Reja : Madaniyatni falsafiy tushunish Jamiyat va madaniyatning ijtimoiy funktsiyalari Tsivilizatsiya. Madaniyat va tsivilizatsiyaning aloqadorligi Qadriyatlar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarining mushtarakligi madaniyatni falsafiy



Download 103,5 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi103,5 Kb.
#225871
1   2   3   4   5
Bog'liq
Madaniyat va sivilizatsiya

4. SIVILIZATSIYA. MADANIYAT VA

SIVILIZATSIYANING ALOQADORLIGI

«Tsivilizatsiya» tushunchasi turli falsafiy-gnoseologik kontseptsiyalarda turlicha yondashuvlar asosida talqin qilingan. Ushbu tushunchaning mazmunini batafsil o’rganish uchun falsafiy fikrlar taraqqiyotidagi qarashlarni tahlil qilib, o’rganish maqsadga muvofiq.

Tsivilizatsiya dastlab aqlga va adolatga asoslangan progress-ni yovvoyilikka qarama-qarshi qo’yuvchi tushuncha sifatida paydo bo’lgan. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida inson o’zi yashagan jamoa (urug’ yoki qabila) bilan chambarchas bog’liq bo’lib, o’zini ana shu jamoaning bir qismi deb hisoblardi. Ushbu jamoaning taraqqiyot etishi uning ham rivojlanishiga olib kelardi. Bunday sharoitda jamiyat ijtimoiy va madaniy aspektlari bir-biridan ayri qo’yilmasdi: ijtimoiy hayot ma‘lum madaniyatning ham hayotini anglatar, jamiyatda erishil-gan muvaffaqqiyatlar madaniyat yutuqlari hisoblanardi. љa-dimgi jamoaning ongi kishilar moddiy faoliyatiga bog’liq bo’lgani kabi jamiyatning madaniy turmushi ijtimoiy hayotga singib ketgandi.

Ilk kishilik jamoasining o’ziga xos xususiyati uning tabiiy xarakterida edi. љabiladagi va qabilalararo munosabatlar kishilarning birgalikdagi va hamkorlikdagi hayoti va faoliyati jarayonida, hayot uchun kurash davomida shakllanardi. Ushbu munosabatlarning barham topishi, ularning o’rniga o’zga xarak-terdagi ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi jamiyat taraqqiyotiga tub burilish yasadi. Bunday burilish endilikda tsivilizatsiya shakllana boshlaganini anglatardi.

Jamiyat hayotining ushbu bosqichiga chuqurroq nazar tashla-sak, tsivilizatsiyaning siyosiy xususiyatlari yaqqol namoyon bo’la-di. Ular quyidagilardan iborat:

-mehnatning ijtimoiy taqsimoti;

-shaharning qishloqdan farqlanishi;

-aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan farqlanishi;

-tovar-pul munosabatlari va tovar ishlab chiqarishning

vujudga kelishi;

-davlatning shakllanishi;

-mulkni meros qilib olish huquqining e‘tirof etilishi;

-oila shaklida yuz bergan o’zgarishlar;

-ma‘naviy ishlab chiqarishning rivojlanishi;

Aynan ana shu xususiyatlar jamiyatning tsivilizatsiyalashgan-ligi darajasini anglatadi. Keyinchalik turli madaniyatlarning tan olinishi bilan barcha xalqlarning o’ziga xos tsivlizatsiyasi mavjud degan «etnografik» kontseptsiya shakllangan. (T. Juffrua)

Hozirgi zamon falsafasida tsivilizatsiya mohiyatiga uch xil yondashuv mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

Unitar yondashuv. Bu yondashuvda tsivilizatsiya insoniyatning yaxlit progressiv taraqqiyotining ideali sifatida tushuniladi. Shuni qayd etish lozimki, bu yondashuvning hozirgi bosqichi vakillari fikriga ko’ra, lokal tsivlizatsiyalarning o’zaro aloqa-dorlik bosqichida ekumenik tsivlizatsiya vujudga keladi. Umum-jahon tarixining realligi ularning fikricha, insoniyatning ma‘naviy yaxlitligi bilan shartlanadi. Karl Yaspers o’zining «Tarix ibtidosi va maqsadi» asarida insoniyat taraqqiyotini to’rt bosqichga bo’ladi: tarixgacha, buyuk tarixiy-qadimiy madaniyat-lar (lokal tarixlar), umumjahon tarixi boshlanishi va texnika davri (yaxlit jaxon tarixiga o’tilishi). Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, K. Yaspers tsivilizatsiyani insoniyat bosib o’tgan tarixiy madaniyat bilan bog’laydi.

Bosqichli yondashuv. Bu yondashuvda tsivilizatsiya u yoki bu aksiomatik mezonlar asosida talqin qilinadi. Bunday mezonlar asosida quyidagi tsivilizatsiya tiplari qayd etiladi: og’zaki tsivilizatsiya, yozma tsivilizatsiya, kitobiy tsiviliza-tsiya, kosmogen sivilizatsiya, texnogen tsivilizatsiya, antropogen tsivilizatsiya, an‘anaviy tsivilizatsiya, zamoniy tsivilizatsiya, evolyutsion va innovatsion tsivi-lizatsiya. Ko’p holatlarda bunday tasnifga texnogen yondashuv asos qilib olinadi. Texnogen yondashuv asosida agrar tsivilizatsiya, industrial tsivilizatsiya va postindustrial (informatsion) tsivilizatsiyalarga bo’linadi. (U. Rostou, D. Bell, E. Toffler)

Insoniyat bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot yo’lini tsiviliza-tsiyaning yuqoridagi bosqichlari asosida talqin etishni amerikalik faylasuf, sotsiolog E. Toffler o’zining «Uchinchi to’lqin» asarida yaqqol e‘tirof etadi. Bu asarda insoniyat tsivilizatsiyasining dastlabki bosqichi dehqonchilik madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq. Tsivilizatsiyaning bu bosqichida jismoniy mehnat aqliy mehnatdan ustuvorlik qiladi, ijtimoiy munosabatlar shakllanish davri bilan, inso-niyatning mifologik va diniy dunyoqarashi shakllanishi bilan bog’liq. Tsiviliza-tsiyaning ikkinchi bosqichi industrial tsivilizatsiya deb atalib, ishlab chiqarish jarayonining o’zgarishi, fan – texnika yutuqlarining xalq xo’jaligida qo’llanishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda kishilar faoliyati ilmiy dunyoqarashga asoslanadi.

Tsivilizatsiyaning uchinchi bosqichini O. Toffler informa-tsion tsiviliza-tsiya deb ataydi. Bu bosqichda fan va texnika taraq-qiyotining barcha bosqichlari inson hayotiga kirib keladi. Bu davr kompleks avtomatizatsiya davri sifatida xarakterlanadi.

3. Lokal – tarixiy yondashuv. Bunda tsivilizatsiya tushun-chasi o’ziga xos ijtimoiy–madaniy fenomen sifatida talqin qi-linadi (M. Danilevskiy, O. Shpengler, A.Toynbi).

Albatta, sivilizatsiyaning bunday ko’p variantlarda ta‘rif-lanishi bejiz emas. Ular tarixiy jarayonning turli tomonlarini ifodalaydi. Biroq ushbu variantlarning kamchiligi shundaki, ularning barchasi tarixiy jarayonning u yoki bu jihatini bo’rtirib ko’rsatadi.

Falsafiy fikrlar taraqqiyotida tsivilizatsiya va madaniyat tushunchalarini aloqadorligini taxlil qiluvchi ko’plab nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, O. Shpengler, N. Berdyaev tsivilizatsiya bilan madaniyatni bir-biriga qarama-qarshi tushuncha sifatida tahlil qilinadi. O. Shpenglerning fikriga ko’ra, «tsivilizatsiya – bu texnomexanik omillarning sistemasi bo’lib, har qanday mada-niyatning intihosidir». «Madaniyat bo’lsa o’zining ichki imko-niyatlarini ishlatib, inkor bo’lib tsivilizatsiyaga aylanadi», deb qaraydi.

A.Toynbi esa O.Shpenglerdan farqli tarzda tsivilizatsiya bilan madaniyat-ning aloqadorligini inkor etmaydi.U tsiviliza-tsiyani aniq jamiyatning ijtimoiy madaniy shakli (qadimgi Misr, qadimgi Vavilon, qadimgi arab tsivilizatsiyalari) deb hisoblaydi.

Madaniyat bilan tsivilizatsiyaning aloqadorligi haqidagi mulohazani A.Veber qarashlarida ham ko’rish mumkin. Uning fikriga ko’ra, madaniyat bilan tsivilizatsiya biri-ikkinchisiga aloqador tushunchalardir, ya‘ni tsivilizatsiya kishilik jamiyatining aniq bosqichini ifodalasa, madaniyat tsivilizatsiyaning sifatiy tomonini ifodalaydi.

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan quyidagi xulosalar chiqadi:

1. Tsivilizatsiya deganda inson tomonidan tabiatning mada-niylashtirilishi, o’zlashtirilishi, o’zgarish vositalari, mada-niyatning mavjud bo’lishini ta‘minlaydigan ijtimoiy munosa-batlar yig’indisi tushuniladi. Tsivilizatsiya tushunchasiga ana shunday ta‘rif berilganda, ijtimoiy taraqqiyotga tsiviliza-tsion yondashuv formatsion yondashuvdan mazmunliroq ekanligi ma‘lum bo’ladi. Chunki tsivilizatsiya umumsayyoraviy xarakterga ega bo’lsa, formatsiya lokal xarakter kasb etadi. Jamiyatdagi formatsion tafovutlar yaxlit tsivilizatsiya ichidagi tafovut-lardir. Boz ustiga, formatsiya jamiyatdagi iqtisodiy ko’rsat-kichlarning ustuvorligini e‘tirof etadi, tsivilizatsiya esa jamiyatni yaxlit reallik sifatida tadqiq etish imkonini berdi.

2. Masalaga bunday yondashish ko’pgina zamonaviy muammo-larning tabiatini aniqlash va bartaraf etish yo’llarini topish uchun zamin yaratadi. Xususan, bugungi kunda ko’plab umumbashariy muammolar yuzaga keldiki, ularni bartaraf qilish jamiyatga yaxlit reallik sifatida yondashishni talab etadi. Umumsayyoraviy jamiyatgina umumbashariy muammoni hal etishga qodir. Buning uchun esa jamiyat taraqqiyotiga tsivili-zatsion yondashuvga asoslanishimiz shart.

3. Tsivilizatsiya tushunchasiga turli ta‘rif berilishining asosiy sababi shundan iboratki, ushbu tushuncha jamiyat taraqqiyotining mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy fenomenlar, ma‘naviy realliklar bilan bog’liq ko’plab xususiyatlarni ifodalaydi.

4. Jamiyat taraqqiyotining tsivilizatsion yondashuv pozitsiya-sidan talqin etilishi ijtimoiy progressni har tomonlama ifodalash, bugungi kundagi dolzarb muammolarning yechimlarini izlab topish imkonini beradi.




Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish