Reja: 1 O’zbekistonda elektir energiyani asosiy ko’rsatkichlari



Download 484,5 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi484,5 Kb.
#903591
  1   2
Bog'liq
Elektr energiyani asosiy ko’rsatkichlari

Elektr energiyani asosiy ko’rsatkichlari


Reja:
1 O’zbekistonda elektir energiyani asosiy ko’rsatkichlari
2 Issiqlik elektir stansiyasi
3 Dunyo bo’yicha elektir energiyani asosiy ko’rsatkichlari
1 O’zbekistonda elektir energiyani asosiy ko’rsatkichlari
O’zbekiston rivojlangan elektroenergetika tizimiga ega. Respublikamizda umumiy quvvati 11200 mvt ga teng 37 elektrostansiya ishlaydi.Shundan 9800 mvt issiqlik stansiyalariga to’g’ri keladi.Barcha elektrostansiyalar quvvaqti 1 yilda 56-57 mlrd kvt s.ga teng elektroenergiya ishlab chiqarish imkonyatiga ega.
Issiqlik elektrostansiyalari ichida Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy GRES lari har birining quvvati 1000 mvt dan oshadi.O’rta Osiyodagi eng yirik Tallimarjon GRES ining qurulishi davom etmoqda.
O’zbekistonda elektr istemoli asosan 86% IES dan olinadi. 14% esa GIS
Mamlakatizmizda ekektr istemoli yildan yilga oshib boryabdi. IES si qayta tiklanmedigon yoqilg’ilardan foydalanamiz. Ular ko’mir, neft,gaz lardan foydalanamiz ular malim bir yil o’tib zaxiralar tugab boradi.
Biz O’zbekistonda qayta tiklanuvchi shamol, Quyosh, suv shularni rivojlantirishimiz kerak takomillashtirishimiz kerak

2 Issiqlik elektir stansiyasi — 
Qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi (yana qarang: Issshushk elektr markazi).
Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t.-yil transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.
Issiqlik elektr stansiyasi 19-asr 80-yillarida kurila boshlagan. Ilk issiqlik elektr stansiyasi New Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki issiqlik elektr stansiyasini muhandis M. K. Polivanov Moskvada qurgan (1906). Oʻzbekistonda dastlabki issiqlik stansiyasi 20-asr boshlarida qurilgan (qarang Issiqlik energetikasi). Oʻzbekistonda 10 ta issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). Issiqlik elektr stansiyasi avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.

Yaqin vaqtlargacha ko‘plab davlatlar atom energetikasiga elektr quvvatini uzilishlarsiz yetkazib berishning yagona varianti sifatida qaragandi. Biroq, hozirgi paytda gidroelektrostansiyalarning rivoji ancha samarali usul sanaladi – o‘tgan yilda gidroenergetika jahondagi qayta tiklanuvchi elektr quvvatining 63 foizi va umuman barcha elektr energiyasining 17 foizi bilan ta'minlab berdi. Bu sohada Xitoy, Kanada va Braziliya yetakchilikni ushlab turibdi. Aftidan, yaqin o‘n yil ichida boshqa mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga ko‘proq e'tibor qaratishni boshlaydi. Agarda muvaffaqiyatga erishiladigan bo‘lsa, insoniyatni toza va qariyb bepul elektr quvvati davri kutmoqda.



Download 484,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish