2-MODUL. AHOLINING TARKIBIY KO’RINISHLARI VA U BILAN BOG’LIQ XUSUSIYATLAR 1 – MAVZU: Aholining demografik tarkibi
Reja:
1. Aholi tarkibi haqida tushuncha, aholi tarkibi o‘rganilishining muhim ilmiy va amaliy ahamiyati
2. Aholining yosh tarkibi xususiyatlari
Demografik jarayonlarni o’rganishda aholining yosh jinsiy nikoh va oilaviy tarkibi muhim omil hisoblanadi.
Aholining yosh va jinsiy tarkibi (demografik tarkibi) birinchi navbatda jamiyatning demografik holatiga bog‘liqdir. Demografik holat esa aholining yoshi va jinsiy tarkibi nikohga kirishi va nikohning bekor etilishi (ajralish), tug‘ilish, o‘lish va migratsiya kabi jarayonlarda ifodalanadi.
Aholining yosh tarkibi – ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlarni o’rganish mmaqsadida aholining yosh guruhlarga bno’linishidir. Aholi yosh guruhlari va demografik jarayonlar o’zaro uzviy bog’liq holda shakllanadi.
Aholi yosh tarkibini o’rganganda aholining alohida har bir yoshlarga va uch yirik – yirik guruhlariga ajratiladi.
Aholi tarkibida yoshlar salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ulish kabi demografik jarayonlarga ijobiy tasiir etadi. Ayni paytda tug’ulish yuqori bo’lgan hududlarga bolalar, yoshlar salmog’i yuqori bo’ladi. Tug’ulish darajasi past bo’lgan hududlarda bolalar yoshlar salmog’I yuqori bo’ladi. Tug’ulish darajasi past bo’lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar salmog’i yuqori va o’lim xollari ko’proq sodir bo’ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda aholining butungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo’lishining natijasi va kelajakdahi demografik rivojlanishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o’rganish ab’ekti sifatida o’z kelib chqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo’nalishlarga n ajratish alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili: b) aholi yosh tarkibining shakllanishi qonuniyatlari va ularning demografik rivojlanishining omili sifatida o’rni: v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’zaro bog’liqligi.
Aholi sonining uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi. XX asrning o’rtalarida iqtisodiy rivojlangan davblatlarda aholi takror barpo bo’lishi tug’ulish darajasining nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar salmog’ining kamligi bila harakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu davrda nisbatan yuqori tug’ulish va aholi tarkibida bolalar salmog’ining yuqoridagi harakterli edi. Tug’ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo’lgan sharoitda aholining yosh tarkibiu aholi soni o’sib borishiga bevosita ta’sir etadi.
Ko‘p mamlakatlarda kishilar yoshini bizdagi kabi, yil o‘tishi bilan uning yoshi bir yoshga ortadi. Boshqa tizimlar ham mavjud. Masalan, Koreada tug‘ilgan bola bir yosh deb ataladi. Xitoy, Vyetnam, Shvetsiya va boshqa qator mamlakatlarda qalendar yil tugashi bilan tug‘ilgan kunidan tashqari uning yoshi bir yoshga ortadi.
Yosh jinsdan farqli o‘laroq, o‘zgaruvchan miqdor bo‘lib, u doimo ortib boradi. Aholining yosh tarkibni o‘rganish uni guruhlash, mutloq, nisbiy va o‘rtacha ko‘satkichlar, grafik va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Yosh tasnifi inson hayotidagi ayrim bosqichlarni ifodalaydi. Uning eng qadimiylaridan biri Xitoyniki hisoblanadi.
20 yoshgacha — yoshlik;
30 yoshgacha — nikohdan o‘tish yoshi;
40 yoshgacha — ijtimoiy vazifalarni boshqarish yoshi;
50 yoshgacha — aqlga to‘lish yoshi;
60 yoshgacha hayotdagi ohirgi yaratish davri;
70 yoshgacha — so‘ralgan yosh;
70 dan yuqori — qarilik.
O‘zbekistonda quyidagi tasnif qo‘llaniladi:
0 — 2 yosh — bolalikning boshlanish yoshi;
3 — 6 yosh — bolalikning maktabgacha bo‘lgan yoshi;
7 —15 yosh balalikning mehnat yoshi;
16 —24 yosh — o‘spirinlik;
25 — 44 yosh — yetilgan yosh;
45 — 59 yosh to‘liq yetilish;
60 — 69 yosh — ulug‘ yosh;
70 — 79 yosh —qarilikning avvali;
80 — 89 yosh — to‘liq. qarilik;
90 va undan yuqori yosh — chuqur qarilik.
Yoshlar tasniflarining eng muhim kamchiligi, unda erkak va ayollar haqida alohida pog‘onalarni e’tiborga olmaslik hisoblanadi.
Demografiya fani nuqtai nazaridan Sundberg tasnifi tarixiy jixatdan muhim hisoblanadi va u aholini 3 hil yosh guruhiga ajratadi: 0 — 14 — bolalar; 15 — 49 — ota-onalar; 50 va undan ortiq yosh — buvi va buva yoshdagilar.
Dunyodagi har bir hudud va davlatlarning o‘z demografik tarixi xususiyatlari hamda aholi yosh tarkibiga ta’sir etuvchi omillari mavjuddir.
XX asr boshlarida shved demograf olimi G.Sundberg aholi yosh tarkibiga qarab uch turga bo‘ldi.
1. Progressiv.
2. Statsionar.
3. Regressiv.
Progressiv-yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (10-14 yoshdagi) salmog‘i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) qaraganda yuqori bo‘ladi. Bunday holat tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda kuzatilib ularning aholisi muntazam ko‘payib boradi.
Statsionar-yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog‘i tengdir. Statsionar yosh tarkibida aholi soni bir xil miqdorda turadi. Aholining tez kamayishi yoki ko‘payishi kuzatilmaydi.
Regressiv-yosh tarkibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog‘i bolalarga qaraganda yuqori bo‘ladi. Bunday holda esa aholi soni asta-sekin kamayib borib «depopulyatsiya» holati yuz beradi. Aholi qarib boradi. Dunyo aholisi yosh tarkibi bo‘yicha hududiy xususiyatlarga egadir. (Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya, Okeaniya va O‘zbekiston aholisining yosh tarkibi xususiyatlari va omillari).
Aholining qarish jarayoni – tug’ilishning kamayib ketishi va aholi o’rtacha umr ko’rishi muddatini uzayishi hisobiga aholi tarkibida qariyalar salmog’ini oshib borishidir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar dunyo aholisining asosiy tarkibidagi umumiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Lekin dunyodagi barcha davlatlar aholisining yoshi va jinsiy tarkibi o‘ziga xos xususyatlariga ega. Bu xususiyat har bir davlatning tarixiy taraqqiyotiga, ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlariga va turmush tarziga bog‘liqdir. Ana shu bog‘liqlik O‘zbekiston aholisining yoshi va jinsiy tarkibida kuzatiladi.
Insonning biologik va kalendar yoshlari mavjud bo‘lib, ular o‘z ilmiy ta’riflari va xususiyatlariga egadir. Demografik nuqtai nazardan inson umri turli davrlarga bo‘linadi (go‘daklik, bolalik, yoshlik, yetuklik mehnatga qobililiyatlik davri va qarilik). Umuman dunyo miqyosida aholi yosh tarkibi bo‘yicha uch demografik guruhlarga ajratiladi. 0-14 (bolalar), 15-64 (mehnat yoshidagi aholi) 65 va undan yuqorilar (qarilar).
Aholining yosh tarkibi juda qadimdan mavjud bo‘lib kelayotgan demografik holat, ya’ni demografik evolyusiyaning natijasi bo‘lib u ayni paytga kelajakdagi demografik vaziyatning zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |