Autodesk 3D Studio Max dasturlari interfeysi
3D-dasturiy vositalarining qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan 3D-dasturiy vositani muhim deb biladi.
Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan 3D-dasturiy vosita bilan qanchalik darajada yaxshi ishlay olishi va uning ijodiy (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiyani bilish maqsadga muvofiq) imkoniyatlariga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish dasturiy vositalari imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun uch o‘lchovli elementlardan tarkib topgan 3D-sahna yaratish kerak bo‘ladi. 3D-dasturiy vositalarning har biri o‘zining muayyan sohadagi afzalliklariga ega. Uch o‘lchovli modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi:
1. Autodesk 3D Studio Max — ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik paketni o‘zlashtirish nisbatan oson. Qo‘shiladigan modul VRay real obyektlar va interyerlarni yaratish imkonini beradi.
2. Autodesk Maya — boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar: subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan obyektga turli effektlarni chizish imkoniyati, animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo‘ladi. Realistik interyerlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi.
3. Maxon Cinema 4D — qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi. Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini beradi.
4. NewTek LightWave 3D — juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori sifatli renderingga ega bo‘lgan grafik paket. Televizion formatda uch o‘lchovli grafika yaratish uchun qulay.
Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo‘naltirilgan. DAZ Bryce — virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo‘ljallangan grafik paket. Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi juda qulay hisoblanadi. Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib, obyektlarga turli xil cho‘tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi. Personaj modelini uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib, so‘ngra Zbrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar, burushgan joylarni qo‘shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin.
Autodesk 3ds Max (avval 3D Studio MAX) — Autodesk kompaniyasi tomonidan yaratilib bo'lingan, animatsiya va uch o'lchamli grafika yaratuvchi va tahrir qiluvchi to'liq funksiyali professional dastur. O'z ichiga multimediya sohasidagi mutaxassislar va rassomlar uchun eng zamonaviy vositalarni oladi. Windows operatsion tizimlari oilasi tarkibida ishlaydi (ham 32 bitda, ham 64‑bitda ham). 2014-yil martda dasturning Autodesk 3ds Max 2015 deb nomlangan 17.0 versiyasi ishlab chiqarildi.
Autodesk 3ds Max ikki litsenziyali versiyalarda mavjud: talaba — bepul (Autodesk veb-saytida ro'yxatga olinish kerak), dasturning to'liq versiyasini taqdim etadi (biroq undan foyda maqsadida foydalanish mumkin emas) va to'liq (tijorat) versiyasi taxminan 2400 yevro evaziga olish mumkin.
To'plamning ilk versiyasi 3D Studio DOS nomi ostida 1990-yilda ishlab chiqarilgan. To'plam ishlab chiqarilishi ustida dasturchi Gari Yost asos solgan Yost Group mustaqil studiyasi shug'ullanardi. Autodesk boshida faqat to'plam ishlab chiqaridh bilan shug'ullanardi. Ma'nbalarda keltirilishicha Gari Yost o'sha davrdagi Autodesk yangi loyihalari bo'yicha direktori Erik Lyons bilan muzaokaralardan so'ng o'z ish joyini tark etgan.
Birinchi to'rt reliz 3D Studio DOS nomiga ega edi (1990-1994-yillar). Keyin to'plam Windows NT uchun qayta yozildi va 3D Studio MAX deb qayta nomlandi (1996-1999). Versiya raqamlash qaytadan boshlandi.
2000-2004-yillarda to'plam Discreet 3dsmax markasi ostida ishlab chiqarilgan, 2005-yildan esa — Autodesk 3ds MAX markasi ostida. Joriy versiyasi Autodesk 3ds MAX 2018 nomiga ega.
3ds Max turli ko'rinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch o'lchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qo'llaydi, jumladan:
poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli bo'lib, murakkab modellar va o'yinlar uchun ma'lum modellar yaratish uchun ishlatiladi.
Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);
Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay;
o'rnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qo'llash orqali modellashtirish;
splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qo'llash orqali modellashtirish;
splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qo'llash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.
Modellashtirish metodlari o'zaro bog'liq holda ishlatilishi mumkin.
Xulosa:
Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir.
3D Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
Ushbu mustaqil ishni bajarish mobaynida 3D meodellashtirish va ushbu modellarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalarni o’rgandim.
Foydalanalilgan adabiyotlar:
Гайдамащук А. В. Исследование программных сред 3D-моделирования [Текст]/А. В. Гайдамащук/XVII международный молодежный форум «Радиотехника и молодежь в XXI вeкe». Сб. материалов форума. Т. 7. — Харьков: ХНУРЭ, 2013.
Silverman D. 3D Primer for Game Developers: An Overview of 3D Modeling in Games /David Silverman
Do'stlaringiz bilan baham: |