Buyuk Britaniya
Reja:
1.2-jahon urushining B.B ga ta’siri
2.B.B ning ichki siyosati
3.B.B.ning tashqi siyosati
Ikkinchi jahon
urushining Buyuk
Britaniya uchun
oqibatlari
Buyuk Britaniyaliklar ham fashizm ustidan qozo nilgan g'alabaga munosib hissa qo'shganlar. Ular ning davlati ikkinchi jahon urushi g'oliblaridan biri bo'ldi.
Ayni paytda urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uning harbiy xarajatlari 25 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to'rtdan bir qismini yo'qotdi. Oltin va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz 3,3 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi.
Faqat AQSH dangina emas, o'z dominionlaridan ham qarz bo'lib qoldi Chet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to'rtdan bir qismidan, savdo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, urush Buyuk Britaniyaning harbiy-strategik ahvolini ham yomon lashtirdi.
U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan «kuchlai baravarligi» siyosatini yurita olmay qoldi.
Dominion va mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining kuchayislii Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSH ninj', yadro va strategik qurollarga ega bo'lishi Buyuk Britaniyaning strategik mavqeiga jiddiy zarba berdi.
To'g'ri, Buyuk Britaniya baribir buyuk davlatlar qatorida qoldi. Biroti uning xalqaro mavqei zaiflashgan edi. Endilikda Buyuk Britaniya dunyoning yetakchi davlati roliga da'vo qila olmas edi. Urush g'olibining bu ahvoliga U. Cherchill «Zafar va fojia» deb baho bergan edi.
Buyuk Britaniyaning ichki siyosati
1945-yilning 5-iyulida Buyuk Britaniyada parla ment saylovi o'tkazildi. Unda Buyuk Britaniy;i tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan bin
Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar parti yasi) mag'lubiyatga uchradi. Hokimiyat jilovi Leyboristlar partiyasi qo'liga o'tdi. Bu partiya parlamentdagi o'rinlarning uchdan ikki qismini egalladi. Leyboristlar o'zlarining saylov oldi dasturini «Kelajakka boqish» del) ataganlar. Dasturda leyboristlar demokratik sotsializmni qurish maqsadini
ilnari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohotlar yo'li bilan qurishlarini r'lon qildilar.
Dasturda sotsializm inqilobning natijasi bo'lishi kerak emasligi alohida liqlirilgan edi. Xo'sh, leyboristlar qanday jamiyatni demokratik sotsializm tushungan edilar? Ularning demokratik sotsializmi farog'at davlatining nvnan o'zi edi. 27-iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati (l')45—1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi.
I lukumat jiddiy islohotlar o'tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po'lat, ko'mir va gaz, elektroenergiya sanoatini, telegraf va radioaloqa, luc|;iro aviatsiyasi, suv va temir yo'l transportini milliylashtirdi. Milliylash-iiiish sotib olish yo'li bilan amalga oshirildi. 1945—1948-yillarda fuqarolarni tjlimoiy himoya qilish va sug'urtalashning kompleks kafolatli tizimi yaratildi. Unga ko'ra, ishsizlik bo'yicha, mehnat qobiliyatini yo'qotganlik bo'yicha, kasb kasalligi, bevalik bo'yicha nafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari lo'lanadigan bo'ldi.
10 mln. ishchining ish haqi oshirildi. 1948-yildan boshlab tekin meditsina M/inati joriy etildi. Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. 1927-yilda qabul qilingan reaksion ruhdagi kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonun bekor i pi nidi. Hukumat ba'zi bir siyosiy islohotlarga ham qo'l urdi. Chunonchi, I 'M9-yilda Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi — Lordlar palatasi lnKjuqini qisman cheklash to'g'risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga L.n'ra, parlamentning quyi palatasi ma'qullagan qonun loyihasini Lordlar I'.ilatasi tasdiqlamay ushlab turish muddati 2 yildan 1 yilga tushirildi.
I lukumat «Marshall rejasi»ga ko'ra 1948—1950-yillar oralig'ida 3 mlrd. ilollarlik yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan ulilingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch krlindi. Bunga AQSH ning «Lendliz» savdosini to'xtatgani, eksportdan Kcladigan foyda import tovarlari qiymatini ko'zlangan darajada qoplamasligi, l'M9-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan ka-inaylirishga majbur bo'linganligi (1949-yilgacha 1 f. s. qiymati 4 dollarga Icng edi. Endi uning qiymati 2,8 dollarga teng bo'lib qoldi), tashqi qarz in linn foiz to'lovlari sabab bo'ldi. Buning ustiga iqtisodiyotdagi davlat .rkiorini bir maromda ushlab turish ham katta mablag' talab etmoqda edi.
Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur niablag'ga ega bo'la olmadi. Bu borada berilgan va'dalar to'la bajarilmadi. Itn hoi 1951-yilning 25-oktabrida o'tkazilgan navbatdagi parlament saylovida konservatorlarning g'alabasini ta'minladi. U. Cherchill yana hukumat tuz-ili. I lukumat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag'lubiyat sabablarini hisobga uldi. Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq «Mamla-katni moliyaviy sog'lomlashtirish dasturi»ga ko'ra, bu soha xarajatlarini bir iniincha qisqartirdi.Po'lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi. ('hetdan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari keltirish 350 mln. funt sterlinggakamaytirildi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko'tarildi. Eksport hajmi qisqardi. 1952-yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo'ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo'q. Aksincha, bu mamlakatni oltin va valuta zaxirasi kamayishiga olib keldi. Shu tariqa hukumatning iqtisodiyotni sog'lomlashtirish dasturi ko'zlangan natija bermadi.
Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi davom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda iste'fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil bosh-qardilar. U. Cherchilldan so'ng A. Iden (1955—1957) va G. Makmillan (1957—1963) lar hukumatni boshqardilar.
1957—1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy xarajatlar oshib bordi. Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi. Oqibatda jahon bozorida mamlakat mavqei pasaydi. GFR uni 3-o'ringa surib qo'ydi. G. Makmillan hukumati vaziyatni o'nglashga harakat qildi.
Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo'llab-quwatladi. Milliy daromadda davlatning hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi ko'tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961—1965-yillarga mo'ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va hukumat uni tasdiqladi.
Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo'linmadi. Ijtimoiy sohani mablag' bilan ta'minlash og'irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi. mwAyni paytda mustamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951 —1964-yillar oralig'idagi yillarni «bekor o'tgan 13 yil» deb atadi. Saylovda g'alaba qilsa, iqtisodiyotning qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirish yo'li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta tiklashga va'da berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini rivojlantirishga katta umid bog'ladi. Shu maqsadda 1965-yilda parlament birinchi «Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qilishiga erishdi.
Ayni paytda, mamlakat moliyaviy ahvolini muqimlashtirish maqsadida, hukumat ish haqi va narxning o'sishini «oqilona» cheklab qo'yish siyosatini yurita boshladi. Bu siyosat narx-navo va daromadlar siyosati deb nom oldi. Dastlab bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo'lsa, 1966-yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 5 foiz o'sishini rejalashtirgan bo'lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyboristlar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar. Buning ustiga funt sterling qiymatini dollarga nisbatan kamaytirish ham ko'zlangan natijani bermadi.
Bundan tashqari, G. Vilsonning Buyuk Britaniyani «Umumiy bozor» ga a'zolikka qabul qildirish yo'lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog'langanlikda ayblab, uning «Umumiy bozor» ga qabul qilinishiga qarshilik ko'rsatdi. Bu omillar leyboristlar hukumatining obro'siga ta'sir etmay qolmadi. 1970-yilning 18-iyunida o'tkazilgan parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g'alaba qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.
E. Xit hukumati davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ijtimoiy sohalar harajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yordam puli berish to'xtatildi. «Narx-navo va daromadlar* siyosati bekor qilindi. Bu mamlakatda keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki baravar favqulodda holat joriy qilishga majbur bo'ldi.1971-yilda «Mehnat munosabatlari islohoti to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun tred-yunionlarning huquqini cheklab qo'ydi. Natijada hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasida keskinlik vujudga keldi. Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.
1973—1974-yillar qishida tog'-kon sanoatida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda E. Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo'ldi. 1974-yilning 28-fevralida bo'lib o'tgan parlament saylovida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi. U «Narx-navo va daromadlar siyosati»ning yangi variantini qo'lladi. Bu variant ijtimoiy shartnoma» deb nom oldi. Bu hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasidagi shartnoma edi. Shartnomaga ko'ra, tred-yunionlar ish haqinyiliga 5 foizgacha oshirish talabidan tiyilib turish, hukumat esa narx-navo o'sishini to'xtatib turish majburiyatini oldi.Biroq 1976-yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumat -ning harakatlarini amalda yo'qqa chiqardi. G. Vilson o'z ixtiyori bilan iste'fo berishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini J. Kallagen (1976—1979) egalladi. Biroq u ham mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. 1979-yilda mamlakatda ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln. kishiga yetdi.
Buning ustiga J. Kallagen hukumati o'tkir ichki siyosiy muammo —
'Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya Respublikasiga qo'shish uchun kurashdi. Bunga javoban protestantlarning yashirin harbiy tashkiloti ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon tartib o'rnatish uchun yuborilgan ingliz soldatlarini nishonga ola boshladi. Natijada uch tomondan ham ko'plab kishilar halok bo'ldi.
Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Oqibatda 1979-yilda o'tkazilgan parlament saylovida bu partiya mag'lubiyatga uchradi. G'alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o'z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.
Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979—1990-yillar oralig'idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro' qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi:
a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko'ra hokimiyat siyosiy yo'lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo'llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo'lishi kerak;
b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo'lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni aslo bo'g'masligi kerak;
d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o'zini o'zi ta'minlasin. O'ziga bog'liq bo'lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko'rsatadi;
e) kamomadsiz budjet bo'lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;
f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar man feat la riga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi
Hukumat kam samarali va zarar ko'rib ishlovchi korxonalarni saqlab turish uchun mablag' ajratishni to'xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbir davlat budjetiga 28 mlrd. f. s. olib keldi.
Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo'ldi. Davlat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln. oila imtiyozli ravishda turar joy sotib olishga erishdi.
1990-yilga kelib 65 foiz oila o'zining shaxsiy uy-joyiga ega bo'ldi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o'rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta'minot unga haqiqatan ham muhtoj bo'lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln. yangi ishchi o'rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o'z navbatida, 1983, 1987 va 1991-yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining g'alabasini va ularning uz-luksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta'minladi.
Biroq 90-yillarda vaziyat o'zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo'lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan
qat'i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortishyo'li bilan vaziyatdan chiqmoqchi bo'ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda M. Tetcher o'z xohishi bilan iste'foga chiqdi. Yangi bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U «Teng imkoniyatlar jamiyati» barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq bundan ko'zlangan maqsadga erishilmadi. 1997-yilgi va 2001-yilgi parlament saylovida Leybo-ristlar partiyasi g'alaba qozondi. Toni Bier boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi. Shotlandiya va Uels mahalliy millatchilari 1997—1998-yillarda o'z parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e'lon qildilar.
Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar va protestantlar-ning to'qnashuvi davom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o'rtasidagi munosabatni bir muncha bo'lsa-da kelishtirishga erishdi. Biroq 2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi saylovlarda Toni Bier yana g'alaba qildi.
Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o'ynab keldi. Ikkinchi
jahon urushidan keyin esa ahvol o'zgardi. Endi birinchilik AQSH ga o'tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o'rni alohida 3 yo'nalishdabajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo'ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G'arbning yetakchi dav-latlaridan biri bo'lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo'stlik mamlakatlari boshlig'i edi.
Buyuk Britaniya birdaniga AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo'q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o'rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz-amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd. dollar qarz beradigan bo'ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi.
Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko'ra ham katta miqdorda yordam ko'rsatildi. Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo'ydi.
Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo'ldi. 1949-yilda NATO ni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFR ni qurollantirish va uni NATO ga tortish to'g'risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo'ldi. 1957-yilda o'z hudu-diga AQSH ning o'rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o'tkazdi.
60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo'ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to'g'risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSH ning Vetnamga qarshi urushini qo'llab-quwatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni — ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to'g'risida bitim imzoladi.
1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning a'zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va Hamdo'stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o'ynay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga imkon beradigan strategik qurolga ega bo'lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e'tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o'ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o'z qo'shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu orol asli Argentinaga qarashli bo'lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o'z imperiyasi tarkibiga qo'shib olgan edi.
Buyuk Britaniya orolga o'z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda bayrog'ini qayta tikladi. M. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo'r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada o'zining alohida fikriga ega bo'ldi.
Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo'llab-quwatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.
1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo'shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o'zgarish yuz berganligining isboti bo'ldi. 2002-yildagi AQSH ning Afg'onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o'z qo'shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban 2005-yil iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o'tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo'ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
1991-yilda Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabat o'rnatildi. 1993-yilning 17—19-iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O'zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.