1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko’rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, ‘ul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan ‘ul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidya’in va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan:1
Do'stlaringiz bilan baham: |