov-do'ng peshona, qirra burun, ko'krakdor, polvontaxlit yigitcha-kichkina tuman gazetasiga ko'z tikib o'tirardi. Bunda predmetning belgisini bo'rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ayrim paytda yakka kelgan sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin.

Masalan:

Saxarlab mardikorlar, yalang oyoq . . . bozorga, ishga, chopdilar.

Ajratilgan qaratuvchi.

Bunda qaratuvchi o'zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izoxlash, konkretlashtirish yo'li bilan ajratiladi.

Masalan:

Bu dugonamning, Xalimaning, ro'moli.

Yoki:


O'sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining, ishki tushib qolgan. (M.A)

 

Ajratilgan izoxlovchilar.



Izoxlovchilar ko'pincha ajratilgan bo'ladi. Bunda ular izoxlanmishdan keyin kelib, maxsus intonasiya bilan talaffuz qilinadi.

Masalan:


Dadang-bizning qadrdon do'stimiz-hamisha qalbimizda yashaydi. Izoxlovchi o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelsa, uning ajratilganligi tez payqaladi. Masalan: Denisov-dehqonlar orasida ko'p yurgan sobiq irrigator sodda, odamshinavanda lekin talabchan, haqiqatchi edi. (O)

 

4. Ajratilgan hollar.



 

Ajratilgan xol o'z formalariga ko'ra ikki xil.

1.      Oborot formasidagi ajratilgan xol.

2.      Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xol.

 

Oborot formasidagi ajratilgan xol.



Oborot formasidagi ajratilgan xol o'z navbatida uchga bo'linadi.

1. Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol.

2. O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol.

3. Ko'makchi  konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.

 

Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol.



Ravishdoshlar o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelishi mumkin. Bular ravishdosh oboroti deyiladi. Ravishdosh oboroti odatda ajratilgan bo'ladi.

Masalan:


1. Shu payt ikki “Pobeda” birin-ketin signal berib, boqqa kirib keldi. (S.N)

2. Dilmurod ko'zlarini yerdan olmay, sekin-sekin odimlab boryapti.

3. Biz institutdan qaytgach, bir oz dam oldik.

Ravishdosh oboroti quyidagicha ma'noni ifodalaydi.

1.  Ish-harakatning bajarilish xolati. Masalan:

a) Mavlon ota uzoq-uzoqlarga tikilib, roxatlanib nafas oldi. (S.N)

b) Kanizak o'tirgan odamlarni oralib narigi tomonga o'tib ketdi. (A.K)

2.  Ish-harakatning bajarilish payti. Masalan:

a) Botir mehmonlar bilan salomlashib, ayvonli uyga o'tdi. (S.N)

b) Ekskursantlar manzilga yetguncha, bir necha doyda dam oldilar.

3.  Ish-harakatning bajarilish shartini. Masalan:

Dunyoni tanimay, dunyo kishisi bo'lmaysizlar.

4. Ish-harakatning bajarilish sababini. Masalan: a) Bo'taboy cholning kallasida nima borligini bilolmay, ancha vaqtgacha u yoqqa-bu yoqqa to'lg'onib uxlayolmadi. (S.A) b) Akmal aka paxtazordan ko'nglini uzolmay, sanatoriyadan ham vaqtidan ilgari  ketdi.

5. Ma'noni. Masalan: Ochiq derazadan kirgan salqin shabadaga qaramay, har ikkisining peshonasida tomchi-tomchi suv yiltirab ko'rinardi.

O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol.

-day,-dek affikslarni olib kelgan so'zlar ham kengayib ajratilishi mumkin.

Masalan:

1. Onaxon xozirgina yugurib kelgan odamdek tez-tez nafas olar edi.

2. Oltinsoyliklarning suv uchun kurashi dengizga quyilgan daryodek, butun xalqimizning qurg'oqchilikning yengish uchun boshlagan kurashiga munosib xissa bo'lib qo'shildi.

3. Traktorchilar bo'ron bilan o'chakishganday, tun bo'yi yer xaydadilar.

 

Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.



Ko'makchili konstruksiyasi formasidagi xol kesimdan uzoqda kelib, o'ziga oid so'zlar bilan kengayib, boshqa gap bo'laklardan ajralishi mumkin. Bunda konstruksiya kabi, bo'yicha, tufayli, yarasha, xolda, muvofiq kabi ko'makchi so'zlar bilan shakllanadi.

Masalan:


1.  Navoiy bir qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda, boshini kamtar, yengil qimirlatishi bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.

2.  To'ppon, ishda to'rt kishining ishini qilgani kabi, ovqatda ham to'rt kishining ovqatini yegan edi.

Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan bo'laklardagi kabi, ma'lum darajada predikativlik mavjud. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol quyidagi ma'noni ifodalaydi.

1.  Turli xolatni

Masalan:

a) Nor xola xursandlik bilan yuragi to'ygan xolda, bog'ni aylanib keldi.

b) O'ktam allanechuk bo'shashgan holda otliq qizning orqasidan ancha vaqt o'ychan qarab qoldi.

2.  O'xshatishni,




Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish