Reja: 1 Siyrak biriktiruvchi to’qima tarkibidagi hujayralar



Download 33,33 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2022
Hajmi33,33 Kb.
#492830
1   2   3   4
Bog'liq
referat

7.Pigment hujayralari ovalsimon yoki cho’zinchoq shaklda bo’lib atrofida uzunligi har xil mayda o’simtalar bo’ladi. Odamlarga pigmentlar to’g’ri ichakning tashqi chiqaruv teshigi atrofida, yorg’oqda, ko’krak surg’ichlarining atrofida, ko’zning tomirlari va rangdor pardalarda uchraydi. Bu hujayralarga melanoblastlar deyiladi. Pigment hujayrasi sitoplazmasida melanin pigmentning mayda donachalari bor. Bu donachalar ultrabinafsha nurlar ta`sirida kamayib ko’payib turadi. U terozinaza fermenti ta`sirida tirozin aminikislotasidan hosil bo’ladi, uning asosiy vazifasi organizmni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlashdir.
8.Adventisial (kombial) hujayralar asosan kapilyar qon tomirlar atrofida ko’p rivojlangan bo’ladi. Duksimon shaklda o’rtasida 1 ta yadrosi bor, organoidlari kam rivojlangan.
9.Perisitlar endoteliy hujayralarining bazal membrana bilan tutashgan qismidagi oraliqdagi ko’p o’simtalarga ega hujayra ko’rilgan bo’lib unga perisit yoki perikapilyar deb aytiladi. Qon tomirlari devorida adventisial hujayralar uchraydi. Ko’p olimlar adventisial va perisit hujayralar 1 ta hujayra deb yuritgan.Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari va oraliq moddadan tashkil topgan bo`lib, unda biriktiruvchi to`qimaning barcha turlariga xos hujayralarni uchratish mumkin. Hujayra oraliq moddasida siyrak, turli yo`nalishda yotuvchi tolalar joylashadi. Hujayralararo modda ko’p bo’lgani uchun biriktiruvchi to’qimaning funktsiyasi oraliq moddaning fizik-ximiyaviy xossalariga bog’liq. Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima kuchli regeneratsiya qobiliyati, yuqori plastik va adaptatsion imkoniyati bilan xarakterlidir. Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima organizmning turli organ to`qimalari tarkibida bo`ladi va doimo qon tomirlar devori bo`ylab joylashadi. U biriktiruvchi to`qimaning boshqa turlari uchun ham xos bo`lgan trofik, himoya, plastik va mexanik tayanch vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining doimiyligini gomeostazni belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda vositasida bajariladi. Biriktiruvchi to`qima morfologiyasini o`rganish shu to`qimaning kasalliklarini kollagenozlarni va turli jarayonlarga bo`lgan javobini tushunishga yordam beradi.
2.Siyrak biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast, makrofag, plazmatik plazmotsit, to`qima bazofili semiz hujayra, peritsit, retikulyar, adipotsit lipotsit yoki yog` hujayra, pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan tashqari, biriktiruvchi to`qimada qon orqali o`tgan qon shaklli elementlar leykotsitlar ham uch-raydi
Misol uchun: Fibroblastlar biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik 20 mkm ga yaqin noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan qismdir. Fibroblast yadrosi yirik, cho`zinchoq shaklda bo`lib, o`zida asosan mayda euxromatin tutadi. Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra differentsiallanishi davomida yadrochalar yo`qolib boradi. Hujayra sitoplazmasining submikroskopik tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bog`liqdir. Kam differentsiallashgan fibroblastlarda hujayra organellalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Sitoplazmada juda yaxshi rivojlangan endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko`rish mumkin Gistoximiyaviy analiz hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar borligini ko`rsatdi.
Makrofaglar biriktiruvchi to`qimaning fibroblastlardan keyingi ko`p uchraydigan hujayralari hisoblanib, biriktiruvchi to`qima hujayralarining taxminan 10-20% ini tashkil qiladi. Bu hujayralarning ikki turi farq qilinadi:siyrak biriktiruvchi to`qimada joylashgan erkin makrofaglar va o`troq makrofaglar.
3.Siyrak biriktiruvchi to`qimaning hujayralararo moddasi amorf asosiy moddadan va uch turli tolalardan iborat. Kollagen va elastik tola tolalarning asosiy qismini tashkil etib, unda retikulyar tolalar kam uchraydi. Amorf modda va tolalar asl biriktiruvchi to`qimaning hamma turlarida har xil nisbatda uchraydi. Shuning uchun quyida keltirilgan hujayralararo moddaning tuzilishi biriktiruvchi to`qi-maning hamma turlari uchun tegishlidir. Asosiy, amorf yoki sement modda gomogen massa bo`lpb, kolloiddan iborat. Amorf modda biriktiruvchi to`qima takomilining ilk bosqichlarida hosil bo`lib, avvaliga tolalar ko`proq bo`ladi keyinchalik,amorf modda differensiallashib, biriktiruvchi to`qimaning bir turida, masalan, terida kam, tog`ayda esa ko`proq glikozaminoglikanlar mukopolisaxaridlar tutadi. Normal sharoitda asosiy modda gel konsistentsiyasiga ega. Uning tarkibiga biriktiruvchi to`qima hujayralarida sintezlanuvchi moddalar sulfatlangan glikozaminoglikanlar-xondroitin-sulfat, geparinsulfat, keratinsulfat, gialuron kislota; fermentlar, immun tanachalar va qon tomir orqali keluvchi moddalar albumin, globulin, vitaminlar, gormonlar, ionlar, suv, fermentlar, immun tanachalar va metabolitlar kiradi. Bu komponentlarning miqdori fiziologik va patologik holatlarda o`zgarib turadi. Glikozaminoglikanlar, xususan, gialuron kislota, xondroitinsulfat va geparinsulfat asosan oqsillar bilan kompleks holatda bo`ladi. Amorf moddaning miqdori birik-tiruvchi to`qimaning turli qismlarida turlicha. Qon tomir kapillyarlari atrofida, yog` hujayralari to`plangan joylarda yoki retikulyar hujayra ko`p bo`lgan qismlarda amorf modda kam bo`ladi. Lekin biriktiruvchi to`qimaning epiteliy bilan chegaradosh qismlarida amorf modda ko`p. Bu yerda amorf modda kollagen va retikulyar tolalar bilan birga chegara membranasini hosil qiladi. Asosiy modda turli moddalarni qon tomirdan hujayraga yoki metabolizm qoldiqlarini hujayradan qonga o`tishida asosiy tuzilma sanaladi. Uning o`tkazuvchanligi glikozaminoglikanlar konsentratsiyasiga va boshqa fizik-kimyoviy holatlarga bog`liq. Gistamin va gialuronidaza fermenti ta’sirida amorf moddaning o`tkazuvchanligi keskin oshadi. Shunday qilib, amorf modda organizmda modda almashinuvida muhim o`rin tutib, uning o`zgarishi turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
4.Kollagen tolalar siyrak biriktiruvchi to`qimada turli yo`nalishda yotuvchi to`g`ri yoki egri-bugri tortmalar holida joylashadi. Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil - kollagen bo`lib, u fibroblast hujayralarida polipeptid zanjirlar shaklida hosil bo`la boshlaydi. Har bir zanjir uch turli aminokislotadan iborat bo`lib, ulardan birinchisi xohlagan aminokislota, ikkinchisi prolin yoki lizin, uchinchisi esa glitsindir.
Bu aminokislotalar zanjirda ko`p marta xuddi shu tartibda qaytariladi. Hozirgi vaqtda kollagenning 12 tipi mavjud. Bu tiplar har xil a’zolarda bo`lgan kollagenning ximiyaviy tarkibi, joylashishi va xususiyatlariga ko`ra tafovut qilinadi:
I tip-terida, suyakda, ko`z muguz pardasida, sklerada uchraydi.
II tip - gialin va tolali tog`aylarda joylashadi.dalang chiziqlar.
III tip - homila terisining dermasida, retikulyar to`qimada va yirik qon tomirlar devorida uchraydi.
IV tip - bazal membranalarda va ko`z gavharini o`rovchi kapsulada joylashadi.
Qolgan V-XII tipdagi kollagenlarning xususiyatlari hali aniq emas.
Kollagen tolalarda glitsin, prolin, oksiprolin, glyutamin, asparagin kabi aminokislotalar ko`p bo`lib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar kam. Kollagen tolalar juda pishiq va cho`zilmaydi.
Elastik tolalarning hosil bo`lishi kollagen tolalarning hosil bo`lishiga o`xshaydi. Fibroblastlar elastik tolalarning ham hosil bo`lishida ishtirok etadi. Elastik tolalar tolali biriktiruvchi to`qimada va biriktiruvchi to`qimaning ba’zi boshqa turlarida uchraydi. Ular maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda kollagen tolalardan aniq ajralib ko`rinadi. Elastik tolalar qalinligi 8-20 nm keladigan fibrillalardan hosil bo`lib, tolalar qalinligi siyrak biriktiruvchi to`qimada 1-3 mkm bo`lsa, elastik bog`lamlarda 8- 10 mkm gacha yetadi. Elastik tolalarda kollagendan farqli ravishda ko`ndalang chiziqlik yo`q. Bu holat elastik tolani hosil qiluvchi oqsillarning betartib joylashishi bilan ta’riflanadi. Elastik tola oqsillari umumiy qilib elastin deb ataladi.Elastik tolalarda bir-biridan farqlanuvchi oqsillar borki, bu oqsillar aminokislotalar tarkibi kollagen oqsilidan boshqachadir. Kollagenga nisbatan bu oqsillarda glitsin va prolin kabi aminokislotalar ko`p bo`lib, glyutamin, asparagin kislota, oksiprolin, arginin va boshqalar ancha kam. Bundan tashqari, elastik tolalardagi oqsil o`zida sistin aminokislotasini tutmaydi. Uning o`rniga bu oqsilda aminokislotalar hosilasi bo`lgan desmozin va izodesmozin bo`lib, bu hosilalar elastik tolaning cho`ziluvchanligini ta’minlaydi. Elastik tolalar yaxshi cho`ziladi, lekin uzilishi ham oson. Elastik tolalarda vaqt o`tishi bilan mineral tuzlar o`tirib, uni sinuvchan qilib qo`yadi.Biriktiruvchi to`qimaning ba’zi turlarida, qon yaratuvchi a’zolar stromasida, jigarda, qon tomirlar asosan kapillyarlar , mushak va nerv tolalari atrofida kollagen va elastik tolalardan tashqari retikulyar yoki retikulin tolalar ham uchraydi. Bu tolalar III tipdagi kollagenga kirib, kumush tuzlari bilan impregnatsiya qilinganda aniq ko`ringani uchun ba’zan argirofil tolalar deb ham yuritiladi. Retikulyar tola deb nomlanishi ularning to`r hosil qilishini bildiradi. Retikulyar tolalarning tuzilishi yaxshi o`rganilmagan bo`lsa ham, ma’lum faktlar bu tolalar oqsildan – retykulindan tuzilganligini ko`rsatadi. Retikulii oqsili kollagen va elastik tolalardagi oqsillardan serin, oksilizin va glyutamin Aminokislotalarining ko`pligi bilan ajralib turadi. Oqsil mikrofibrillalari taxminan 40-60 nm qalinlikda bo`lib, ularda ham xuddi kollagen protofibrillalaridagi kabi ko`ndalang chiziqlik ko`rinadi. Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli.
5.Immunologik reaktsiya, yallig`lanish, regeneratsiya qatnashadi. U biriktiruvchi to`qimaning boshqa turlari uchun ham xos bo`lgan trofik, himoya, plastik va mexanik ayanch vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining doimiyligini gomeostazni belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda vositasida bajariladi. SIYRAK TOLALI SHAKLLANMAGAN BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA
Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari va oraliq moddadan tashkil topgan bo`lib, unda biriktiruvchi to`qimaning barcha turlariga xos hujayralarni uchratish mumkin. Hujayra oraliq moddasida siyrak, turli yo`nalishda yotuvchi tolalar joylashadi. Hujayralararo modda ko’p bo’lgani uchun biriktiruvchi to’qimaning funktsiyasi oraliq moddaning fizik-ximiyaviy xossalariga bog’liq.Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima kuchli regeneratsiya qobiliyati, yuqori plastik va adaptatsion imkoniyati bilan xarakterlidir.Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima organizmning turli organ to`qimalari tarkibida bo`ladi va doimo qon tomirlar devori bo`ylab joylashadi. U biriktiruvchi to`qimaning boshqa turlari uchun ham xos bo`lgan trofik, himoya, plastik va mexanik (tayanch) vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining

doimiyligini (gomeostazni) belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda vositasida bajariladi.Biriktiruvchi to`qima morfologiyasini o`rganish shu to`qimaning kasalliklarini (kollagenozlarni) va turli jarayonlarga bo`lgan javobini (immunologik reaktsiya, yallig`lanish, regeneratsiya) tushunishga yordam beradi.



Download 33,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish