Reja: 1 Islom dini



Download 31,38 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi31,38 Kb.
#197931
Bog'liq
Islom ta`limoti


MAVZU: Islom ta`limoti

REJA:

1 Islom dini

2 Islom dinining 5 ustuni

3 Islom dinining muhim xususiyatlari

Islom (arabcha — boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.

Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad(s.a.v) sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad(s.a.v)ni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad(s.a.v) oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim (a.s) Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim (a.s) ga nozil boʻlgan dinidir.

Muhammad(s.a.v)ga, 40 yoshida(milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammad(s.a.v)ni yolgʻonchiga chiqarib judda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yimda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammad(s.a.v)ni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muxojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad(s.a.v) bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Hudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi (rasuli) deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad(s.a.v) vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Muhammad(s.a.v) vafotidan soʻng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon Ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7-8 asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi).

Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan soʻzi deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, 8-12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.

Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, 8-asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.

Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:


  • 1) Kalimai shahodat;

  • 2) Namoz oʻqish;

  • 3) Roʻza tutish;

  • 4) Zakot berish;

  • 5) imkoniyat topilsa haj qilish.

Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa, Markaziy Osiyo musulmonlari orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra fol ochish va fol ochdirish harom qilingan, yaʼni taʼqiqlangan.

Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qoʻshdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami — "Al-Jomiʼ as-Sahih" Islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori baholanadigan „Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot“ risolasini taʼlif etgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burhoniddin Margʻinoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (qarang Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda oʻziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Aʼzam, Najmiddin Kubro, Soʻfi Olloyor, Xoʻja Ahror, Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon eʼtiqodini xalq dunyoqarashi bilan uygʻunlashtirganliklari tufayli Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, meʼmorlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi.

Islom dini musulmon mamlakatlari sanʼatida oʻz izini qoldirdi. Meʼmorlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqoh, Madrasa va boshqa)ning paydo boʻlishiga hamda keng tarqalishiga sabab boʻldi. Islom dini paydo boʻlgan davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad suratkashlikni qattiq taʼqiqlab qoʻygan edi. Shu asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy sanʼatning bu turini taʼqiqlangan ishlar qatoriga qoʻshganlar. Bundan ular amaliy sanʼat turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va oʻsimliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab — paygʻambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sigʻinib ketish xavfining mavjudligi boʻlgan. 15-asrga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga boʻlgan imon va eʼtiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini eʼtiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Maxmud Muzahhibga oʻxshash miniatyura sanʼatini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. 20-21-asrlarga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu sanʼatga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sigʻinishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasligi eʼtirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qoʻgʻirchoklar taʼqiq doirasiga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga koʻra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy sanʼat turlari taqiqlanmaydi. Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa maqolasiga q.

Musulmon Sharqi 8- 11-asrlarda taraqqiyotda Gʻarbdan oldinda edi: gʻarb olimlari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; gʻarb savdogari Islom dunyosidagi savdoning koʻlamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari gʻarbda zeb-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati gʻarb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, albatta. Ammo 12-13-asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab turgʻunlik, soʻng tanazzulga yuz tuta boshladi. Baʼzilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga toʻsiq boʻldi, deya unga katta ayb qoʻymoqchi boʻladilar. Aslida soʻnggi oʻrta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsha davrdagi Islomning oʻzi ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi.

19-asr boshidan 20-asrning 2-yarmigacha oʻtgan bir yarim asrlik davr Islomning rivojlanishida muhim burilish bosqichi boʻldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi oʻzgarishlar yangi sinf — milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik qarakatining avj olishi — bularning hammasi Islomning jamiyatdagi mavqeiga boʻlgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni Islom nuqtai nazaridan baholashda ham oʻzgarishlar yasadi. Islom diniy-falsafiy va huquqiy meʼyorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-asr oʻrtalaridan boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu jarayonni koʻpgina tadqiqotchilar „Islom islohotchiligi“ deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda roʻy berdi. Ikkinchidan, „Islom islohotchiligi“ dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon boʻldi va sof ilohiyotga doir masalalarga daxli boʻlmadi. Uchinchidan, Islomda xristianlarnikiga oʻxshash cherkov bilan ruhoniylarni bogʻlab turuvchi tizim boʻlmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy taʼsir qildi.

Oʻrta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Musulmon huquqi tizimining oʻzi ham muayyan darajada oʻzgardi: shariat sudlari huquqi asta-sekin cheklana bordi; 19-asr oʻrtalariga kelib, Usmoniylar imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qoʻyildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda koʻzda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va boshqa huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat siyosati (islohotlar) tufayli Islomning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va huquqshunoslarini Islomning bir qancha anʼanaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur eta boshladi. Biroq, bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa choʻzilib ketdi. Bu, jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada oʻz aksini topdi. 1899-yilda mufti Muhammad Abdu bank omonatlari va ulardan foiz olish sudxoʻrlikka kirmaydi, binobarin, u man qilingan ribo hisoblanmaydi, degan fatvo chiqardi. Bu fatvo mavjud moliya tizimini milliy sarmoyadorlar manfaatiga moslashtirdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi boshqa anʼanaviy tamoyillarni ham yangicha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida roʻy bergan oʻzgarish juda muhim rol oʻynadi. Bu, avvalo, milliy oʻzini anglash jarayoniga taalluqlidir. Shu jarayon davomida Islomning barcha musulmonlarning birligi toʻgʻrisidagi anʼanaviy qoidasi yangicha maʼno kasb etdi. Jamoliddin al-Afgʻoniy musulmonlarning birdamligi gʻoyasini koʻtarib chiqdi. M. Abdu, J. Afgʻoniy, Rashid Rizo va boshqaning gʻoyalari milliy ozodlik harakatlariga turtki bulib koʻpchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol oʻynadi. Ayni vaqtda Islom birdamligi gʻoyasiga asoslangan xalqaro Islom harakati shakllana boshladi: 1926-yilda birinchi xalqaro musulmon tashkiloti — Islom olami kongressi (Muʼtamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, Islomning goʻyo Muhammad zamonidagi „asl“ tamoyillariga qaytishga daʼvat etishga turli fundamentalistik oqimlar (qarang Vahobbiylik) va ularning tarkibida oʻz gʻoyalari uchun kurashda terror usuliga tayanuvchi guruhlar, ekstremistik toʻdalar paydo boʻldi. 20-asrning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat oʻrnatish masalasida ham Islom omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir boʻldi (Eron islom inqilobi, Liviya Jamohiriyasi va boshqa).

Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo’lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko’pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar:

imon;

namoz (arabcha – salot);


zakot;

 ro’za (arabcha – savm);

hajj;

ASOSIY QISM

Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo’qolib, yangi teologik maktablar paydo bo’lgan. Shuningdek, ko’p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo’li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo’ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo’ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud:

«Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning yetti sharti bor. Ular:

–  Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va Muhammad payg’ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. Ibodat qilish va sig’inishga undan o’zga loyiq zot yo’q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg’ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug’magan, tug’ilmagan va uning tengi yo’qdir» (Qur’on, 112:1-4);

–  farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so’zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabro’il (Jibril), Miko’il (Mikol) kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg’ambarlarga Allohning vahylarini yetkazish bo’lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo’lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «Kirom kotibun» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko’p yerda so’z yuritilgan. Ularga ishonish imonning shartlaridandir;

–  ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad payg’ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg’ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo’lganlari: Ibrohim payg’ambarga «Sahifalar», Muso payg’ambarga «Tavrot», Dovud payg’ambarga «Zabur» va Iso payg’ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan boshqa payg’ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar berilmagan. Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko’ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan;

–  payg’ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish uchun payg’ambarlar yuborgan. Barcha payg’ambarlar bir zanjirning bo’g’inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg’ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg’ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart;

–  Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo’lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko’ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g’oyalaridan biridir;

–  taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga – e’tiqod qilish. Yuqorida aytib o’tilganidek, islomning ma’nosi «taslim bo’lmoq», «o’zini topshirmoq»dir. Shunga binoan, inson hayotda ro’baro’ bo’ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o’zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. Yaxshiliklarga shukr qilmog’i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog’i imonning shartlaridan biridir;

–  o’limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga ko’ra, qiyomat kuni bo’lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig’iladilar. U yerda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do’zax)ga mahkum etiladilar.

Namoz. Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to’liq bayon etilmagan bo’lsa ham, ammo u haqda ba’zi ko’rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo’lib, ular negizida turli mazhab ta’limotlari shakllandi. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o’z bo’yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to’liq botgunga qadar), shom – (quyosh to’liq botganidan ufqdagi qizillik yo’qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.

Zakot. Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo’lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot yetim-yesir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo’lida yurganlar, zakot yig’uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag’dan beriladi. Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o’zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo’lida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Ro’za. Ro’za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo’lishdan tiyilish. Ro’za Hijratning ikkinchi yili farz bo’lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo’lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro’zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro’za tutishi lozim bo’ladi. Shuningdek, ro’za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro’za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro’za tutiladi.

Haj – qodir bo’lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o’z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O’rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati yetganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog’lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.

Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan imon va boshqa e’tiqod masalalari – ilm al-aqo’id (ilohiyot) ilmida o’rganilsa, keyingi 4 masala – ibodat masalalari boshqa ko’pgina savollar bilan ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o’rganiladi.

Tasavvuf – islomdagi mistik­asketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. Qadimiy Sharq va yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan o’rta asrlarda uning roli katta bo’ldi.

O’rta asrlarda xristianlikda mistitsizmning ikki yo’nalishi – mavjud bo’lib, ular ortodoksal­cherkov mistitsizmi va yeretik mistitsizm edi. Birinchisiga ko’ra, inson butunlay Xudoning hukmiga bo’ysungan bo’lib, uning xohishiga qarab unga yetishishi mumkin bo’lsa, ikkinchisining ta’limotiga ko’ra, inson o’z harakatlari bilan ham Xudoga yetishishi mumkin, deyiladi.

Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiylik mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini «svf» («sof bo’lmoq») o’zagidan yoki «ahl as­suffa» (Payg’ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig’iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar. G’arbiy Yevropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yunoncha – «hikmat» (sophia) so’zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo’lishgan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, Shamsiddin Somiy (1850-1905) esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. Shayx Saffet Yetkin ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo’liga suluk solgan kishilarning «sufiya» ismi bilan mashhur bo’lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo’lgan, degan dalillarni ilgari suradi va «sufiy» so’zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi. Endilikda bu so’zning «suf» (jun chopon) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi o’rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.

Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning Abu­ ­Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at­tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik­asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy­ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy­g’oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish mumkin.

Ilk davr sufiylari, aniqrog’i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k.

Sufiylik ta’limoti mu’taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga ko’r­ko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zma­so’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhoniyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish – ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak psixolog, Ilm al­qulub va­l­xavotir (Qalblar va fikrlar ilmi)ga asos solgan al ­Hasan al­ Basriy (v. 728 y.) sufiylikning asoschilaridan hisoblanadi.

Al­ Hasan al­ Basriyning ashoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, Rabi’a al­Adaviya (v. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-Balxiy (v. 770 y.) va Fuzayl ibn Iyod (v. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VIII­IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.

IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning ahvol, maqomotlariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiylikka «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga olib boradigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’z­o’zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun ibodatning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’u beriladi. Bag’dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan ta’limotning Xurosonda ham ko’plab tarafdorlari topildi va ular keyinchalik «malomatiylar» nomini oldilar.

Tasavvufda Allohga yetishish (vasl) – unga qo’shilib ketish (baqo) bilan bo’lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli bo’lmaganligi va mazkur g’oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur al­Halloj (qatli 922 y.), Ibn Ato, Ayn al­Qudot al­Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.

Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo’sinda: bunga ko’ra, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o’z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (v. 776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (v. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-Shibliy (v. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-Bag’dodiy (v. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robi’a al-Adaviyadir (v. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’lagidir.

Islom dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U oʻziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni oʻtadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qurʼon davri deb atash mumkin. Qurʼoni karimda oʻz aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. 

O’zbеkiston Rеspublikasida davlat va din munosabatlari. Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi: sobiq sovеt tuzumining dinga atеistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap kеtar ekan, eng avvalo, dunyoviy davlat tushunchasini anglab olish zarur. Dunyoviy davlatning xususiyatlari quyidagicha:

- din davlatdan ajratiladi;

- din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi;

- davlat diniy tashkilotlar zimmasiga hеch qanday vazifa bajarishni yuklamaydi;

- davlat diniy tashkilotlarning davlat qonunlariga zid bo’lmagan faoliyatiga aralashmaydi;

- fuqarolar uchun vijdon erkinligi e'lon qilinadi;

- biror dinga imtiyoz berilmaydi, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tеngligi ta'minlanadi;

- ta'lim tizimi dindan ajratiladi;

- diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag’ bilan ta'minlanmaydi.


O’zbеkiston dunyoviy davlat. Dеmak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillariga O’zbеkistonda ham amal qilinadi. Birinchi navbatda dinning davlatdan ajratilishi tamoyilini, uning asosini ta'kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61- moddasida shunday dеyilgan: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tеngdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkamlab qo’yilgan. Avvalo, diniy tashkilotlar qaysi konfеssiyaga taalluqliligidan qat'i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar.
Bugungi kunda rеspublikamizda 15 ta noislomiy konfеssiyaga mansub 186 ta tashkilot eminerkin faoliyat olib borayotgani buning amaliy ifodasidir. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Download 31,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish