Reja: 1 Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan



Download 34,04 Kb.
bet2/4
Sana25.06.2022
Hajmi34,04 Kb.
#703603
1   2   3   4
Bog'liq
Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va hisob-kitoblarni taqdim qilish jarayoni

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan

usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli)





Ko‘rsatkichlar


1999 yilga qadar


1999 yildan keyin


Oborot


qo‘shilgan qiymat solig‘i


oborot


qo‘shilgan qiymat solig‘i

Hisobot davrida sotib olingan xom-ashyo, materiallar


100

20

100

20


Ishlab chiqarishga ishlatilgan xom-ashyo, materiallar


50

10

50

10


Tovarlar (ish va xizmatlar)ni sotish oboroti, ya‘ni soliqqa tortiladigan oborot


200

40

200

40


Budjetga hisoblangan soliq summasi


X

30 (40-10)

X

20 (40-20)

1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini qo‘llanilishiga olib keldi, ya‘ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta‘minladi va bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat‘iy nazar, hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq summasi hisobvaraq faktura asosida budjet bilan hisob-kitobga olib boriladigan bo‘ldi. Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot mablag‘larini chetlanishini keskin kamaytiradi.



2)Qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to‘ldirish tartibi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni korxona ortib boruvchi yakun bilan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi Davlat soliq idoralariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan va yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hiobot topshirilgan muddatda taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda hisobot davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va ma‘muriy jazo – choralarini qo‘llanishiga olib keladi.
Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‘laydi. Agar korxona hisoblangan soliq summasini budjetga o‘z vaqtida o‘tkazib bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas’ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishiga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga nisbatan ma‘muriy chora qo‘llanilmaydi.
1998 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan korxonalar ham tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‘rsatganda hisobvaraq fakturani to‘ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi.
Hisobvaraq-faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklab jo‘natilishi, ish va xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi.
Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi, jo‘natiladigan tovarlar bo‘yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda soliq to‘lovchi va xaridorning nomi, manzili STIRi va shu kabi rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Jadvalli shaklni to‘ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak (6-ilova):
  • 1-ustunda, tovarlar (ish va xizmatlar) nomi;


  • 2-ustunda tovarlarning o‘lchov birligi (dona, metr, kg, va xokazo);


  • 3-ustunda yuklab jo‘natiladigan tovarlarning miqdori yoki soni;


  • 4-ustunda tovarlarning shartnoma bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘isiz narxi;


  • 5-ustunda tovarlarning jami etkazib berish qiymati (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz);


  • 6-ustunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi, agar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lsa chiziqcha tortib qo‘yiladi;


  • 7-ustunda jo‘natilayotgan tovarlar bo‘yicha tegishli stavkalarga ko‘ra hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;


  • 8-ustunda, jo‘natilayotgan tovarlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan hisoblangan summasi.


Soliq kodeksiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 6- va 7- ustunga “Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiz” degan shtampini qo‘yishadi, agar shtamp bo‘lmasa qo‘lda yozib qo‘yishadi va 8 ustunni to‘ldirishmaydi.


Agarda korxona aksiz osti tovarlar ishlab chiqarsa unda hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha ustunlar kiritiladi va ushbu ustunlarda aksiz stavkasi va summasi aks ettiriladi (chunki aksiz summasi ham qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi).
Hisobvaraq-faktura korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Hisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona tomonidan 2 nusxada to‘ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilangan tartibda hisobga kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa korxonaning o‘zida qoladi.
Ta‘kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni ko‘rsatadigan korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda kassa cheki yoki xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i ajralib turishi lozim.
O‘z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz etkazib beradigan korxonalar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar iste‘molchi­larga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi.
Banklar uchun, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo‘lib mijoz shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma hisoblanadi.
Lizing operatsiyalari bo‘yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura bo‘lib lizing ob‘ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‘loviga qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda, hisobvaraq-faktura o‘rniga birlamchi hujjat bo‘lib quyidagi hujjatlar:
- sug‘urta korxonalari uchun - sug‘urta polisi;
- sug‘urta agentlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i (agentlik bitimi);
- sug‘urta brokerlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‘lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz etkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun “Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.


Download 34,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish